Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova


Testning kaliti Ekstra-introversiya


Download 446.76 Kb.
bet50/66
Sana02.02.2023
Hajmi446.76 Kb.
#1147910
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   66
Bog'liq
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l

Testning kaliti

Ekstra-introversiya:

Ha-1,3,8,10,13,17,22,25,27,39,44,46,49,53,56


Yo‘q-5,15,20,29,32,34,37,41,51
Neyrotizm:
Ha-2,4,7,9,11,14,16,19,21,23,26,28,31,33,35,38,40,43,45,47,50,52,55,57
Yolg‘on: Ha-6,24,36 Yo‘q-12,18,30,42,48,54

Ekstra-introversiya: 0-6 ball-chuqur introvert,


7-9 ball –introvert 10-12 ball-ambiversiya
13-18 ball-ekstravert 19-24 ball-yuqori ekstravert
Neyrotizm:0-8 ball-psixologik sog‘lom odam.
9-11 ball-asabi joyida, ortiqcha zo‘riqishlardan xoli.
13-16 ball-asabiylik mavjud, o‘zini boshqara olish imkoniyatiga ega, ammo ko‘pincha uni tartibga solishga e’tibor qaratmaydi. 17-24 ball-yuqori asabiy asabida ortiqcha zo‘riqish


mavzu: 12
Motivatsion ehtiyoj va intelektual bilish sohalari orasidagi qarama –qarshiliklar. Ichki va tashqi motivatsiyalarning umumiy tavsifi. Ichki motivatsiyaning tarkib topishida bolalikning ahamiyati


Reja:

  1. Motiv va motivatsiya.

  2. Motivlarning turlari.

  3. Motivlar klassifikatsiyasi

  4. Faoliyatda motiv va motivatsiya



Tayanch so‘z va iboralar:
Ehtiyoj, motiv, motivatsiya, anglangan motiv, anglanmagan motiv, sa’y-harakat, qiziqish, bilim, malaka, ko‘nikma, mize muhit.



Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o‘ziga xos psixologik maktablar vujudga kelgan bo‘lib, ularning negizida ilmiy pozitsiyalar va konsepsiyalar mohiyati jihatdan farqlanuvchi g‘oyalar va yo‘nalishlar mujassamlashdi. Hozir ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Rus va sobiq sovet psixologiyasi namoyandalari K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.N.Myasishev, A.A.Uxtomskiy, D.N.Uznadze, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.YAkobson, V.S.Merlin, L.I.Bojovich, V.I.Selivanov, V.G.Aseev va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ushbu mualliflarning qarashlari oldingi bobda berilganligi uchun ularga qaytatdan to‘xtalishga hojat yo‘qdir.
Rus va sobiq sovet psixologiyasi vakillaridan tashqari Evropa va Amerika mamlakatlarida motivatsiyaga oid 30 (o‘ttiz)dan ortiq ilmiy konsepsiyalar mavjuddir. Ana shu psixologik maktablarning ayrim namoyandalarining tadqiqotlari yuzasidan mulohaza yuritishga harakat qilamiz: interospektiv psixologiya, bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, psixoanaliz, strukturaviy psixologiya, assotsianistik psixologiya, empirik psixologiya, analitik psixologiya, gumanistik psixologiya, antropologik psixologiya va hokazolar.
Bixeviorizmning asoschisi Dj.Uotson (1878-1938) psixologiya fanining bosh vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan mutlaqo voz kechib, xulqni ikki shaklga, ya’ni ichki va tashqiga ajratadi, ular o‘zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Bixeviorizm uchun «xulq» asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqasi chetlab o‘tilgandir. Shunga qaramasdan, ba’zi bixevioristlar, jumladan E.Torndayk, E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivatsiyasiga muayyan darajada e’tibor qilganlar. Ular o‘zlarining izlanishlarida xulq motivatsiyasining «quyi darajalari» ni o‘rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va ularning turlicha darajalarini reaksiya tezligiga nisbatan namoyon bo‘lish xususiyati, har xil sharoitda motivatsiyaning kuchi to‘g‘risida muayyan qonuniyatlar ochishga intilganlar. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni tashqi qo‘zg‘atuvchi sifatida talqin qiladilar va organizmning ichki energiyasini faollashtiruvchi deb hisoblaydilar. Neobixevioristik nazariyalar yangi qo‘zg‘atuvchilar, drayvalar paydo bo‘lishiga asoslangan bo‘lib, ular insonning organik ehtiyojlarini qoniqtirish bilan stimul natijasining uyg‘unlashuvi tariqasida tahlil etiladi. Ularning ta’kidlashiga ko‘ra, ikkilamchi qo‘zg‘ovchilar organik qo‘zg‘atuvchilarning go‘yoki qobig‘iga o‘xshaydi, xolos. Vilyam Makdugall (1871-1938) motivatsiyaning irsiy (tabiatdan beriladigan) xususiyatga ega degan holatni asoslash uchun tug‘ma instinktlar masalalari bilan mazkur voqelikni bog‘lab tushuntirishga harakat qilgan. Uning fikricha, tug‘ma instinktlar ham insonlarga, ham hayvonlarga bir tekis taalluqli bo‘lib, ular odamlarning motivida oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 tagacha «asosiy instinktlar» sifatida hukm surishi mumkin.
Motiv keng ma’noda xulq-atvor determinatsiyasi belgilanishiga qaramay, ko‘pgina chet el tadqiqotchilari shaxs motivlarini juda tor ma’noda talqin qilib, uni ilmiy jihatdan tekshiradilar, hattoki ular shartsiz reflektor aktlarining miqdorini, affektiv, stress va ekspressiv reaksiyalarni motiv tizimiga kiritmaydilar. Bir qator psixologlar motivni energetik, ma’noviy va ma’naviy tomonlarini o‘zaro solishtiradilar, ular motivni sof ma’nodagi energetik bioquvvat faolligining manbai sifatida talqin qilib, uning ma’noviy va ma’naviy jabhalarini hisobga olmay turib, o‘ziga xos ravishda tushuntirishga intiladilar. Jumladan, Z.Freyd (856-1939) motivning qonun -qoidalarini faqat dinamik energetik holat tariqasida talqin qiladi. Bir guruh chet el psixologlarining fikriga qaraganda, motiv – bu tajriba va reaksiyalarning energetik jabhasidan iboratdir.
S.L.Rubinshteyn motivning psixologik mohiyati to‘g‘risida quyidagi mulohazalarni bildiradi: motivatsiya – bu psixika orqali hosil bo‘ladigan determinatsiyadir; motiv – bu shaxs xulq-atvorining kognitivistik jarayonini bevosita tashqi olam bilan bog‘lovchi sub’ektiv tarzda aks etish demakdir. Bizningcha, shaxs o‘zining motivlari yordamida borliq bilan uzviy aloqada bo‘ladi. Insonning xulq-atvori (xulqi)ni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo‘luvchi motivlar shaxsning tuzilishida (tarkibida) etakchi o‘rin egallaydi. Motivning tuzilish (strukturaviy) tarkibiga shaxsning yo‘nalishi, uning xarakteri, emotsional holati (his-tuyg‘usi), qobiliyati, ichki kechinmalari, faoliyati va bilish jarayonlari kiradi. Psixologiya fanida to‘plangan nazariy ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, shuningdek, bir qator psixologlarning fikricha, xarakter shaxs motivlarining dinamik tomonlari asosini tashkil qiladi, degan ta’limot mavjud. Jumladan, xarakterning u yoki bu sifatlari sof dinamik xususiyatli tavsiflarni tashkil qilsa, qolganlari esa faqat dinamik tabiatinigina emas, balki uning ma’naviy va ma’noviy jabhalarini ham yuzaga keltiradi.
Motiv hissiyot bilan ham bog‘liq bo‘lib, ular xulq-atvor mohiyatidan tashqarida bo‘lmaydi, balki hissiy kechinmalar, motivlashgan omillar tizimi bilan uzviy aloqaga egadir. Hissiyotning eng muhim funksiyalaridan biri shundan iboratki, unda inson uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi daqiqalar uning uchun qanchalik zaruriyat ekanligini belgilashga xizmat qiladi. Hissiyotning bu sohadagi boshqa bir funksiyasi nisbatan umumiyroq bo‘lib, odamning tashqi olamga, shaxslararo munosabatga, his-tuyg‘ularga negizlik muammosi hisoblanib, uning uchun ahamiyatli voqea va narsalarga nisbatan bog‘lovchilik xususiyatiga ega bo‘lgan muloqoti zaif emotsional holatlar doirasidan tashqariga chiqib, faol, barqaror, turg‘un jarayonlarni o‘z ichiga oladi.

Motivlar quyidagi turkumlarga ajratiladi.


I. Shaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg‘unlashgan, ularning mohiyati mezoni orqali o‘lchanuvchi motivlar:
dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo‘lgan g‘oyaviy motivlar;
ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi, shaxsiy pozitsiyani ifodalovchi siyosiy motivlar:
jamiyatning axloqiy normalari, prinsiplari, turmush tarzi, etnopsixologik xususiyatlariga asoslanuvchi axloqiy motivlar;
borliq go‘zalligiga nisbatan ehtiyojlarda in’ikos etuvchi nafosat (estetik) motivlari.
II. Vujudga kelishi, shartlanganlik manbai bo‘yicha umumiylikka ega bo‘lgan, boshqaruv va boshqariluv xususiyatli motivlar:
keng qamrovli ijtimoiy motivlar (vatanparvarlik, fidoiylik, altruistik);
guruhiy, jamoaviy, hududiy, umumbashariy motivlar;
faoliyat tuzilishi, mohiyati va tuzimiga yo‘naltirilgan protsessual motivlar;
faoliyat mahsulini baholashga, maqsadga erishuvga mo‘ljallangan rag‘batlanuv, mukofot motivlari.
III. Faoliyat turlari mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi motivlar:
ijtimoiy-siyosiy voqeliklarni mujassamlashtiruvchi motivlar;
kasbiy tayyorgarlik va mahoratni o‘zida namoyon etuvchi motivlar;
o‘qishga, bilishga (kognitiv), ijodga (kreativ) oid motivlar.
IV. Paydo bo‘lish xususiyati, muddati, muhlati, barqarorligi bilan umumiylikka ega bo‘lgan motivlar:
doimiy, uzluksiz, longityud xususiyatli motivlar;
qisqa muddatli, bir lahzali, bir zumlik va soniyalik motivlar;
uzoq muddatli, vaqt taqchilligidan ozod, xotirjam xatti-harakatlarni talab etuvchi motivlar.
V. Vujudga kelishi, kechishi sur’ati bioquvvat bilan o‘lchanuvchi motivlar:
kuchli, qudratli, ta’sir doirasidagi shijoatli motivlar;
paydo bo‘lishi, kechishi o‘rta sur’atli motivlar;
yuzaga kelishi, kechishi zaif, bo‘sh, kuchsiz, beqaror motivlar.
VI. Faoliyatda, muomalada va xatti-harakatda vujudga kelishi xususiyati, xislati hamda sifatini aks ettiruvchi motivlar:
aniq, yaqqol, voqe bo‘luvchi real motivlar;
zarurat, yuksak talab va ehtiyojlarda ifodalanuvchi dolzarb motivlar;
imkoniyat (potensiya), zohira (rezerv), yashirin (latent) xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi motivlar.
VII. Aks ettirish darajasi, sifati nuqtai nazardan ierarxiya vujudga keltiruvchi motivlar.
biologik motivlar;
psixologik motivlar;
yuksak psixologik motivlar.













Download 446.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling