№
|
Savol
|
Javob
|
1.
|
Diqqat deganda nimani tushunasiz?
|
Inson ongining muayyan ob’ektga yo‘naltirilishi va to‘planishi diqqat deyiladi.
|
2.
|
Diqqatning fokusi qanday ro‘y beradi?
|
Diqqat ongning bir nuqtaga to‘planishi ong doirasining torayishidan iboratdir. Ana shunday torayish va tormozlanish tufayli ong doirasi juda ham yorqinlashadi. Ongning eng mujassamlashgan va eng yorqin nuqtasi diqqatning fokusi (ya’ni markazi) deb ataladi. Ana shu fokusga tushgan barcha narsalar (idrok qilinayotgan predmetlar, tasavvurlar, fikrlar) juda to‘la, yorqin hamda juda aniq aks ettiriladi.
|
3.
|
Diqqatning obyekti nima?
|
Biz o‘z faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimizning qilgan ishlarimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqatning ob’ekti bo‘la oladi.
|
4.
|
Diqqatning fiziologik asosida nima yotadi?
|
Diqqatning fiziologik asosini bosh miya po‘sti qismidagi «optimal qo‘zg‘alish nuqtasi» tashkil qiladi. Bu nuqtani A.P.Pavlov “Bu nima”-orientir refleksi deb, Uxtomskiy “Dominanta prinsipi” deb ko‘rsatadi.
|
|
|
|