Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova
Download 446.76 Kb.
|
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l
Psixologik eksperiment
Eksperimentning mohiyati shundaki, aynan shu yo’l bilan bir omilning ta’siri ikkinchi bir omil ta’sirini tahminlashi yoki hodisaning ro’y berishiga olib kelganligi isbotlanadi. Ya’ni, ekseriment psixik hodisalarning sabablarini aniqlash va ilmiy farazlarni isbot qilishga yordam beradi. Masalan, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalari qanday omillarga bog‘liq, degan savol paydo bo‘lsa va bunday omillardan biri o‘quv jarayonida tarqatma materiallardan keng foydalanish lozimligi fikri taxmin qilinsa, o‘sha ekseriment sinfida tarqatma materiallar ishlatiladi, ikkinchi sinov sinfda esa eskicha o‘qitilaveradi. Natija ma’lum muddatdan keyin bolalarning o‘zlashtirish darajasi, darsga munosabatlari, xotiralari kuchi orqali tahlil qilinadi. Mana shunga o‘xshash jarayonlar va sinovlar ekseriment deyiladi va hayotda va psixologik amaliyotda ko‘lab murakkab ekserimentlar aniq dasturlar asosida o‘tkaziladi, yangiliklar ochiladi. Har qanday ekseriment uchun odatda ataylab shunday sun’iy bir vaziyat shakllantiriladiki, aynan shu vaziyatda tadqiqotchini qiziqtirayotgan psixik jarayon yoki hodisa ajratiladi, o‘rganiladi, ta’sir ko‘rsatiladi va baholanadi. Agar tabiiy ekseriment o‘sha qiziqtirayotgan fenoment tekshiriluvchi uchun tabiiy hisoblangan sharoitlarda (masalan, mehnat jarayonida, kanikulda, yozgi lagerda, litsey auditoriyasida va shunga o‘xshash) maqsadli tashkil etilib, o‘rganilsa, laboratoriya ekserimenti maxsus joylarda, maxsus asbob-uskunalar vositasida ataylab o‘rganiladi. Masalan, diqqatingizning xususiyatlarini bilish kerak bo‘lsa, psixologiya laboratoriyasida maxsus taxistosko deb atalgan moslama yordamida yoki «dandolt halqachalari» deb nomlangan jadvallar yordamida o‘rganish mumkin bo’ladi. Hattoki, ijtimoiy munosabatlar borasida ham o‘zaro hamjihatlik, liderlik va konformlilik hodisalarini tekshirish uchun guruhiy integratorlar va gomeostat deb nomlanuvchi moslamalar yaratilgan va ular yordamida guruhdagi turli xil hodisalar o‘lchangan. Ekseriment o‘tkazishning asosiy shartlaridan biri tekshirilayotgan oboektda ekseriment hamda nazorat guruhlarining bo’lishidir. Tadqiqotchining taxmini asosida birinchi guruhda u yoki bu o‘lchovlar, tekshirishlar, shart-sharoitlar kiritilsa, nazorat guruhi o‘sha yangiliklar va sun’iy kiritilgan omillar ta’siridan holi qilinadi. Ekseriment so‘ngida natijalar ikkala guruh misolida taqqoslanib, kerakli xulosalar chiqariladi. Oddiy qilib paytilsa, agar maosh mehnat motivatsiyalaridan biri deb, uning ta’sirini o‘rganish kerak bo‘lsa, ekserimental guruh a’zolariga maoshlar ko‘paytirib beriladi, nazorat guruhi esa eski maoshda qoldiriladi. Ikkala guruh a’zolarining esa kundaliklik ish samaralari, ishga munosabati, ishlab chiqarishdagi mahsuldorlik maxsus mezonlar asosida taqqoslab chiqiladi. Demak, ekseriment uchun maxsus sharoitlar va natijalarni to‘g‘ri tahlil qilish uchun rofessional psixologlar kerak. Download 446.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling