Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova


Download 446.76 Kb.
bet45/66
Sana02.02.2023
Hajmi446.76 Kb.
#1147910
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66
Bog'liq
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l

PSIXOANALIZDA INSON OBRAZI
Freyd dastavval inson obrazini mayllarning boshqaruvchilik kuchi orqali aniqlagan. Bu mayllar Freyd nazariyasida tushda, nutqdagi xatolarda, hazillarda, kinoya gaplarda namoyon bo‘ladi deb ta’kidlanadi. U o‘zining 1900 yilda yozilgan “Tushlar tabiri”, 1905 yilda yozilgan “O‘tkir so‘zlik va uning ongsizlikka munosabati”, 1901 yilda yozilgan “Kundalik hayot psixologiyasi” kabi asarlarida bu fikrni ilgari suradi. U bizning u yoki bu vaziyatlarda qanday qilib ong osti fantaziyalari ta’siriga tushib qolishimizni yorqin tasvirlab bergan. Har birimiz o‘z hayotimizda ko‘plab bilmay gapirib yuborish, ongsiz unutish, xulq va nutqda xato qilish, o‘zimizda tushkunlik va xafalikni hazil yordamida kompensatsiya qilish hollarini eslashimiz mumkin. Ma’lumki, psixoanaliz inson shaxsi taraqqiyotini ma’lum “Oral”, “anal”, “fallistik”, “genital” fazalariga bo‘lib o‘rganadi va bu fazalar tug‘ilgandan besh yoshgacha davom etadi deb hisoblaydi.
Oral fazada biz instinktiv ravishda ona ko‘kragini emish uchun qidiramiz, keyinchalik ko‘krakni katta barmoq yoki sigareta almashtiradi. Anal fazada biz o‘z kechinmalarimiz sohasiga fiziologik jarayonlarni masalan: defekatsiya va siydik chiqarishni qo‘shamiz. Lekin har bir fazadagi shaxs taraqqiyotiga ota-ona va atrofdagilarning munosabati ta’sir qiladi. Masalan: o‘ta pokiza ayollar bolaning axlat chiqarish va siydik chiqarishini doim nazorat qilishadi, boshqa onalar bolani bu jarayonni mustaqil nazorat qilishga o‘rgatishadi. Birinchi holatda bola onaga tobe bo‘lib qoladi, ikkinchisida bola bu jarayonni o‘zi nazorat qilib, undan o‘ziga qulaylik topadi. Psixoanalizda seksuallilik va agressivlikinson hayoti va shaxslararo munosabatlarning ikkita qo‘zg‘ovchi motivi deb qaraladi. Har bir odamda agressivlikka moyillik bo‘lib uning maqsadi boshqalarga zarar etkazish, haqorat qilish, talash hisoblanadi. Ijtimoiylashish jarayonida agressivlik konstruktiv yo‘nalishga buriladi. Dastavval tiyiqsiz, tizginsiz, muvofiqlashtirilmagan, shafqatsiz qo‘pol xulqni predmetsiz agressiyadan konkret, adresli, insonga o‘z fikrini himoya qilishga va xavfdan himoyalanishga imkon beradigan agressiyaga aylantirish mumkin. YOshlikda bolalar o‘zaro munosabatlarni raqobat yordamida, katta yoshda aqliy musobaqa yordamida hal qilishadi. Predmetsiz agressiya shaxslararo munosabatlarga zarar etkazadi. Bunday xavfning birinchisi genotsid bo‘lsa, ikkinchisi suitsid hisoblanadi.
Psixoanalitik shaxs nazariyasida affekt – jarohat modeli alohida o‘rin tutadi. Bu modelga ko‘ra ilk bolalikdagi jarohatli xodisalar yosh bola shaxsi tomonidan hazm qilina olmasligi tufayli bevosita psixik buzilishga, psixik jarohatlanishga olib keladi. Etkazilgan jarohat keyingi taraqqiyotda sezilarli buzilishlarga sabab bo‘ladigan iz qoldiradi. Bunday jarohatlarga jinsiy xiralik, shilqimlik, og‘ir jismoniy muomala, bolalarga ularning halaqit berayotganligi, asabga tegayotganligi, ularning unchalik quvonch keltirmayotganligini anglatish vositasida bildiriladigan ruhiy qattiqqo‘llik va sovuqlik kiradi. Bu erda tashqi jarohat birlamchi bo‘lib, psixik jarohat, ya’ni ichki jarohat ikkilamchi hisoblanadi. Boshqacha aytganda buzilish birlamchi, zarar esa ikkilamchidir.
Bu zarar g‘amxo‘rlikning etishmasligi, jarohatlovchi xodisalarning ko‘pligi bo‘lib uning natijasida bolalarda havotirli hayajonlanish, reaktiv g‘azab paydo bo‘ladi. Bu affektlar ba’zan ochiq namoyon bo‘lmasligi ham mumkin. SHunda ular “taraqqiyotning tormozlanishiga” yoki “bolalar nevrozlariga” sabab bo‘lishadi. Bunday nevrozlarga “axlat, siydikni tuta olmaslik, qaysarlik, apatiya” kiradi. Keyinroq esa ta’limda qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin.
Ushbu model bo‘yicha reallikka nisbatan shaxs kichik sistemasining uchta instansiyasi faol harakat qiladi: “U”, “Yuqori - Men” va “Men”. Boshqacha aytganda “U” bu “Id” ong osti, yoki ongsizlik sohasi, instinktiv mayllar to‘plami, “Men” bu “Ego”, shaxs, ong. “Yuqori - Men”, “Super-Ego”, ijtimoiy axloq, xatti-harakat normalari, ijtimoiy ong, xulq.“U” ongsizlik sohasidan iborat, uning hukmron prinsipi “Lazzatlanish” prinsipi bo‘lib, siyosatda bu anarxiya ko‘rinishida maydonga chiqadi. “Yuqori - Men” da norma va qadriyatlar lokalizatsiya qilingan. Bular tarbiya va ota-ona etalon “matritsasi, ota-ona tomonidan bolaga singdiriladigan xulq-atvor shakllarining” natijasidir. “Men” - “U” va “Yuqori - Men”ga nisbatan anchagina murakkab holatda, u har ikkala tomondan eziladi. “U” o‘z jinsiy va agressiv impulslarini qondirish uchun “Men”ga tazyiq o‘tkazadi. Lekin ularni qondirish o‘smirga ota-ona tomonidan katta tashvish keltiradi. Ikkinchi tomondan “Yuqori - Men” ijtimoiy axloq normalari va qonunlarini bajarishni talab qiladi. Agar aytilganlarga aktual voqelikning “Men” ga ta’sir qiluvchi omillarini ham qo‘shilsa bunday shaxs “Men” ining ahvoli anchagina fojiali bo‘lib ko‘rinadi.
Agar “Men” ni bolalik va nevrotik buzilishlardan holi, a’lo taraqqiy etgan, etuk “Men” sifatida tasavvur qilinsa holat o‘zgaradi. Bunday “Men” ong egasi bo‘lib, “U” dan esadigan instinktlar shamoli va “Yuqori - Men” da joylashgan ta’qiq va qoidalar o‘rtasida vositachi hisoblanadi. Bundan tashqari “Men” nazorat, qayta nazorat va qaror qabul qilish organi hisoblanadi, u “U” bilan “Yuqori - Men” dan chiqadigan talablarni tergov qiladi. “Men” u yoki bu qarorni tekshiradi, natijada yo ma’qullaydi yoki rad qiladi. Qaror ongli ravishda qabul qilinadi. SHu bilan birga instinktiv istak yoki “Yuqori - Men” ning buyrug‘ini bajarish kechroq muddatga surilishi mumkin. Kompromiss qisman voz kechish yoki ijtimoiy mumkin shaklda qisman qondirish, yoki “sublimatsiya-energiyaning bir turining, masalan, seksual energiyani, energiyaning boshqa turiga, masalan, ijtimoiy faollikka yo‘naltirilishi” ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bunday qulay vaziyatda “U” ning barcha kuchlari “Men”ning ixtiyorida. Shuning uchun “Men” o‘zini hukmio‘tadigan, boyitilgan deb his qiladi, chunki o‘zi aks ettirayotgan erotik, hissiy va ehtirosli mayllar uning o‘ziga bog‘langan. “Yuqori - Men” ga nisbatan ham “Men” avtonom holatda, chunki “Yuqori - Men” tomonidan ilgari surilayotgan ta’qiqlovchi vaziyatlarga amal qilish kerak yoki kerak emasligini o‘zi ongli hal qiladi. “Men” u yoki bu bid’atning maqsadga muvofiqligini tanqidiy qayta tekshiradi, bid’at ongli fikr - e’tiqodga aylanadi. “Ideal” ham “Men” bilan muvofiq munosabatlarda. “Men” “Idealni” amalga oshirishning real imkoniyatlarini baholaydi va unga etishishning yo‘llarini tanlaydi. Boshqacha aytganda qat’iy harakat bilan idealga yaqinlashish kerakmi yoki idealni real xulqqa tenglashtirish kerakmi degan masalani mustaqil hal qiladi. Yetuk shaxsning “Men”, “U”, “Yuqori - Men” va “Ideal”i bir-biridan ajralgan va bolalar yoki nevrotiklarga o‘xshab og‘ir ziddiyatlarga tortilmagan. “Men” shaxs sterjeni sifatida hayot jarayonida “U” va “Yuqori - Men” sohalarini to‘la o‘zlashtirib olguncha ko‘plab o‘zgarishlarga uchraydi. Freyd tili bilan aytganda shundan so‘nggina “U” bo‘lgan joyda “Men” bo‘ladi. “Yuqori - Men”, “Men” ga xo‘jayinlik qilmay qo‘yadi, uning qatoridan joy oladi. Shuning uchun ham psixoanalizda “Men” shaxs tushunchasiga teng, Freyd “Men” ni shaxs ruhiy jarayonlarning bog‘lovchi tashkiloti deb qaragan. Shu o‘rinda Platon foydalangan chavandoz va arg‘umoq misolini keltirish o‘rinli. Tasavvur qilish mumkinki, otni minishda tajribasi yo‘q bola otga bo‘ysunadi, mohir chavandoz esa otning kuchidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanadi. Bu misol ikkita alternativani ilgari suradi: chavandoz otni boshqara olsa uning kuchi “Men”, ot kuchining bir qismi hisobiga ko‘payadi, teskari holatda chavandoz "Men" mag‘lubiyatga uchraydi, o‘zini ojiz, kuchsiz, ot (“U”)ning ixtiyoriga butunlay bo‘ysungan deb his qiladi.



Download 446.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling