“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan 2022-2023 o‘quv yili uchun
SЕMINAR MASHG‘ULOTLARI RЕJASI
(Birinchi kurs kunduzgi bo‘lim barcha o‘quv guruhlari uchun)
1-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. (2 soat)
Reja:
1. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holatlar va uning xususiyatlari. Orol fojeasi.
2. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi”, “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalari.
3. I.A.Karimovning hokimiyat tepasiga kelishi va amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy va madaniy hayotdagi o‘zgarishlar.
4. I.A.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 1991 yil avgust voqealari. “GKCHP”. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi.
2-mavzu: Mustaqil O‘zbekistonning tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati va O‘zbekistonnig o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li. (2 soat)
Reja:
1.O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligin e’lon qilinishi, uning tarixiy ahamiyati va huquqiy asoslarining yaratilishi.
2. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi. O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo‘li.
3. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, uning tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari.
3-4-mavzu: Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi. (4 soat).
1- dars. Reja:
1.O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish asoslarining yaratilishi.
2. O‘zbekistonda siyosiy islohotlarni amalga oshirilishi.
3. Davlat hokimiyatining milliy, huquqiy, demokratik asoslarining barpo etilishi.
4.Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish.
2-dars. Reja:
1.O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni.
2.O‘zbekistonda ko‘p partiyaviylik tizimini shakllanishi va rivojlantirish
3. Nodavlat notijorat tashkilotlarining jamiyatni demokratlashtirish jarayonlaridagi o‘rni.
4.O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |