Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova
Download 446.76 Kb.
|
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l
- Bu sahifa navigatsiya:
- Esda tuting
- Faoliyat mahsulini o’rganish metodi
- Biografik metod
Modellashtirish
Ko‘zatish, so‘roq, ekseriment yoki boshqa usullar yordamida o‘rganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda modellashtirish usuli qo‘llaniladi. Bunda o‘sha hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy arametrlari modellashtirilib, o‘sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o‘rganiladi va xulosalar chiqariladi. Esda tuting: Modellar texnik, mantiqiy, matematik yoki kibernetik bo’lishi mumkin. Matematik model asosida o‘rganilgan hodisaga mashhur tadqiqotchilar Veber-Fexnerlarning sezgirlikning quyi va yuqori chegarasini aniqlashga qaratilgan matematik formulasi va shu asosda to‘langan ma’lumotlar tahlilini misol qilish mumkin. Mantiqiy modellar yordamida ko‘incha inson aqli va tafakkuri jarayonlari va qonunlarini hisoblash mashinalari ish tamoyillari bilan qiyoslash orqali to‘zilgan g‘oyalar va simvollar ishlatiladi. Kibernetik modellashtirishda esa g‘oyalar psixologiyasini EHM dagi matematik rogrammalashtirish tamoyillariga moslashtirish nazarda tutiladi. Hozir ko‘gina murakkab shaxs xususiyatlari ham dasturlashtirilgan bo‘lib, ular algoritmlar asosda qisqa fursatda ko‘gina sifatlarni ko‘lab arametrlar nuqtai nazaridan hisoblab, natijalarni umumlashtirishga imkon bermoqda. Ko‘pincha matematik o‘yinlar g‘oyasi odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sohasini o‘rganishda ham qo‘llanilmoqda. Ma’lum bo’lishicha, odamning fikrlash operatsiyalari bilan EHM larning ishlash tamoyillari o‘rtasida ma’lum uyg‘unlik bor ekan, bu esa murakkab psixik jarayonlarni modellashtirish orqali inson aqlu zakovati chegarasini yanada kengpaytirish istiqbolini beradi. Umuman psixologiyaning va uning har bir alohida tarmoqlarining o‘ziga xos metodlari bor. Ular ijtimoiy xulq va alohida individ ichki dunyosini komleks tarzda o‘rganish imkonini beradi. Ga shundaki, ularni o‘z vaqtida va professional tarzda qo‘llay bilish va olingan natijalardan to‘g‘ri xulosalar chiqara olishdir. Faoliyat mahsulini o’rganish metodi inson mehnatining mahsulotlari yoki natijalari asosida psixik xodisalarni taxlil qilishdan iboratdir. Maktab tajribasida o’quvchilarning daftarlari, yasamalari, o’zlari tayyorlagan asboblari va boshqalarni taxlil qilish asosida ulardagi diqqat-e’tibor, intilish, idrok kabi xususiyatlar haqida xulosaga kelinadi. Bayon, doklad, shehrlar, rasmlar va boshqa ijodiy xarakterdagi ishlarin taxlil qilish ham ko’pincha faoliyat mahsulotlarini o’rganish metodiga kiradi. Biografik metod kishi psixologiyasini tarjimaiy xoliga oid ma’lumotlar asosida o’rganish metodidir. Masalan o’quvchi bir necha marta sinf boshlig’i qilib saylangan. Bundan biz o’quvchida qandaydir tashkilotchilik qobiliyati yoki bu ishga ko’nikma borligini aniqlaymiz. Download 446.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling