Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova
MAVZU: 9 SHAXS PSIXOLOGIYASI, KO’P QIRRALILIGI, INDIVID, SHAXS, INDIVIDUALLIK
Download 446.76 Kb.
|
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
MAVZU: 9
SHAXS PSIXOLOGIYASI, KO’P QIRRALILIGI, INDIVID, SHAXS, INDIVIDUALLIK. Reja: Shaxs va uning rivojlanishi. Shaxsga oid nazariyalar. Shaxsning o’zini o’zi baholashi, o’zini o’zi nazorat qilishi va boshqarishi. Tayanch so’z va iboralar: Individ, shaxs, individuallik, shaxs faolligi, shaxs tuzilishi, interindivid, intraindivid, metaindivid, endopsixika, ekzopsixika, «Men» strukturasi,men kontseptsiyasi, Real “men”, ideal “men”, empirik «Men», jismoniy shaxs, sotsial shaxs, ma’naviy shaxs, egoizm, altruizm, o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini namoyon qilish, o’z-o’zini ifodalash, o’z-o’zini e’tirof etish, yo’nalishlari, hayotiy pozitsiyasi Shaxsning turli fanlar nuqtai nazaridan o’rganilishi. Shaxs muammosi va fanning metodologik darajalari. Shaxsga nisbatan evolyutsion tarixiy va tizimli yondashuv. Shaxs fenotipik xususiyatlarining ontogenezda rivojlanishi. Inson tabiatini evolyutsion jihatdan tadqiq etish. Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ — ajralmas, aloxida zot degan ma’no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) tushunchalari orkali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog’lom (esi-hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q, oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan akli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigi-na shaxs deb atash an’ana tusiga kirib qolgan, chunki o’sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo’la oladi. Individ sifatida yorug’ dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta’sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega-dir. Ilk bolalik chog’idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo’lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan ta-nisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a’zolari, mahalla ahli, ja-moatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning og’ushida, ularning qalb to’risida) odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog’liq bo’lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi. Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faollikni inkor etish o’ta bahsli fikrdir. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish jarayoni odamning o’zicha amalga oshirayotgan faoliyatiga va uning bilan qanday maqsad ko’zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ruhiy dunyosi orqali namoyon bo’ladi. Odatda, faollik shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat, muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko’nikmalarida ko’zga tashlanadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, faollik shaxsning atrof-muhitdagi voqelikni egallashga intilgan sa’y-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o’z istiqboli uchun yo’l-yo’riq tanlashda, uni o’zlashtirishda, hayotda o’z mavqei va o’rnini topishda gavdalanadi. Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkonitiga ega. Hayotda biron bir tanbeh berishning o’zi kimdadir ruhiy hisni uyg’otsa boshqa birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta’sir qiluvchi barcha tashqi qo’zg’atuvchilar ijgimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari (tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig’indisi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo’ladi. Shaxs-ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning subyekti bo’lmish individdir. Shaxsga taalukli bo’lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham obyekt, ham subyekt bo’lishliqdir. Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri — bu uning individualligidir, ya’ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig’in-disi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaktsiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kirady. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o’xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilgan-ligi qayg’u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo’lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning mangulikka yo’nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o’zining qadr-qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta’lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o’zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir. Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko’pincha, ularda har xil vazifalarni (funktsiyalarni) bajaradi, o’zaro xech bir o’xshamagan rollarni ijro etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning «egovi», injiq, «zo’ravon» bola o’z tengqurlari davrasida ehtiyotko-rona harakat qilib, o’zini tamoman boshqacha tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaktida boshqalarga qo’shilmaydigan sa-yohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va xamkorlikda, ulfatchi-likda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan masalalardan bitta odamning o’zi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan bir-biriga qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat hollarda odam turli-tuman vaziyatlarga, sharoitlarga moe, ularga mutanosib bo’lgan jihatlarni (jabhalarni) namoyon qiladi, uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqa-sida va shu singarilarida o’z zimmasiga olgan rollarni bir-biriga qarama-qarshi emas, balki o’zaro hamohang tarzda o’ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining, sifatlarining bir-biriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko’rsatuvchi alomatlardan biri bo’lib, undagi qarama-qarshilik, ziddiyat va shakllanib ulgirmagan xususiyatlarning ko’rsatkichi uning turli vaziyatlarda bajariladigan rollarning o’zaro bir-biriga zidligi yoki nomutanosibligi hisoblanadi. Inson jamiyatning turli guruhlarida odamlarning o’z zimmasiga olgan vazifalari va rollari qanchalik rang-barang bo’lmasin, turmushdagi mavqei ko’p ma’no, ko’p kirrali xususiyatga ega bo’lishidan qat’i nazar, inson shaxsiga to’la moe keladigan haqiqiy tavsif berish imkoniyati saqlanib qoladi. Unga beriladigan tavsif faqat uning o’ynaydigan asosiy rollarini, egallagai mavqeining individualligini namoyon qiluvchi motivlarini aniqpash bilan emas, balki uning ishlab chiqarishga, moddiy boyliklarni o’zlashtirishga nisbatan munosabatini o’rganish orqali beriladi. O’zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif uning asosida gumanistik, mustaqil, huquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan va bu ijtimoiy jarayonda faol qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi. Jahon psixologiya fanining ilg’or taraqqiyparvar, gumanistik tadqiqotchilarining tajribasida ko’rsatilishicha, shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlari, xarakter xislati, temperament xususiyatlari, irodaviy sifatlari, iste’dod darajalari, barqaror qiziqishlari, hukmron motivlari, his-siyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, alo-xida odamda betakror, barqaror, turg’un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o’z ntsvbatida shaxeni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qatьiyligi, stereotipligi to’g’risidagi fikrni kat’iy tasdiklashga imkon yaratadi. Psixik holatlar, hodisalar (hissiyot, xohish, orzu, tafakkur va shu kabilar) uzluksiz ravishda o’zgarib turishi, ijtimoiy guruhlar-da, hayotiy vaziyatlarda odam o’z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvornida o’zgarishi, yoshni ulg’ayib borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi (milliylik, etnik ta’sir asosida) muayyan darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barkarorlik odam qat-nashadigan uning yashash sharoitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg’unliqtsa shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig’indisining doimiyligi bilan uzviy bog’likdir. Biroq biz qayd qilib o’tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki shaxsni psixik tuzilishining o’zgarishi jahon psixologlarining bir qator tadqiqotlarida o’rganilgan. Bu o’zgarishlar odamning yashash muhiti, amalga oshiradigan faoliyatida namoyon bo’duvchi hisoblanib, ular ijtimoiy ta’sir, tarbiya sharoitiga bevosita aloqadordir. Demak, shaxsning niebatai barqaror va nisbatan o’zgaruvchan xususiyatlari inson xislatlarining yaxlitligi va o’zaro bog’liqligidan,tarkib topuvchi murakkab birlikdan iboratdir. Odatda, shaxsni psixologik jihatdan o’rganish o’z tarkibiga ikki asosiy ilmiy muammoni qamrab oladi. Shaxsni faolligining manbai uning ehtiyojlari hisoblanib, xuddi shu ehtiyojlar odamni muayyan tarzda va ma’lum yo’nalishda harakat qilishga undaydi. Xuddi shu boisdan ehtiyoj shaxs faolligining manbai sifatida yuzaga keladi va uning yaqqol turmush sharoitiga bog’liqligini aks ettiruvchi holatdir. Ehtiyojlarda shaxsning yaqqol ijtimoiy turmush sharoitlariga bog’likdigi motivlar tizimi (motivatsiya) sifatida o’zining faol jabhalari bilan ifodalanadi. Motivlar ma’lum extiyojlarni qon-dirishga karatilgan faoliyatga nisbatan moliklikdir, degan ta’riflanishga mutlaqo mosdir. Psixologiya fanida qiziqishlar deganda, odamlarning bilish jarayoniga yo’naltirilgan ehtiyojlarning hissiy aks etishidir. Bilish extiyojlarini shaxs tomonidan qondi-rilishi uning bilimlaridagi uzilishlarini to’ldirishga, ta’lim vaziyatlariga to’g’ri moslashishga hamda ularni tushunishga zarur imkoniyatlar yaratadi va yordam beradi. E’tiqod odamning shaxsiy qarashlari, xulq-atvor tamoyillari, ilmiy dunyoqarashlariga asoslanib harakat qilishga undovchi angla-shilgan ehtiyojlar majmuidir. E’tiqod shaklida yuzaga keladigan ehtiyojlarning mazmunini odamni qurshab turgan tabiat va u yashaydigan jamiyat haqidagi bilimlar hamda ularni muayyan darajada shaxs tomonidan anglash hosil qiladi va asta-sekin turli tashqi ta’sir-lar yordamida takomillashib boradi. Insonda vujudga keladigan tilaklar sa’y-harakatlar motivlari hisoblanib, bu motivlarda aynan shu vaziyatda bevosita yaqqol namoyon bo’lmagan turmush va rivojlanish sharoitlarida ehtiyojlar ifodalanadi. Shaxsning psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari insonning hayoti-faoliyati davomida o’zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning haqiqiy imkoniyatlari o’rtasidagi qarama-qarshiliklar bo’lib hisoblanadi. Bular to’g’risida jahondagi ilmiy psixologik adabiyotlarda bir qator kimmatli va boy materiallar mavjuddir. Odatda, shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarkib topti-rish, kamolotga yetkazish mavjud qarama-qarshiliklarni, ziddiyatli vaziyatlarni yengish„ irodaviy zo’r berish, zo’riqish, tanglik, jid-diylik holatlarini boshqarish, o’zini qo’lga olish orqali o’shbu faoliyatni amalga oshirishning oqilona, omilkor vositalarini (yo’llari, usullari, operatsiyalari, ko’nikmalari, uquvlari, malakalari, odatlari, harakatlari, sa’y-harakatlari kabilarni) o’zlashtirish, egallash natijasida vujudga keladi. Bularning barchasi imitatsiya (takdid), identifikatsiya, refleksiya, stereotipizatsiya, ta’lim, o’qitish, o’qish, o’rganish, o’rgatish, saboq olish, o’zlashtirish, musta-qil bilim olish jarayonida yuzaga keltiriladi. Download 446.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling