Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova


MAVZU: 10 SHAXSNI TURLI FANLAR NUQTAI NAZARIDAN O’RGANILISHI. SHAXS MUAMMOSI VA FANNING METODOLOGIK DARAJALARI


Download 446.76 Kb.
bet47/66
Sana02.02.2023
Hajmi446.76 Kb.
#1147910
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66
Bog'liq
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l

MAVZU: 10
SHAXSNI TURLI FANLAR NUQTAI NAZARIDAN O’RGANILISHI. SHAXS MUAMMOSI VA FANNING METODOLOGIK DARAJALARI


Reja:

  1. Shaxsni turli nuqtai nazardan o’rganilishi.

  2. Shaxs muammosi sifatida

  3. Shaxsning o’zini o’zi baholashi, o’zini o’zi nazorat qilishi va boshqarishi.



Tayanch so’z va iboralar:
Individ, shaxs, individuallik, shaxs faolligi, shaxs tuzilishi, interindivid, intraindivid, metaindivid, endopsixika, ekzopsixika, «Men» strukturasi,men kontseptsiyasi, Real “men”, ideal “men”, empirik «Men», jismoniy shaxs, sotsial shaxs, ma’naviy shaxs, egoizm, altruizm, o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini namoyon qilish, o’z-o’zini ifodalash, o’z-o’zini e’tirof etish, yo’nalishlari, hayotiy pozitsiyasi
Shaxs-ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning subyekti bo’lmish individdir. Shaxsga taalukli bo’lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham obyekt, ham subyekt bo’lishliqdir. Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri — bu uning individualligidir, ya’ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig’in-disi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaktsiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kirady. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o’xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilgan-ligi qayg’u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo’lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning mangulikka yo’nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o’zining qadr-qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta’lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o’zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir. Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko’pincha, ularda har xil vazifalarni (funktsiyalarni) bajaradi, o’zaro xech bir o’xshamagan rollarni ijro etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning «egovi», injiq, «zo’ravon» bola o’z tengqurlari davrasida ehtiyotko-rona harakat qilib, o’zini tamoman boshqacha tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaktida boshqalarga qo’shilmaydigan sa-yohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va xamkorlikda, ulfatchi-likda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan masalalardan bitta odamning o’zi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan bir-biriga qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat hollarda odam turli-tuman vaziyatlarga, sharoitlarga moe, ularga mutanosib bo’lgan jihatlarni (jabhalarni) namoyon qiladi, uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqa-sida va shu singarilarida o’z zimmasiga olgan rollarni bir-biriga qarama-qarshi emas, balki o’zaro hamohang tarzda o’ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining, sifatlarining bir-biri­ga mosligi shaxsning yaxlitligini ko’rsatuvchi alomatlardan biri bo’lib, undagi qarama-qarshilik, ziddiyat va shakllanib ulgirmagan xususiyatlarning ko’rsatkichi uning turli vaziyatlarda bajariladigan rollarning o’zaro bir-biriga zidligi yoki nomutanosibligi hisoblanadi. Inson jamiyatning turli guruhlarida odamlarning o’z zimmasiga olgan vazifalari va rollari qanchalik rang-barang bo’lmasin, turmushdagi mavqei ko’p ma’no, ko’p kirrali xususiyatga ega bo’lishidan qat’i nazar, inson shaxsiga to’la moe keladigan haqiqiy tavsif berish imkoniyati saqlanib qoladi. Unga beriladigan tavsif faqat uning o’ynaydigan asosiy rollarini, egallagai mavqeining individualligini namoyon qiluvchi motivlarini aniqpash bilan emas, bal­ki uning ishlab chiqarishga, moddiy boyliklarni o’zlashtirishga nisbatan munosabatini o’rganish orqali beriladi. O’zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif uning asosida gumanistik, mustaqil, huquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan va bu ijtimoiy jarayonda faol qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi. Jahon psixologiya fanining ilg’or taraqqiyparvar, gumanistik tadqiqotchilarining tajribasida ko’rsatilishicha, shaxsning psixo­logik tuzilishi, psixologik xususiyatlari, xarakter xislati, tempe­rament xususiyatlari, irodaviy sifatlari, iste’dod darajalari, barqaror qiziqishlari, hukmron motivlari, his-siyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, alo-xida odamda betakror, barqaror, turg’un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o’z ntsvbatida shaxeni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qatьiyligi, stereotipligi to’g’risidagi fikrni kat’iy tasdiklashga imkon yaratadi. Psixik holatlar, hodisalar (hissiyot, xohish, orzu, tafakkur va shu kabilar) uzluksiz ravishda o’zgarib turishi, ijtimoiy guruhlar-da, hayotiy vaziyatlarda odam o’z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvornida o’zgarishi, yoshni ulg’ayib borishi ham shaxsning psi­xologik qiyofasi (milliylik, etnik ta’sir asosida) muayyan darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barkarorlik odam qat-nashadigan uning yashash sharoitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg’unliqtsa shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig’indisining doimiyligi bilan uzviy bog’likdir. Biroq biz qayd qilib o’tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki shaxsni psixik tuzilishining o’zgarishi jahon psixologlarining bir qator tadqiqotlarida o’rganilgan. Bu o’zgarishlar odamning yashash muhiti, amalga oshiradigan faoliyatida namoyon bo’duvchi hisoblanib, ular ijtimoiy ta’sir, tarbiya sharoitiga bevosita aloqadordir.
Demak, shaxsning niebatai barqaror va nisbatan o’zgaruvchan xusu­siyatlari inson xislatlarining yaxlitligi va o’zaro bog’liqligidan,tarkib topuvchi murakkab birlikdan iboratdir. Odatda, shaxsni psi­xologik jihatdan o’rganish o’z tarkibiga ikki asosiy ilmiy muammoni qamrab oladi. Shaxsni faolligining manbai uning ehtiyojlari hisoblanib, xuddi shu ehtiyojlar odamni muayyan tarzda va ma’lum yo’nalishda harakat qilishga undaydi. Xuddi shu boisdan ehtiyoj shaxs faolligining manbai sifatida yuzaga keladi va uning yaqqol turmush sharoitiga bog’liqligini aks ettiruvchi holatdir.
Ehtiyojlarda shaxsning yaqqol ijtimoiy turmush sharoitlariga bog’likdigi motivlar tizimi (motivatsiya) sifatida o’zining faol jabhalari bilan ifodalanadi. Motivlar ma’lum extiyojlarni qon-dirishga karatilgan faoliyatga nisbatan moliklikdir, degan ta’riflanishga mutlaqo mosdir. Psixologiya fanida qiziqishlar deganda, odamlarning bilish jarayoniga yo’naltirilgan ehtiyojlarning hissiy aks etishidir. Bilish extiyojlarini shaxs tomonidan qondi-rilishi uning bilimlaridagi uzilishlarini to’ldirishga, ta’lim vaziyatlariga to’g’ri moslashishga hamda ularni tushunishga zarur imkoniyatlar yaratadi va yordam beradi.
E’tiqod odamning shaxsiy qarashlari, xulq-atvor tamoyillari, ilmiy dunyoqarashlariga asoslanib harakat qilishga undovchi angla-shilgan ehtiyojlar majmuidir. E’tiqod shaklida yuzaga keladigan ehtiyojlarning mazmunini odamni qurshab turgan tabiat va u yashaydigan jamiyat haqidagi bilimlar hamda ularni muayyan darajada shaxs tomonidan anglash hosil qiladi va asta-sekin turli tashqi ta’sir-lar yordamida takomillashib boradi.
Insonda vujudga keladigan tilaklar sa’y-harakatlar motivlari hisoblanib, bu motivlarda aynan shu vaziyatda bevosita yaqqol namoyon bo’lmagan turmush va rivojlanish sharoitlarida ehtiyojlar ifo­dalanadi. Shaxsning psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari insonning hayoti-faoliyati davomida o’zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning haqiqiy imkoniyatlari o’rtasidagi qarama-qarshiliklar bo’lib hisoblanadi. Bular to’g’risida jahondagi ilmiy psixologik adabiyotlarda bir qator kimmatli va boy materiallar mavjuddir. Odatda, shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarkib topti-rish, kamolotga yetkazish mavjud qarama-qarshiliklarni, ziddiyatli vaziyatlarni yengish„ irodaviy zo’r berish, zo’riqish, tanglik, jid-diylik holatlarini boshqarish, o’zini qo’lga olish orqali o’shbu faoliyatni amalga oshirishning oqilona, omilkor vositalarini (yo’llari, usullari, operatsiyalari, ko’nikmalari, uquvlari, malakalari, odatlari, harakatlari, sa’y-harakatlari kabilarni) o’zlashtirish, egallash natijasida vujudga keladi. Bularning barchasi imitatsiya (takdid), identifikatsiya, refleksiya, stereotipizatsiya, ta’lim, o’qitish, o’qish, o’rganish, o’rgatish, saboq olish, o’zlashtirish, musta-qil bilim olish jarayonida yuzaga keltiriladi. Mazkur holatda aniq faoliyat orqali ehtiyojni qondirish qonuniy ravishda yanada yuksak-roq, yuqori boskichdagi yangi xususiyatga ega bo’lgan ehtiyojni tug’diradi. Shaxs tuzilishining birinchi tarkibiy qismi - uning individ ichkarisidagi (interindivid) kichik sistemali tarzda namoyon bo’ladi. Shaxs o‘zi birikib ketgan jamiyat bilan, guruhlar bilan haqiqiy munosabatlar sistemasida subyekt bo‘lib, individning organik gavdasi ichidagn allaqanday yoiq bo‘shliqdagina joylashgan bo’lishi mumkin emas, balki u o‘zini individlarar» munosabatlar bo‘shlig’ida namoyon qiladi. Individ o‘z holicha emas, balki shaxslararo o‘zaro birgalikdagi harakatning hech bo’lmaganda ikkita individ (amalda birlik, guruh, jamoa) jalb etiladigan jarayonlari ana shu o‘zaro birgalikdagi harakat ishtirokchilaridan har birining shaxsi namoyon bo’lishi sifatida talqin qilinishi mumkin. Bunda shaxs o‘zining «haqiqiy munosabatlari» sistemasida bamisoli o‘zining individning jismiy borlig’idan farq qiladiga alohida borlig’iga ega bo’ladi. Shaxs tuzilishining ta’riflaridan birini shaxsning interindivid kichik sistemasini tashkil etiladigan individning organik tarzdagi gavdasidan tashqaridagi «bo‘shliqdan» qidirish kerak. Intraindivid va interindivid kichik sistemalari shaxs-ning o‘zini namoyon qilishining barcha jihatlarini aks ettira olmaydi. Shaxsning tuzilishini tarkib toptiradigan uchinchi bir qismni - metaindivid (indieidning ustki ko‘riniish) kichik tuzilishini ham alohida ko‘rsatish imkoniyati mavjuddir. Bunda shaxs individning organik gavdasidan tashqariga chiqarilib qolmasdan, balki uning boshqa individlar bilan «shu erda va endilikda» mavjud bo’lgan aloqalaridan ham tashqarida joylashtiriladi. Bunday xrlda subhektning o‘z faoliyati yordamida bilib yo bilmasdan boshqa kishilarga o‘tkazadigan «jamg’armalari» psixologning diqqat markazida bo’ladi. Bu bilan individ shaxs sifatida o‘zi bilan u yoki bu darajada bog’liq ‘damlarning aqliy va hissiy-irodaviy jihatlarida faol tarzda hosil qilinadigan tub o‘zgarishlar subyekti bo‘lib xizmat qiladi. Ga subyektning boshqa individlarga taosir o‘tkazishi chog’idagina emas, balki bevosita bir lahzalik o‘zaro birgalikda harakat qilish chegaralaridan tashqarida ham o‘zligini boshqalarda o‘ziga xos davom ettirishdsk faol jarayon haqida bormoqda. Subyektning o‘zligiki boshqa individda davom etgirishdan, boshqa kishilarga o‘tkazilgan «jamg’armalar» hisobiga o‘zining shaxs sifatida boshqalar «ko‘ngildagidek» o‘rnashib qolishi tahminlashdan iborat bo’lgan bu jarayon personalizatsiya (personajlashtirish) degan nom olgandir.
«Shaxs» va «individuallik» tushunchalari qanchalik darajada birlikdan iborat bo’lganiga qaramay, bir-biriga mos kelmasligining o‘zi ham shaxsning tuzilishini kishining individual-psixologik xislatlari va fazilatlaridan tarkib topadigan allaqanday shakl sifatida tasavvur qilish imkoniyatini bermaydi. «Shaxs» va «individuallik» tushunchalari (xuddi «individ» va «shaxs» tushunchalari singari) aynan bir-biriga o‘xshaydi, deb tan olinadigan va shaxsga tabiatan ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida, individnnng sistemasi tarzidagi sotsial fazilat sifatida qaraladigan G’arb psixologiya shaxs bilan individuallikning strukturasi bir-biriga tamomila mosligi tan olinadi. Bunday psixologik maktablar va yo‘nalishlarning vakillari individuallikning tuzilishi aniq ta’riflab berilsa bas, bukishining shaxsini to‘laligicha o‘z ichiga oladiva ta’riflab beradi, degan nuqtai nazarni ilgari surishadi. Jumladan, psixologlar maxsus shaxsiy so‘roqnomalarni qo‘llashadi (bular sinaluvchining o‘ziga, o‘zining individual-shaxsiy fazilatlariga o‘zi baho berishini taklif etadigan savollardan tashkil topgan o‘ziga xos anketalardir). Ulardagi javoblar mazmunini tahlil qilgan va so‘roq natijalarini matematik amallar vositasida qayta ishlagan holda tadqiqotchi biron bir hislatning (tipning) ana shu hislatga mos keladigan darajasida namoyon bo’lishining sonlar bilan ifodalanadigan belgisiga ega bo’ladi. Lekin bunday metodlar yordamida nari borsa kishining individualligi tavsiflanishini tasavvur qilish mumkin. Biroq kishi jalb etilgan ijtimoiy munosabatlarning «yaxlit birligida» shaxsni har tomonlama tavsiflab bo’lmaydi. Haqiqatda esa, agar shaxs hamisha o‘zining aniq sotsial muhiti bilan «haqiqiy munosabatlari» subyekti sifatida namoyon bo’lishi inobatga olinadigan bo‘lsa, «shaxsning tuzilishiga aniq sotsial guruhlar va jamoalar faoliyati va munosabatida tarkib topadigan ana shu «haqiqiy munosabatlar» va aloqalar muqarrar tarzda kiritilishi shart. Jumladan, psixologiyada individuallikning ko‘gina hislatlari- moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, mayillik darajasi, tashvishlanish va shular kabilar aniqlantandir. Bular jamlanib individning o‘ziga xosligini ko‘rsatadi. Bu psixologik hodisalar o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘zaro munosabatda bo‘lib, oshkorayoki oshkora bo’lmagan holda allaqanday muhitning mavjudligini taqozo etadi. Shaxs itxn ana shunda muhitga nisbatan moslashuvchanlik, tajovuzkorlik tashvishlanish va hokazolarni namoyon qiladi. Bordiyu, agar ‘damlarning individual fazilatlari bu tadqiqotlarda izchil, o‘zgaruvchan, rang-barang mazmunli tarzda namoyon bo‘lsa,- u holda sotsial muhit o‘zgarmaydigan, shakllanmagan (amorf), mazmuksiz, «umuman muhit» sifatida tasavvur qilinadi. Sotsial muhitnnng «shaxs-muhit»dan iborat o‘zaro munosabatiga qiyosan anhana bo‘lib qolgan mexaiistik tarzda talqin qilinishi muhitni yo faol shaxsning o‘z kuch-g’ayratlarini ishga soladigan mpaydon sifatida, sxud guruh tarzida shaxsga tazyiq ko‘rsatuvchi kuch sifatida izohlaydi. Shaxsning va uni qurshab turgan sotsial muhitning o‘zaro birgalikdagi harakatining faol xususiyati to‘g’risidagi tasavvur g’arb fanida na shaxs psixologiyasining nazariy qismlari to‘qimalariga va na shaxsni tadkiq etishning psixologik metodlariga kiritilmagandir.
Taraqqiyparvar (gumanistik) psixologiya fanida ta’kidlanganidek, shaxs tuzilishidagi tabiiy, organik jihatlar va holatlar uning ijtimoiy shart-sharoitlariga bog’liq tarkibiy qismlaridir. Shaxs tuzilishidagi tabiiy (anatomik-fiziologik va boshqa sifatlar) va ijtimoiy omillar yaxlit birlikni tashkil qiladi va ular hech mahal ixtiyorsiz ravishda bir-biriga qarama-qarshi qo’yilishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Ma’lum bo’lishicha, eng qadimgi urug’-qabilalarda intseet holatini ya’ni aka va singil o’rtasidagi jinsiy aloqalar keng tarqalgan. Masalan, bunga o’sha davrning miflari dalolat beradi. Qadimgi yunon xudosi Zevs singlisi Geraga uylangan, bolalari go’zallik xudosi Afrodita, onasi temirchiilk xudosi Gefestning xotini bo’ladi va hokazo. Uzoq chet el psixologlarining shaxs tuzilishining mohiyatini ochib berishga qaratilgan ko’pgina yondashuvlari ham yuksak ko’rsatkichlarga erishmaganligi tufayli bu masalani yeritish uchun keskin o’zgarish kiritilmadi. G.Ollport, G.Myurrey, R.Linton, K.Rodjers, A.Maslou va boshqa olimlarning yaqqol shaxsning psixologik mohiyatini tushunchalar tizimi yordami bilan xaspo’shlashi ijobiy izlanish tarzida o’ziga tortadi, lekin unda shaxs «kundalik turmushimizda biz bilgan shaxsning aynan timsolidir», deb ta’riflanadi. O‘z «Men»ining mavjudligini his qilish shaxsning hali chaqaloqligi aytidayoq boshlanadigan va uzoq davom etadigan hamda sobiq sovet sotsiologi va psixologi I. S. Kon «Men»ning kashf etilishi» deb juda o‘rinli atagan shakllanish jarayonining natijasi hisoblanadi. Bir yasharli bola o‘z tanasining sezgirligi undan tashqaridagi buyumlar tufayli hosil bo’ladigan sezgilardan farqini anglay boshlaydi. So‘ngra 2-3 yoshida bola buyumlar bilan o‘z xususiy harakatlari jarayoni va natijasida hosil bo’ladigan xursandchilikning katta yoshdagilarning konkret harakatlaridan farqini ajratadi va kattalarga qarata: «Yo‘q, men o‘zim qilaman!» deydi. o‘zini atrofdagi muhitdan faqat alohida ajratib olgan holda, emas, balki o‘zini boshqalarning hammasiga qarama-qarshi («Bu seniki emas, meniki!») qo‘ygan holda o‘zni "birinchi marta o‘zshshng xususiy harakatlari va xatti-xarakatlari subyekti (bolaning nutqida shaxsiy olmosh paydo bo’ladi) sifatida anglay boshlaydi. Bolalarda bog’cha bilan maktabga borishi oralig’ida va boshlangich sinflarda katta yoshdaglar, ota-onalar va o‘qituvchilar yordamida hali o‘z yutuqlari va muzaffaqnyatsizliklarining sabablarini anglab etish darajasida paydo bo’ladi.
Shaxs o‘ziga o‘zi baho berishni qay tarzda amalga oshiradi? Kishi, yuqorida aytib o‘tilganidek, birgalikdagi faoliyat va munosabat natyajasida shaxs bo’libetishadi. Shaxsda tarkib topgan va barqaror bo’libqolgan jamiki hislatlar boshqa odamlar bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatish va ular bilan munosabat qalish jarayonida paydo bo’lgan hamda ana shunday maqsadlar uchun mo‘ljallangandir. Kishi faoliyatga va munosabatga jalb etilarkan, o‘zining xulq-atvori uchun bahzi muhim-mo‘ljallarni o‘sha jabhalarda tanlay oladi, o‘zining barcha harakatlarini tevarak-atrofdagilar undan kutayotgani xatti-harakatlar bilan taqqoslab turadi, ularnint fikrlari, his-tuyg’ulari va talablariga muvofiq ish ko‘radi. Pirovard natijada agar tabiiy ehtiyojlarining qondirilishkni bir chetga surib qo‘ndngan bo‘lsak, kiish o‘zn uchui nimaiki narsa qiladagan bo‘lsa (u o‘qiydimi, biron-bir narsaga yordam boradimi, yo to‘sqinlik qiladimi), u bunn shu bilan birga va boshqalar uchun ham qiladi va xatt’ o‘zi uchun qilayotgandek bo’libtuyulayotgan bo‘lsa ham, ehtimol, aksincha o‘zidan ko‘ra ko‘roq boshqalar uchun qilishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, shaxs boshqa br kishining fazilatlarini bila borib, o‘zining xususiy bahosini kelab chiqishga yordam boradigan zarur mahlumotlarga ega bo’ladi. Xususiy «Men»ning allaqachon tarkib topgan baholari shaxs o‘zida kuzatganlarini boshqa odamlarda ko‘rganlari bilan doimiy ravnshda taqqoslab borishining natijasi hisoblanadi. Kishi o‘zi haqida bahzi narsalarni allaqachon bilgani holda boshqa kishiga razm solib beradi, o‘zini u bilan solishtirib ko‘radi, u ham uning shaxsiy fazilatlariga, xatti-harakatlariga, faolligiga nisbatan befarq qola olmaydi, deb taxmin qiladi; ana shularnint hammasi shaxsning o‘ziga-o‘zi baho berishiga kiradi va uning psxologik kayfiyatini belgilaydi. Boshqacha so‘zlar bilai aytganda, shaxsda hammaga referat guruh (real yoki xayoliy) bo‘lib; u bilan hisoblangan holda ish ko‘radi, undan o‘ziga qadriyatli mo‘ljallar ‘lad, guruhning ideallari unnng ideallari esa guruhnshg ideallari hisoblanadi va hokazo. Agar shaxs o‘z hatti-harakatlarini referent guruhning nuqtai nazari va qadriyatli mushkallari bilan doimo taqqoslab borishi shu qadar aniq-ravshan bo‘lsa, u holda kishi o‘zida bor bo’lgan fazilatlarni, uning uchun biron qiymatga va ahamyatga ega bo’lgan narsalar bilan taqqoslab ko‘rish muhimdir. Shaxs munosabat jarayonida o‘zini hamisha alla-qanday andaza bilan taqqoslaydi va tekshirish natijalariga ko‘ra o‘zidan mamnun bo‘ladi, yohud qoniqmaydi. Bunday tekshirishning psixologik mexanizmi nimalardan iborat bo’ladi.
Psixologiyada kishining o‘ziga o‘zi beradigan bahoni, unnng miqdoriy va sifatiy tahrifini aniqlashning bir qator ekserimental metodlari mavjuddir. Har bir kishi o‘ziga xos «ichki man’metr»ga ega degan tasavvur hosil bo’ladi. U kishi o‘zini qanday baholanayotganini, kayfiyatining qandayliginn, o‘zidan mamnun yo mamnun emasligini ko‘rsatib turadi. o‘z fazilatlaridan mamnunligining umumiy baholashi juda katta ahamiyatga egadir. o‘ziga o‘zi tomonidan "behad yuqori va behad ast baho berilishi shaxs mojarolarining ichki manbai bo’lib chiqishi mumkin. Bunday mojoroviy holllar turlicha namoyon bo’lishi shubhasiz, albatta.
O‘ziga o‘zi t’monidan yuksak baho berilishi kishini hech qandan asos bo’lmagai vaziyatlarda ham o‘zining bahosini oshirib yuboradigan qilib qo‘yadn. Natijada u ko‘iicha tevarak-atrofdagilar tomonidan uiing dahvolari rad etilib, qarshilik ko‘rsatilishiga duch keladi, jahli chiqadi, hadiksiraydigan, har narsadan gumonsiraydigan, yoxud ataylab takabburlik qiladiga, tajovuzkor bo’libqolad va oqibat iatijada tegishli darajadagi shaxslararo aloqalarni yo‘qotib, o‘zi bilan o‘zn ‘vora bo’lib qolishi mumkin.
O‘ziga haddan ziyod past baho bersh n’rasolik deb atalmish hislatlar komleksining, o‘ziga qathiyan ishonchsizlikniig, tashabbuskorlikdan voz kechishning, befarqlikning, o‘zini o‘zi koyishining va qurquvning kuchayishidan darak berishi mumkin. O‘ziga o‘zi baho berish real «Men»ning «ideal Men» dagi o‘ziga xos aksining shaxs tomonidan hamisha ham aniq anglanilmaganligi natijasi ekanligi, shubhasiz o‘ziga o‘zi baho berishnnig murakkab, yig’ma tusini tushunib etishga, o‘zini o‘zi baholash bevosita emas, balki shaxsning qadriyatli mo‘ljallaridan, timsollaridan tarkib topish namuna yordamida anqlashga imkon beradi.
«Men»-obrazi va o’zini- o’zi baholash. «Men»-obrazi asosida ham bir shaxsda o’z- o’ziga nisbatan baholar tizimi shakllanadiki, bu tizim ham obrazga mos tarzda har xil bo’lishi mumkin. O’z- o’ziga nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning orttirilgan tajribasi, shu tajriba asosida yotgan yutuqlariga bog’liq holda turlicha bo’lishi mumkin. Ya’ni, ayni biror ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida-aksincha, pastlab ketishi mumkin. Bu baho aslida shaxsga boshqalarning real munosabatlariga bog’liq bo’lsa-da, aslida u shaxs ongi tizimidagi mezonlarga, ya’ni, uning o’zi subyektiv tarzda shu munosabatlarni qanchalik kadrlashiga bog’liq tarzda shakllanadi. Masalan, maktabda bir fan o’qituvchisining bolaga nisbatan ijobiy munosabati, doimiy maqtovlari uning o’z- o’ziga bahosini oshirsa, boshqa bir o’qituvchining salbiy munosabati ham bu bahoni pastlatmasligi mumkin. Ya’ni, bu baho ko’proq shaxsning o’ziga bog’liq bo’lib, u subyektiv xarakterga egadir. O’z- o’ziga baho nafaqat xaqiqatga yaqin (adekvat), to’g’ri bo’lishi, balki u o’ta past yoki yuqori ham bo’lishi mumkin.
O’z- o’ziga bahoning past bo’lishi ko’pincha atrofdagilarning shaxsga nisbatan qo’yayotgan talablarining o’ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil e’tirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, o’qishda va muomala jarayonidagi muvaffaqiyatsizliklar okibatida hosil bo’lishi mumkin. Bunday o’smir yoki katta odam ham, doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chetroqda yurishga harakat qilishi, o’zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik kayfiyatida bo’lishi bilan ajralib turadi va bora-bora shaxsda qator salbiy sifatlar va hatti-harakatlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Hattoki, bunday holat suitsidal harakatlar, ya’ni o’z joniga kasd qilish, real borligidan «kochishga» intilish psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin. O’zi o’ziga baho o’ta yuqori ham shaxs xulq-atvoriga yaxshi ta’sir ko’rsatmaydi. Chunki, u ham shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarning boshqalar tomonidan sun’iy tarzda bo’rttirilishi, noo’rin maqtovlar, turli qiyinchiliklarni chetlab o’tishga intilish tufayli shakllanadi. Ana shunday sharoitda paydo bo’ladigan psixologik holat «noadekvatlilik effekti» deb atalib, uning okibatida shaxs hattoki, mag’lubiyatga uchraganda yoki o’zida nochorlik, o’quvsizliklarni sezganda ham buning sababini o’zgalarda deb biladi va shunga o’zini ishontiradi ham(masalan, «halakit berdi-da», «falonchi bo’lmaganida» kabi bahonalar ko’payadi). Ya’ni, nimaiki bo’lmasin, aybdor o’zi emas, atrofdagilar, sharoit, taqdir aybdor. Bundaylar xakida bora-bora odamlar «oyog’i yerdan o’zilgan», «manmansiragan», «dimog’dor» kabi sifatlar bilan gapira boshlaydilar. Demak, o’z- o’ziga baho realistik, adekvat, to’g’ri bo’lishi kerak. Realistik baho shaxsni o’rab turganlar-ota-ona, yaqin qarindoshlar, pedagog va murabbiylar, kuni-qo’shni va yaqinlarning o’rinli va asosli baholari, real samimiy munosabatlari mahsuli bo’lib, shaxs ushbu munosabatlarni ilk yoshligidanoq holis qabul qilishga, o’z vaqtida kerak bo’lsa to’g’rilashga o’rgatilgan bo’ladi. Bunda shaxs uchun etalon, ibratli hisoblangan insonlar guruhi-referent guruhning roli katta bo’ladi. Chunki biz kundalik hayotda hammaning fikri va bahosiga quloq solavermaymiz, biz uchun shunday insonlar mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbehlari, maslahatlari, hattoki, maktab turib bergan tanbexlari ham katta ahamiyatga ega. Bunday referent guruh real mavjud bo’lishi(masalan, ota-ona, o’qituvchi, ustoz, yaqin do’stlar), yoki noreal, xayoliy(kitob kaxramonlari, sevimli aktyorlar, ideal) bo’lishi mumkin. Shuning uchun yoshlar tarbiyasida yoki real jamoadagi odamlarga maqsadga muvofiq ta’sir yoki tazyiq ko’rsatish kerak bo’lsa, ularning etalon, referent guruhini aniqlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi.
Shunday qilib, o’z- o’ziga baho sof ijtimoiy hodisa bo’lib, uning mazmuni va mohiyati shaxsni o’rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga bog’liq bo’ladi. Keng ma’nodagi yirik ijtimoiy jamoalar etalon rolini o’ynashi oqibatida shakllanadigan o’z- o’ziga baho - o’z- o’zini baholashning yuksak darajasi hisoblanadi.



Download 446.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling