Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova
Download 446.76 Kb.
|
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l
Psixologiyaning yo’nalishlari
Psixologiya fanining taqraqqiyotida buyuk rol o‘ynagan B.G.Ananev, P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy, A.V.Zaporojets, K.N.Kornilov, G.S.Kostyuk, A.N.Leontev, A.R.Luriya, S.L.Rubinshteyn, A.A.Smirnov, B.M.Telov, D.N.o‘znadze va boshqa ilmiy kadrlar etishib chiqdi. Moskva, Kiev va Tbilisidagi psixologiya ilmiy-tadqiqot institutlari, Moskva, Leningrad, Tbilisi, Perm, Ryazan, Vladimir va boshqa shaharlardagi universitetlar va edagogika institutlarining psixologiya kafedralari ilmiy psixologik g‘oyalarning markaziga aylanib qoldi. 30-yillarning o’rtalariga kelib psixologiya fanining asosiy printsiplari: determinizm printsipi, ong va faoliyatning birligi printsipi, psixikaning faoliyatda rivojlanishi printsipi aniq ifodalab berildi. Determinizm printsipi psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o’zgarishiga qarab o’zgarishinianglatadi. Agar hayvonlar psixikasi haqida gairiladigan bo‘lsa, u holda bu psixikaning rivojlanishi biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash bilan belgilanadi. Agar odamning psixikasi haqida gairnladigan bo‘lsa, u holda kishida ong shakllarining paydo bo’lishi va rivojlanishi irovard natijada tirikchilikning moddiy vositalarini ishlab chiqarish, yoolini rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi. Kishi ongining ijtimoiy-tarixiy harakterga ega ekanligini tushunish kishi ongining ijtimoiy borliqqa bog‘liqligi haqidagi umumiy materialistik rintsiidan kelib chiqadigan eng muhim hulosadir. Ong va faoliyat birligining psixologiyada qabul qilingan printsipi ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, lekin ular bir-biriga aynan o’xshash ham emas, ammo birlikni tashkil etshiini bildiradi. Ong faoliyatning ichki lanini, uning programmasini tashkil etadi. Voqelikning o‘zgaruvchan modeli aynan ongda hosil bo’ladiki, odam o‘zini qurshab turgan muhitda shuning yordamida mo‘ljal oladi. Sobiq sovet psixologiyasining pozitsiyasi ong to‘g‘risidagi idealistik tasavvurlardan, ya’ni ildizlari Dekartga borib taqaladigan va ichki psixik olamni jismoniy sababiyat qonunlariga bo‘ysunadigan faoliyatdan, harakatdan, qiliqlardan ajratilgan tarzda tushunadigan tasavvurlardan tubdan farq qiladi. Bu psixologiyaning ozisiyasi psixologik tadqiqot redmeti sifatida xulq-atvorning ko‘rinishlarnigina tan oladigan va harakat qilayotgan kishining miyasida olamning biron-bir manzarasi bormi, yo yo‘qligi, ongi bormi, yo yo‘qligi muhim ahamiyatga ega emas, deb hisoblaydigan bixevioristik qarashlardan ham tubdan farq qiladi. Ong va faoliyatning birligi rintsii psixologlarga xulq-atvorni, faoliyatni o‘rganayotib, harakatning maqsadlariga erishishning muvaffaqiyatini tahminlovchi ichki psixologik mexanizmlarni aniqlash, ya’ni psixikaning obyektiv qonuniyatlarini ochish imkonini berdi. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi prinsipi shuni anglatadiki, psixika agar faoliyat samarasi ea rivojlanish mahsuli sifatida qaraladigan bulsagina, u to’g‘ri tushunilshii va aynan bir xil tarzda izohlab berilishi mumkin. Bu rintsi psixologlardan P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, S.L.Rubishiteyn, B.M.Teplov va boshqalarning ilmiy ishlarida aksini topdi. Bunda ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishning yo‘z berishi odam uchun aynan xos bo’lgan psixik triqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi. L.S.Vigotskiy, ta’lim psixikaning rivojlannshini yo‘naltiradi, degan fikrni atib, shu bila oirga bu jarayonda ongli faoliyatning yangi, mutlaqo boshqacha shaklleri yaratiladi, deb ta’kidlaydi. P.P.Blonskiy tafakkurning kichik maktab yoshida o‘yinlar bilan, o‘sirinlik yoshi da o‘qish bilan bog‘liq tarzda rivojlanishini tahlil qildi, S.L.Rubinshteyn ong faoliyatda paydo bo‘lib, ana shu faoliyatda shakllanadi, deb yozgan edi. B.M.Teplov odamning eng muhim individual-psixologik fazilatlaridan bo’lgan qobilyatni tatdiqiq qilarkan, qobiliyat faqat rivojlanishda mavjud bo’ladi, dab taokidlaydi. Lekin rivojlanish faoliyat jarayonidan bo‘lak boshqacha muhitda yo‘z bermaganidek, «qobilyat tegishli konkret faoliyatidan ajralgan holda paydo bo‘la olmaydi». Ijtimoiy hayot ehtiyojlari qadim zamonlarlardan buyon kishini tevarak-atrofidagi odamlarning psixik jihatdan tuzilisni xususiyatlarini tarixidan farqlay bilishga va ularii o‘z xatti-harakatlarida hisobga olishga majbur etib kelgan. Dastlab bu xususiyatlarga jonning ta’siri dsb izoh berilgan. «Jon» tushunchasining paydo bo’lishi ibtidoiy xalqlarning animistik qarashlari bilan bog‘liqdir, Ibtidoiy odamning tasavvurida ruh tanadan batamom ajratilmagan bo’ladi. Bunday tasavvurlar hayot hodisalari va ongni, shu jumladan, uyqu, o‘lim, hushdan ketish va shu kabilarii noilmiy, rimvtivmateryaalistik tarzda talqin qilish oqibatida tarkib togandir. Ibtidoiy odam bu xildagi hodisalarning sabablarini tushuntirib berish vositalariga ega bo‘lmasdan, bevosita idrok qilinadigan yo‘zadagi narsani haqiqiy mohiyat sifatida qabo‘l qilib kelgan. Jumladan, tush ko‘rish uxlayotganda tanani tark etib, er yo‘zida kezib yuruvchi ruhning taassurotlari deb tasavvur qaligan. Ibtidoiy odam o‘limni hayotiy jarayoning oxirgi bosqichi deb tushunmagaa. Shu bois o‘lim uyquning bir turi sifatada idrok etilib, bunda ruh allaqanday sabablarga ko‘ra tanaga qpaytib kelmaydi deb izohlangan. Ibtidoiy odam bu hodisalarii taxminan quyidagicha tushungan: ruh — kishining aynan o‘zi; uning ehtiyojlari va odatlari, hayot kechirish shart-sharoitlari tirik odamlariikidekdir. Marhumlarning ruhlar ham go‘yo odamlariiki kabi mashg‘ulotlar va sotsnal tartib mavjud bo’lgan hamjamiyatni tashkil etarmish. Tirik odamlar va mar-humlarning ruhi o‘zaro aloqada bo‘lib, moddiy va xo‘jalik jihatidan bir-biraga bog‘liqdir. Hozirgi zamon psixologiyasi shakllanishning turli bosqichlarida bo’lgan va amaliyotning har xil sohalari bilan bog‘liq ilmiy fanlarning juda ham keng tarmoqli sistemasini tashkil etadi. Psixologiyaning ko‘ sonli tarmoqlarini qay tarzda tasniflash mumkin? Tasnif imkoniyatlaridan biri yuqorida bayon qilingan psixikaning faoliyatda rivojlanishi rinsiida mujassamlashgandir. Ana shunga tayangan holda psixologiya tarmoqlarini tasnif qilish uchun quyidagi psixologik jihatlar asos qilib olinishi mumkin: 1) konkret faoliyat, 2) rivojlanish, 3) odamning (rivojlanish va faoliyat ko‘rsatuvchi obyekt sifatida) jamiyatga (kishining faoliyati va rivojlanishi ro‘y beradigan muhitga) nisbatan munosabatlari Agar tasnif uchun, birinchi asos qabo‘l qilinadigan u holda psixologiyaning kishi faoliyatining turlariga taaluqli psixologik muammolarni o‘rganadigan qator sohani alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin. Download 446.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling