Семинар ишланмаси. Тажриба-синов ишларини ташкил этиш
Download 18.48 Kb.
|
ииа8
4. Тажриба-синов гуруҳлари қандай шакллантирилади?
Tajriba — voqelikni amaliy jihatdan hissiyempirik bilish jarayoni. Tajriba keng maʼnoda — uquv, malaka va bilimning birligidan iborat. Shuningdek, falsafada bilishning empirik usullaridan biri — eksperiment usuli ham Tajriba deb ataladi. Tajriba qadimdan falsafa tarixida muhim tadqiqot obʼyekti boʻlib kelgan. Sharq falsafasida biror narsadagi muayyan xossa yoki xususiyatni tekshirib koʻrish maqsadida oʻtkazilgan sinov ham Tajriba deb atalgan. Obyektiv reallik yotishini inkor etish asosida uni sezgilar majmuasidan iborat deb bilishgan. F. Bekon, Gobbs, Lokk, Didro, Gelvetsiylar esa Tajribaning manbai moddiy olam deb materialistik empirizm nuktai nazarida turishgan. Ratsionalizm vakillari Dekart, Spinoza, Leybnits fikricha, olamni mantiqiy bilishda Tajribaga ehtiyoj yoʻq, chunki Tajriba uzuqyuluq, bir tomonlama, sayoz va yuzaki, nomukammal bilimlarni beradi. Bunday bilimlarni sistemalashtirish, umumlashtirish, chuqurlashtirish uchun akliy tafakkur kerak boʻladi deb, bilishda Tajribaning rolini kamsitishadi. I. Kant Tajribani tushunishda ratsionalizmni ham, empirizmni ham jiddiy tanqid qilgan. Uning fikricha, odamlar mushohadaning shunday bir aprior (tajribagacha boʻlgan) shakliga egaki, uning yordamida sezgilar orqali olingan maʼlumotlar sintez kilinadi va ular tasavvurdagi boʻyicha qatʼiy tartibga solinadi.Abu Rayhon Beruniy Tajribani eksperiment va kuzatish bilan bogʻlab tushuntirish tarafdori boʻlgan. U Ibn Sino bilan munozarada fikran faraz qilib koʻrishga nisbatan amaliy eksperiment ishonchliroq maʼlumot berishini taʼkidlab, fikriy mulohazalar ogʻizdan-ogʻizga oʻtish bilan oʻzgarib borishi va asl maʼnosini yoʻqotishi mumkin deb, amaliy Tajribaning ahamiyatini yuqori qoʻygan.Pedagogik tajriba-sinov ishlarining maqsadi ijtimoiy institutlarning hamkorligini kuchaytirish orqali talabalar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni samaradorligini tajriba sinovdan o’tkazishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish va tajriba-sinov ishlarini tashkil etishda kuzatish, anketa-so’rovlar, suhbatlar, nazorat (test), pedagogik tajriba usullaridan foydalanildi. Download 18.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling