Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova
MADANIYATNING IJTIMOIY MUNOSABATLAR TARAQQIYOTIDAGI ROLI
Download 446.76 Kb.
|
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l
MADANIYATNING IJTIMOIY MUNOSABATLAR TARAQQIYOTIDAGI ROLI
O‘zining tuzilishi va yaqin maqsadiga ko‘ra freydizm individlar psixikasini o‘rganish va davolashga yo‘naltirilgan. Lekin bu ta’limot bosh boshidan ijtimoiy ongning hoziri va o‘tmishini tushuntirish tendensiyasiga ega. Seksual mayllarni ong ostiga siqib chiqaradigan va nevrozlar keltirib chiqaradigan ta’qiqlar Freydning fikricha mohiyat jihatidan insoniyat tarixining boshlanishida paydo bo‘lgan axloqiylik va huquqning ijtimoiy normalaridan boshqa narsa emas. Freyd ularni “madaniy ta’qiqlar” deb atagan va nima uchun, qanday sharoitda ular paydo bo‘lgan, mustahkamlangan, rivojlanganligini aniqlash nihoyatda muhim deb hisoblagan. Olimning diqqatini insoniyat madaniyatining shakllanishi va mohiyati muammolari o‘ziga jalb qilgan. Freyd o‘zi yozganidek, u insoniyatning umumiy taraqqiyotini alohida shaxslarning bolalikdan etuklikkacha bo‘lgan taraqqiyoti davridagi ruhiy jarayonlarni o‘rganish orqali orttirgan tajribasi vositasida tasavvur qilishga harakat qilgan. Alohidaxarakteristikalarni alohida odamdan butun insoniyatga ko‘chirib, Freyd shu yo‘l bilan jamiyat evolyusiyasi jarayonini tushunishga harakat qilgan. SHuni e’tiborga olish kerakki, Freyd butun insoniyatga oddiy individning emas, balki nevrotikning psixologik sifatlarini ko‘chiradi. Bu yo‘nalishlarda olim ayrim qoidalarni ilgari suradi. Uning fikricha, birinchidan hamma odamlar u yoki bu darajada nevrotik hisoblanishadi. Ikkinchidan har bir bola o‘z individual taraqqiyotida nevroz fazasidan o‘tadi. Uchinchidan nevroz bosqichi ibtidoiy jamoa odami uchun ham xarakterli hisoblanadi. Hamma xalqlar o‘z madaniy – tarixiy taraqqiyotida shu bosqichdan o‘tadi. Madaniyatni individ nevrotik ongi orqali izohlab, Freyd madaniyatni odamning tabiiy mayllarini bog‘lab qo‘yadigan ta’qiqlar tizimidan iborat deb baholaydi. Uning fikricha, mayllarni siqib chiqarish – bu erishilgan madaniyat darajasining o‘lchovidir, insoniyatning madaniy taraqqiyoti esa qondirilishi bizning “Men” imizga elementar lazzatni ta’minlaydigan tabiiy ehtiroslardan voz kechishdan iboratdir. Shuni ta’kidlash lozimki, Freydning “madaniyat” atamasi ko‘p hollarda “jamiyat” tushunchasiga teng kuchli hisoblanadi. Freyd o‘zining “insoniyat madaniyati” haqidagi keng ta’rifida ko‘rsatadiki, “insoniyat madaniyati” tabiat kuchlari ustidan hukmronlik qilish, farovonlikka ega bo‘lish yoki o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun odamlar tomonidan o‘zlashtirilgan hamma bilim va usullarni qamrab oladi, va ayni paytda u odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni boshqaradigan va noz-ne’matlarni taqsimlaydigan ijtimoiy institutlarni ham o‘z ichiga oladi. Lekin shuni hisobga olish kerakki, hamma odamlarda har doim destruktiv, antisotsial, antimadaniy an’analar yashab qolgan va bunday intilishlar ko‘pchilik odamlarda shunchalik kuchlikki, ular bunday odamlarning xulqini boshqalar o‘rtasida ajratib turadi. Aytish mumkinki, inson har doim ikki o‘t orasida yashaydi. Bir tomondan madaniyat insonni ezadi, uni lazzatlanishdan mahrum qiladi (shuning uchun odam madaniyatdan qutulishga harakat qiladi), ikkinchi tomondan madaniyat odamni atrof muhit omillaridan himoya qiladi, tabiatning barcha noz-ne’matlarini o‘zlashtirish, ulardan foydalanish va odamlar o‘rtasida taqsimlash imkonini beradi. Demak agar odam madaniyatdan o‘z lazzatlari hisobiga voz kechsa, himoyadan, ko‘plab noz-ne’matlardan mahrum bo‘lishi va halok bo‘lishi mumkin. Agar u madaniyat foydasiga o‘z mayllaridan voz kechsa bu narsa uning psixikasiga og‘ir yuk bo‘lib tushadi. Inson qaysi tomonga moyil. Albatta ikkinchi tomonga. Freyd bu haqda shunday yozadi: “Shu tufayli ham har qanday madaniyat majburiylik va mayllardan voz kechish hisobiga qurilishi kerak va uni tushunishda shu narsa ma’lum bo‘ladiki, og‘irlik markazi moddiy ne’matlardan psixika tomonga surilgan. Hal qiluvchi masala shundaki, odamlarning o‘z mayllaridan voz kechishi hisobiga beradigan qurbonlarining og‘irligini qanday qilib engillatish, ularni bunday yo‘qotishning majburiyligiga kelishtirish va ularni o‘zlari bergan qurbonlari uchun taqdirlash mumkin”. Muhim masala shundaki, qanday qilib salbiy kayfiyatdagi olamonni madaniyat dogmalariga amal qilishga majbur qilish mumkin. Shu yerda shaxsning madaniyatdagi roli masalasi paydo bo‘ladi. Download 446.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling