Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova


MAVZU:7 SHAXNI O’RGANISHGA TURLICHA YONDASHUVLAR


Download 446.76 Kb.
bet39/66
Sana02.02.2023
Hajmi446.76 Kb.
#1147910
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66
Bog'liq
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l

MAVZU:7
SHAXNI O’RGANISHGA TURLICHA YONDASHUVLAR.
Reja:

  1. Shaxsni o’rganilishi

  2. Psixoanalizda inson omili

Tayanch so’z va iboralar: psixoanaliz, ego, super ego, “Men”, libido, ongsizlik, ongosti, sublimatsiya, agressiya, affect, nevroz, yuqori Men, individ, “Edip kompleksi”, ichki yopiqlik.
XIX asrning ikkinchi yarmida psixologiya falsafadan ajralib chiqib mustaqil fan sifatida faoliyat yurgiza boshlagach, uning asosiy maqsadi laboratoriya sharoitida introspeksiya (o‘z-o‘zini kuzatish) usuli yordamida katta yoshdagi odam psixik hayotining asosiy elementlarini ochishdan iborat bo‘lib qoldi. Keyinchalik psixologiyada strukturaviy maktab deb nom olgan bu yo‘nalishga 1879 yili Leypsigda birinchi psixologik laboratoriya tashkil qilgan Vilgelm Vundt asos solgan edi. Vundt psixologiyaning asosiy vazifasi sifatida ong jarayonini qismlarga ajratish va ular o‘rtasidagi qonuniyat bog‘lanishlarini o‘rganishni taklif qildi. SHuning uchun o‘sha davrning psixologlari Venalik yosh vrach Zigmund Freyd tomonidan hech kimning yordamisiz ishlab chiqilgan odamlarni o‘rganishning butunlay yangi yondashuvi paydo bo‘lganda karaxt holatga tushib qolishdi. Odam psixik hayotining markaziga ongni qo‘yish o‘rniga Freyd uni ozgina qismi suvning tepasiga chiqib turgan aysbergga qiyosladi. SHu davrgacha hukmronlik qilib kelgan odamga o‘z xulqini anglay oladigan aqlli mavjudot sifatida qarashlarga zid ravishda u boshqacha nazariyani taklif qildi: odamlar doimiy ziddiyat holatida bo‘lishadi va bu ziddiyatlarning sababi butunlay boshqa, psixik hayotning yanada kengroq sohasi bo‘lgan – anglanmaydigan jinsiy va agressiv mayllardadir. Freyd birinchi bo‘lib psixikani hech qachon o‘zaro kelisha olmaydigan instinkt, mulohaza va ong kuchlari o‘rtasidagi jang maydoni sifatida taqdim qildi. «Psixodinamik» atamasi aynan ana shu shaxsning turli qismlari o‘rtasidagi doimiy kurashga ishora qiladi. Psixoanalitik nazariya psixodinamik yondashuvning ko‘rinishi sifatida xizmat qilib, inson xulqini boshqarishda hukmronlik uchun o‘zaro raqobat qiladigan yoki kurashadigan instinktlar, motivlar (faoliyatga undovchi sabablar) va mayllarning murakkab o‘zaro harakatlariga asosiy e’tiborni qaratdi. Asosan Freyd talqinidagi, shaxs hech qachon to‘xtamaydigan, o‘zaro ziddiyatda bo‘ladigan jarayonlarning o‘sib boruvchi murakkab qurilmasidan iborat, degan tasavvurda psixodinamik yondashuvning mohiyati ifodalangan. SHaxsga nisbatan qo‘llaniladigan dinamika tushunchasi insonning xulqi tasodifiy yoki bebosh bo‘lmay balki, determinlashgan, ya’ni sababiy bog‘langan degan ma’noni anglatadi. Psixodinamik yo‘nalishda determinizm biz bajarayotgan, his qilayotgan yoki o‘ylayotgan, hatto ayrim odamlar butunlay tasodif deb o‘ylaydigan xodisalarga ham, shuningdek bilmay gapirib yuborish, bilmay xato yozib qo‘yish va shunga o‘xshash barcha holatlarga ham birdek taalluqlidir. Bu tasavvur bizni psixodinamik yo‘nalish taqdim qiladigan eng asosiy va hal qiluvchi mavzuga olib keladi, ya’ni aynan shu tasavvur inson xulqini boshqarishda ongsiz psixik jarayonlarning ahamiyatini ta’kidlaydi. Freydning fikricha faqat qiliqlarimizgina aksariyat hollarda irratsional (mantiq qoidalariga zid) bo‘lmay, shuningdek bizning xulqimizning ahamiyati va sabablari ham kamdan-kam hollarda anglangan bo‘ladi.
Freyd ta’limotini tan olmay turib zamonaviy shaxs nazariyalarini ob’ektiv baholab bo‘lmaydi. Biz uning u yoki bu (yoki hamma) g‘oyalarini tan olish yoki tan olmasligimizdan qat’iy nazar Freydning XX asr g‘arb sivilizatsiyasiga ko‘rsatgan chuqur va mustahkamta’sirini inkor etib bo‘lmaydi. SHuni ta’kidlash joizki, insoniyatning butun tarixi davomida kamdan-kam g‘oyalar shunchalik keng va kuchli ta’sir kuchiga ega bo‘lgan. Uning inson tabiatiga o‘ziga xos qarashlari o‘sha davrda hukmron bo‘lgan tasavvurlarga keskin zarba berdi; Freyd qorong‘i, yashirin, demak anglab bo‘lmaydi deb hisoblangan inson psixik hayotining qirralarini tushunishga erishishning qiyin, lekin jalb qiluvchi yo‘lini taklif qildi.
O‘zining 45 yillik samarali ilmiy faoliyati davomida Freyd:1) shaxsning birinchi keng ko‘lamli nazariyasini; 2) o‘zining terapevtik tajribasi va o‘z-o‘zini tahlil qilishiga asoslangan klinik kuzatishlarning keng miqyosli tizimini; 3) nevrotik buzilishlarni davolashning o‘ziga xos usulini; 4) boshqa hech qanday usul bilan o‘rganib bo‘lmaydigan psixik jarayonlarni tadqiq qilish usullarini yaratdi.
Freyddan keyin shaxs nazariyasining psixodinamik yo‘nalishida bir-biri bilan unchalik bog‘liq bo‘lmagan nazariyalar paydo bo‘lib, ularning mualliflari yoki Freydcha yondashuvni kengaytirishga yoki uni qayta ko‘rib chiqishga harakat qilishdi. Freyd uning qarashlarini ma’qullaydigan ko‘plab intellektuallarni o‘ziga jalb qilgan va ruhlantirgan edi. Ulardan ba’zi birlari psixoanalizga nazariy tizim sifatida sodiq qolishdi; unga shunchaki sayqal berib zamonaviylikka yaqinlashtirishdi. Boshqalari butunlay o‘zgacha yo‘nalishdan ketishdi, o‘zlarining shaxsiy, aksariyat antogonistik pozitsiyalariga ega bo‘lishdi.
Shaxsning turli fanlar nuqtai nazaridan o’rganilishi. Shaxs muammosi va fanning metodologik darajalari. Shaxsga nisbatan evolyutsion tarixiy va tizimli yondashuv. Shaxs fenotipik xususiyatlarining ontogenezda rivojlanishi. Inson tabiatini evolyutsion jihatdan tadqiq etish. Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ — ajralmas, aloxida zot degan ma’no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) tushunchalari orkali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog’lom (esi-hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q, oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan akli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigi-na shaxs deb atash an’ana tusiga kirib qolgan, chunki o’sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo’la oladi. Individ sifatida yorug’ dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta’sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega-dir. Ilk bolalik chog’idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabat­lar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo’lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan ta-nisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a’zolari, mahalla ahli, ja-moatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning og’ushida, ularning qalb to’risida) odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog’liq bo’lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi. Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faollikni inkor etish o’ta bahsli fikrdir. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish jarayoni odamning o’zicha amalga oshirayotgan faoliyatiga va uning bilan qanday maqsad ko’zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ruhiy dunyosi orqali namoyon bo’ladi. Odatda, faollik shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat, muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko’nikmalarida ko’zga tashlanadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, faollik shaxsning atrof-muhitdagi voqelikni egallashga intilgan sa’y-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o’z istiqboli uchun yo’l-yo’riq tanlashda, uni o’zlashtirishda, hayotda o’z mavqei va o’rnini topishda gavdalanadi. Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkonitiga ega. Hayotda biron bir tanbeh berishning o’zi kimdadir ruhiy hisni uyg’otsa boshqa birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta’sir qiluvchi barcha tashqi qo’zg’atuvchilar ijgimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari (tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig’indisi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo’ladi.

Download 446.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling