Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari Glossariy Ilova


Download 446.76 Kb.
bet32/66
Sana02.02.2023
Hajmi446.76 Kb.
#1147910
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66
Bog'liq
Seminar mashg’ulotlari bo’yicha o’quv materiallari Mustaqil ta’l

Mehnat psixologiyasi kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish (MIT) ning psixologik jihatlarini o’rganadi.
Kishining kasbkorlik xususiyatlarini, mehnat malakalari rivojlanishnning qonuniyatlarini tadqiq qilish, ishlab chiqarishdagi vaziyatning, asbob-uskunalar va stanoklarning, signalnzasiya vositalarining konstruktsiyalari va joylashtirilishi hamda shu kabilarning mehnat ahliga ta’sirini aniqlash mehnat psixologiyasining vazifalari jumlasiga kiradi. Mehnat psixologiyasa qator bo‘limlarga ega bo‘lib, bu bo‘limlar garchi bir-biri bilan va psixologiyaning boshqa sohalari bilan mahkam bog‘langan bo‘lsa ham, ayni chog‘da mustaqil hisoblanadi. Jumladan, asosan avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorining faoliyatini o‘rganadigan, odam bilan mashina o‘rtasida vazifalarii taqsimlash va muvofiqlashtirish hamda shu kabi boshqa muammolarni hal etadigan injenerlik psixologiyasi; kishining uchishini o‘rganish va uchish jarayonidagi faoliyatining psixologik qonuniyatlarini tadqiq qiladigan aviatsiya psixologiyasi; vaznsizlik va bo‘shliqda aniq mo‘ljal ola bilmaslik sharoitida, organizmga juda ko‘ ortiqcha ta’sirotlar yuklangan aytda ro‘y beradigan nerv-psixik zo‘riqishi bilan bog‘liq bo’lgan alohida holatlar tug‘ilganda kishi faoliyatining psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladigan kosmik psixologiya va shu kabilar.
Pedagogik psixologiya kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi.
U o‘quvchilarda tafakkurning shakllanishini tadqiq qiladi, aqliy faoliyat usullari va ko‘nikmalarini o‘zlashtirish jarayonini boshqarish masalalarini o‘rganadi, o‘qitish jarayonining muvaffaqiyatiyligiga, edagog bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga va o‘quvchilar kollektividan munosabatlarga ta’sir qiluvchi psixolognk omillarii, o‘quvchilardagi indnvidual-psixologik farqlarni, psixik rivojlanishida orqada qoluvchi bolalar bilan olib boriladigan taolm-tarbiya ishlarining o‘ziga xos xususiyatlarini, katta yoshdagilarni o‘qitish jarayonida ular bilan ishlashning psixologik xususiyatlarini va shu kabilarii aniqlaydi. Ta’lim psixologayasi (didaktikaning, xususi» metodikalarning, rogrammalashtirilgan o‘qitishning, aqliy harakatlar shakllantirishning psixologik asoslari va boshqalar), tarbiya psixologiyasi (psixologik asoslari, o‘quvchilar kollektivi psixologiyasi, ahloq to‘zatish-mehnat), o‘qituvchi psixologiyasi, aqli zaif bolalarii o‘qitish va tarbiyalash psixologiyasi pedagogik psixologiyaning bo‘limlari yoki tor sohalari hisoblanadi.
Tibbiyot psixologiyasi vrach faoliyatining va bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi.
U psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik to‘zilishlar o‘rtasidagi nisbatni o‘rganadigan neytropsixologiyaga, dorivor moddalarning kishining psixik faoliyatiga ta’sirini o‘rganadigan psixofarmokologiyaga, bemorni davolash uchun psixik ta’sir vositalarini o‘rganuvchi va qo‘llanuvchi psixoterapiyaga, odamlarning psixik jihatdan salomatligini taominlash chora-tadbirlari sistemasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi psixoprofilaktika va psixogigienaga bo’linadi.
Yuridik psixologiya huquq sistemasining amal qilishi bilan bog‘liq psixologik masalalarin o’rganadi.
U jinoiy jarayon ishtirokchilarining xulq-atvorining psixik xususiyatlarini (guvoxlik ko‘rsatmalarining psixologiyasi, ayblanuvchi xulq-atvorining xususiyatlari, tergovga qo‘yiladigan psixologik talablar va shu kabilarin) tadqiq qiluvchi sud psixologiyasiga; jinoyatchining xulq-atvori, shaxsning shakllanishiga doir psixologik muammolar, jinoyatning motivlari va shu kabilar bilan shug‘ullanuvchi kriminal psixologiyaga; axloq to‘zatish-mehnat koloniyasida qamalib yotganlarning psixologiyasini, ishontirish va majburlash metodlari bilan tarbiyalashning psixologik muammolarini va shu kabi masalalariga o‘rganadigan enntensiar yoki ahloq to‘zatish-mexnat psixologiyasiga bo’linadi.
Harbiy psixologiya kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvorini, boshliqlar va hodimlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning psixologik jihatlarini, psixologik propaganda va kontrlropaganda metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarni va shu kabi boshqa masalalarin tadqiq qiladi.
Savdo psixologiyasi tijorat ta’sirining psixologik shart-sharoitlarini, ehtiyojning individual, yoshga oid va boshqa xususiyatlarini, xaridorlarga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi, modalar psixologiyasi va boshqa masalalarin tadqiq qiladi
Keyingi vaqtlarda ilmiy ijodiyot psixologiyasi masalalarini (ijodkor shaxsning xususiyatlari, ijodiy faollikka rag‘batlantiruvchi omillar, ilmiy kashfiyotlar qilishda ichki sezgi hissining roli va boshqalar) o‘rganish boshlandi. Ilmiy-ijodiyot psixologiyasining o‘ziga xos bo‘limini evristika tashkil etadiki, uning vazifasi faqat ijodiy (evristik) faoliyatning qonuniyatlarini tadqiq qilishdan emas, balki evristik jarayonlarii boshqarish metodlarini ishlab chiqishdan ham iboratdir.
Sport psixologiyasi sportchilar shaxsi va faoliyatining psixologik xususiyatlarini, ularni psixologik jihatdan tayyorlashning shart-sharoitlari va vositalarini, sportchining tashqi chiniqqanligi va safarbarlikka tayyorligining psixologik mezonlarini, musobaqalarii tashkil etish va o’tkazish bilai bog‘liq psixologik omillarni o’rganadi.
Va, nihoyat, badiiy ijodiyot (adabiyot va sanhat sohasida) va estetik idrok (shubhasiz ahamiyatga ega bo’lgan, lekin hali juda sust o‘rganilgan soha) psixologiyasi ham mavjud.
Agar psixologiyaning shoxobchalarini tasnif qilishda rivojlanishning psixologik jihatlari asos qilib olinadigan bo‘lsa, u holda biz uning rivojlanish rintsii amal qiladigan qator sohalariga duch kelamiz.
Yosh psixologiyasi turli xildaga psixik jarayonlarning ontogenezini va rivojlanayotgan kishi shaxsining psixologik fazilatlarini o’rganadi.
U bolalar psixologiyasiga, o‘smirlar psixologiyasiga, yoshlik psixologiyasiga, katta yoshdagi odam psixologiyasiga, gerontopsixologiyaga bo’linadi. YOsh psixologiyasi psixik jarayonlarning yoshga oid xususiyatlarini, bilimlarni rejalashtirishning yoshga bog‘liq imkoniyatlarini, shaxs kamolotining omillari va boshqa masalalarni tadqiq qiladi. Yosh psixologiyasi o‘rganadigan asosiy masalalardan biri o‘qitish va aqliy jihatdan kamol totirish hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi muammosi bo‘lib, u psixologlar tomonidan keng muhokama qilib kelinayotir. Psixologlar aqliy kamolotning ishonchli mezonlarnii qidirib toish va o‘qitish jarayonida aqliy rivojlanish samaradorligiga erishish imkonini beradigan shart-sharoitlarni aniqlash bilan banddirlar.

Download 446.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling