MAVZU: 5
PSIXOLOGIYANING YO’NALISHLARI. PSIXOLOGIYANING METODLARI. KUZATISH, SUHBAT, INSON FAOLIYATI MAHSULINI TAHLIL QILISH PSIXOLOGIYANING METODLARI SIFATIDA
Reja:
Psixologiya sohasida ilmiy-tekshirish olib borishning o’ziga xosligi.
Psixologik tadqiqot metodlari
Psixologiya yo’nalishlari
Tayanch iboralar: Kuzatish metodi, so‘roq metodi, test metodi, ekseriment metodi, modellashtirish metodi, anketa metodi, faoliyat maxsulotlarini o‘rganish metodi, validlik, mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, yuridik psixologiya, harbiy psixologiya, sport psixologiyasi, savdo psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, sotsial psixologiya, umumiy psixologiya
Aniq izlanish predmetiga ega bo’lgan har qanday fan o‘sha predmetning mohiyatini yoritish va materiallar to‘lash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlarn deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro‘si ham birinchi navbatda o‘sha metodlar yordamida to‘langan mahlumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog‘liq bo’ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo‘lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. Chunki yuqorida taokidlaganimizdek, psixik hodisalarni bevosita qo‘l bilan ushlab, ko‘z bilan ilg‘ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko‘lab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog‘i o‘z vazifalarini echish va ma’lumotlarga ega bo’lishuchun ko‘lab metodlarni sinovlardan o‘tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.
Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida qo‘llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning ishonchlilik darajasnni aniqlash, qolaversa, to‘langam ma’lumotlarning qay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi.
3-jadvalda asosiy psixalogik metodlar va ularni qo‘llash shakllari keltirilgan.
Jadvalda keltirilgan metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs u yoki bu psixik jarayon, holat yoki shaxs xususiyatlari to‘g‘risida birlamchi ma’lumotlar to‘laydi, to‘langan mahlumot yana tahlil qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi mumkin. Havola etilayotg‘an metodlar turkumi R.S.Nemovning «Psixologiya» (1996y.) kitobidan olingan va ular amaliyotda ishlatilayotgan eng asosiy metodlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |