Seminar mashg’ulotlari uchun materiallar 1-seminar mavzusi: savod o‘rgatish tayyorlov davri o‘qish darslarida interfaol metodlaridan foydalanish reja


Download 0.76 Mb.
bet11/12
Sana23.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1223968
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Seminar mashg\'ulotlari

pirovard natija mustaqil ma’lumotlarga ega bo‘lish birinchi jihat Didaktik materiallar qo‘shimcha ma’lumotlar
Mustaqil fikrlash Ilmiy fikrlashga oid voqea-hodisalar O‘quvchining inson shaxsiga o‘z munosabatini bildirish Darslikdagi muallif ko‘rsatmalari Dars jaryonidagi o‘qituvchi ko‘rsatmalari Amaliy haqiqatlar Ilmiy xulosalar Mavzudagi ilg‘or fikrlar ikkinchi jihat Avlodlar tashabbusi O‘quvchining his-tuyg‘usi Ilm-fan va texnikatexnologiyalar yutuqlari O‘quvchining ichki tuyg‘usi O‘quvchining shaxsiy harakatlari Intellektuallashtirish vositalari MUSTAQIL TA’LIM O‘quvchilarning shaxsiy tashabbusi Intellektual mulkka oid adabiyotlar SHuningdek, o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyati muhitining baholash qismida esa quyidagi komponentlar e’tiborga olinadi: o‘quvchining quvonch hissi, o‘quvchining to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati, Bumerang texnologiyasi, BBB texnologiyasi, o‘quvchining didaktik qobiliyati, tashkiliy qobiliyat, mashg‘ulot mahsuldorligini baholash, o‘zlashtirish darajasi, o‘zlashtirish sifati, monitoring.
O‘quv-bilish faoliyati muhitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlashga o‘rgatishning tashkiliytuzilmasi mazkur tadqiqot ishining analogik tarzda ishlab chiqildi, ya’ni ko‘rib chiqilayotgan tashkiliy-tuzilma ham asosan asosiy uchta qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismida o‘quvchilar mustaqil fikrlashiga oid komponentlar va ular orasidagi aloqadorlik (qonuniyat)lar tahliliy o‘rganilib chiqiladi. Bunda o‘rganilayotgan mavzuga oid ilm-fan va texnika-texnologiya yutuqlari hamda pedagogik innovatsiyalardan propedevtik material sifatida foydalaniladi va ular ham o‘z navbatida intellektual mulkka oid adabiyotlar, ta’limni intellektuallashtirish vositalari va avlodlardan bizga etib kelgan ma’naviy meros orqali tarkib toptiriladi. Bu qayd etilganlar bilan dars jarayoni (maqsadi va vazifalari) o‘quvchining mustaqil fikrlashiga propedevtik (tayanch) ma’lumotlar bo‘lsa, o‘qituvchilarni mustaqil fikrlashga undovchi omillar ham ushbu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday omillar sirasiga quyidagilar kiradi: o‘quvchining shaxsiy tashabbusi, o‘quvchining his-tuyg‘usi; o‘quvchining ichki dunyosi; o‘quvchining shaxsiy harakatlari va shu kabilar.
Demak, o‘quvchining mustaqil fikrlashi har qanday o‘quv fani bo‘yicha darsliklarning didaktik ashyosi bo‘lgan matnlar, shuningdek, unga mos savol-topshiriqlar, mashqlar yoki misolmasalalarni hal qilishi negizida paydo bo‘lib, ushbu holat ta’lim rivojiga qarab takomillashib, yuksalib boraveradi. SHu asosda mustaqil fikrlash jarayoni ham darajalanib boraveradi. Biz uni asosan ikki yo‘nalishdagi jihatlarga ajratdik Ulardan birinchisi, darsliklardagi mualliflar ko‘rsatmalari va dars jarayonidagi o‘qituvchilarning ko‘rsatmalaridan iborat bo‘ladi. SHuningdek, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishga etakchilik qiladigan ikkinchi jihati quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: mavzudagi ilg‘or fikrlar; ilmiy xulosalar; amaliy haqiqatlar; o‘quvchining inson shaxsiga o‘z munosabatini bildirishi, ilmiy fikrlashga oid voqea va hodisalar. O‘quvchining mustaqil fikrlashini shakllantirishda yuqorida qayd etilgan jihatlar tarkibiy qismlari o‘rganilayotgan manbaga mos holda tanlanadi va ishlatiladi. Bular esa mustaqil ta’lim uchun etarli bo‘lgan shart-sharoit demakdir.
"Mustaqil ta’lim - bu insonning o‘zi tanlagan vositalar va adabiyotlar yordamida avlodlar tajribasini, fan va texnika yutuqlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan shaxsiy harakatlar jarayoni. Bunda insoning ichki dunyosi, histuyg‘ulari, mustaqil fikrlash qobiliyati asosiy rol o‘ynaydi" . Demak, mustaqil ta’lim qo‘shimcha ma’lumotlar va didaktik materiallar negizida olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash maqsadidagi ta’lim yo‘nalishidan iborat ekan. Mustaqil ta’limning maqsadi esa bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlashdan iborat bo‘lib, qo‘shimcha ma’lumotlar va didaktik materiallar asosiy qo‘llab quvvatlovchi manbalar hisoblanadi. Quyidagi ma’lumotlar odatda turli manbalardan o‘rganilayotgan mavzuga mos ma’lumotlarni yig‘ish, ularni tadqiqot maqsad-vazifalarini e’tiborga olgan holda tizimlarga ajratish natijasida tarkib toptiriladi hamda ular tahlil qilinib foydalanishga tavsiya etiladi. SHu sababli ma’lumotlar berishda (ma’lumotni tayyorlashda ham) nafaqat o‘qitish, balki o‘quvchining mustaqil bilim olishi hamda ularning umumiy dunyoqarashini yuksaltirishni ham e’tiborga olish kerak. 159 Demak, qo‘shimcha ma’lumotlarni tarkib toptirishdan asosiy maqsad tadqiqot ob’ektini (ta’lim-tarbiya jarayonini) tahliliy va tizimli o‘rganishga oid ma’lumotlar bilan ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat bo‘ladi, uning vazifasi esa quyidagilardan iborat bo‘ladi:



• manba (jarayon, hodisa, holat va h.k) to‘g‘risida mukammal tavsiyanoma tayyorlashga ko‘maklashish;
• manba to‘g‘risida axborot tayyorlashga ilmiy-metodik jihatdagi asosnoma tayyorlashga ko‘maklashish;
• manba to‘g‘risida tasavvur paydo qilish va ularni keyingi faoliyatga o‘tkazish uchun yaratilgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish va shu kabilar. O‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatida, xususan mustaqil ta’limda didaktik materiallarning o‘rni beqiyos. Bunga sabab didaktik materiallar o‘qituvchi tomonidan har bir darsga alohida-alohida tayyorlanadigan manba bo‘lib, u dars mazmunini to‘la ifodalash va o‘quvchilarning dars mazmuniga chuqur tushunib etishiga xizmat qiladi.
Didaktik materiallar sirasiga quyidagilar kiradi: turli xil ko‘rgazmali qurollar; turli xil muammoli vaziyatlarni yaratuvchi moslamalar; kompyuterli trenajyorlar; turli xil didaktik o‘yinlar; modellar; maketlar; texnologik xaritalar; texnik vositalar; asbob-uskunalar; dasturiy-uskuna vositalari; o‘rgatuvchi dasturlar, ta’lim beruvchi ishchi dasturlar va h.k. Didaktik materiallarni tayyorlashdan asosiy maqsad o‘quvchilardagi didaktik qobiliyatlarni mustahkam tarkib toptirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lishi kerak. Bunga sabab didaktik qobiliyatlar o‘quv materiali ko‘rgazmali qurollar (vositalar) ni tayyorlab qo‘yish, o‘quv materialini aniq, ifodali va izchil bayon qilish, o‘quvchilarning o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning ma’naviy, hissiy istaklarini rag‘batlantirish, shuningdek, bilimini oshirish va faollashtirish mahoratlari negizida tarkib topadi.
Didaktik materiallarni tayyorlashdagi asosiy vazifalar esa quyidagilardan iborat:
• o‘quvchilarda turli vaziyatlarda ham ko‘zlangan maqsadning mazmun-mohiyatini, anglab etadigan qobiliyatlarni shakllantirishga ko‘maklashish;
• o‘quvchilarda o‘rganilayotgan mavzu (manba) bo‘yicha belgilangan vazifalarni aniq va ravshan anglab etadigan qobiliyatlarni shakllantirishga ko‘maklashish;
• o‘quvchilarda qo‘yilgan muammoni (o‘rganilayotgan mavzuni) bajarishga mas’uliyat hissini hamda qiziqishini uyg‘ota olish, shuningdek, maqsadga erishishni ta’minlay oladigan qobiliyatlarni shakllantirishga ko‘maklashish;
• o‘quvchilarda qo‘yilgan muammoni hal qilishda (mavzuni o‘rganish jarayonida) vujudga keladigan muammoli vaziyatlarda muammolarni hal qilishga vaziyatli yondashish qobiliyatlarini shakllantirishga ko‘maklashish va hokazo. Endi mustaqil ta’limning bunday qo‘llab-quvvatlovchi (qo‘shimcha ma’lumotlar va didaktik materiallar) manbalari negizida ko‘zlangan natijaga erishishning optimal variantini kafolatlashga erishish mumkin bo‘ladi. Biz uni pirovard natija deb ataymiz Pirovard natijaga erishganlikni aniqlashda asosan quyidagilarga e’tibor beriladi:
• qo‘lga kiritilgan natijaning dars maqsadlarida (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) qo‘yilgan talablarga javob bera olishiga;
• qo‘lga kiritilgan natijaning amaliy ahamiyatiga, ya’ni qo‘lga kiritilgan natijadan ta’limning keyingi bosqichlarida foydalanish imkoniyatlariga;
• o‘quvchida shakllangan mustaqil ma’lumotlar majmuiga va shu kabilarga. Pirovard natijada shakllanadigan mustaqil ma’lumotlar majmuasining o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatidagi o‘rni beqiyosdir, ya’ni shaxsning shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib hisoblanadi va ushbu jarayonni tashkil etishning o‘zi ham innovatsion texnologiyalarga xos xususiyatlardan iboratdir. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishga oid innovatsion texnologiyaning ahamiyatli tomoni shundan iboratki, ushbu jarayonda o‘z o‘quvchilarida mustaqil fikr shakllanishini xohlovchi har qanday o‘qituvchi ko‘proq o‘z darslarida muammoli vaziyat, pedagogik masalalar tashkil etib, o‘quvchilar bilan birga ularning echimlari orasidan eng optimalini topishi ahamiyatlidir. Bunda bahs-munozaraga keng imkoniyatlar yaratish, ya’ni interfaollikni tashkil etish va dars jarayonida ularga amal qilish kerak. Ushbu jarayonni qoidali tarzda olib borish yanada ahamiyatliroq bo‘ladi. Bu borada qoidalar taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin:
• bir kishi gapirayotganda gapini bo‘lmaslik;
• bir-birining fikriga hurmat bilan qarash;
• qo‘l ko‘tarib o‘z fikrini bildirishga ruxsat so‘rash;
• sabr-toqatli bo‘lish;
• o‘zaro hurmatni saqlash va shu kabilar. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish ko‘proq qaysi interfaol metodlarni tanlashga bog‘liq bo‘ladi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda quyidagi interfaol usullar qo‘l keladi: Kichik guruhlarga ajratib o‘qitish; intellektual ring; Er sayyorasi; ochiq dars; "Zakovat", "Qilni qirq yorib", "Qo‘shimcha dars", "Mini tadqiqot", "Muzyorar va tadqiqot", "Bilimlar o‘chog‘i", "So‘z sehri", "Aqliy hujum", "Oltin toj", "Klaster", "SHaxs kamoloti va o‘quvchi", "Rolli o‘yinlar", "YAngi fikr", "Tahliliy fikr", "Ishbilarmonlik o‘yinlari", "Slayd asosida suhbat", "Muammoli vaziyatni tashkil etish va uning echimlari ichidan eng samaralisini topish", "Pedagogik (tarbiyaviy) masalalar tuzish va echish", "Bunyodkorlik-ziynat va vayronkorlik-illat" turkumiga oid darslar va shu kabilar. Umuman olganda o‘quv-bilish faoliyati muhitida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda interfaol usullar o‘quvchilarni tahliliy fikrlashga o‘rgatishga, jarayonlarni o‘rganishni umumlashtirishga va pirovard natijaga erishganlikni aniqlash kabilarda muhim didaktik asos bo‘lib hisoblanadi. Bunday deyishimizga sabab yuqorida ta’kidlangan interfaol usullarda o‘quvchilar bir-birining fikrlarini diqqat bilan tinglaydi, tahlil qiladi va ular asosida o‘zida mustaqil fikrni shakllantiradi.
Demak, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda quyidagi pedagogik shart-sharoitlarning mavjudligiga kuchli e’tibor berish kerak:
• o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha ilm-fan va texnikatexnologiyalar yutuqlarini to‘plab, ularni iste’molda foydalanish uchun axborot ko‘rinishiga keltirib qo‘yish;
• o‘quvchining his-tuyg‘ulari va moyilliklarini tarkib toptirish;
• mustaqil fikrlashga oid jihatlarning mukammal tizimini tarkib toptirish;
• mustaqil fikrlashni tarkib toptirishga oid mustaqil ta’limni rivojlantirib olish;
• mustaqil fikrlash negizidagi pirovard natijani (o‘quvchi ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan mustaqil ma’lumotlarni) loyihalashtirish va shu kabilar.
Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha fanlarni o‘qitishda o‘qitishning an’anaviy usullariga innovatsion tus berish, ya’ni ular mazmunini bolalar ma’naviy dunyoqarashini kengaytiruvchi ta’sirchan ma’lumotlar bilan to‘ldirib integratsiyalab borish kerak. Ularda ta’limning interfaol usuli va shakllaridan ijodiy foydalanish kerak, ya’ni ta’lim jarayonida suhbatlar, debatlar, ayrim mavzularni o‘zlashtirish bo‘yicha treninglar tashkil etish, bahs-munozarali davra suhbatlari olib borish, modulli dars, sahnaviy darslarni tashkil etish, “Aqliy hujum” texnologiyasiga asoslangan dars mashg‘ulotlarini olib borish, matbuot konferensiyasi, “Quvnoqlar va zukkolar” zakovat o‘yinlarini tashkil etish, ta’limda dars-sud tizimidagi dars mashg‘ulotlarini tashkil etish, fikr va g‘oyalar to‘plamini tashkil qilish darslari, “Ustoz-shogird” tizimidagi dars mashg‘ulotlarini tashkil etish va shu kabilardan ta’lim amaliyotida keng foydalanishga erishish kerak. Bu qayd etilgan ta’lim usullari, texnologiyalari va shakllari dars jarayonida interfaollikni talab etadi.
Bunday mashg‘ulotlarni o‘tkazishda quyidagilarni e’tiborga olish kerak:
1.O‘qituvchi mashg‘ulot o‘tkazish uchun mavzu tanlaydi.
2.O‘qituvchi mavzuga oid ma’lumotlarni o‘rganib, uning mazmuniga o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga oid ta’sirchan ma’lumotlarni to‘playdi va mavzu matnining qaysi qismiga bu ma’lumotlarni qo‘shib bayon qilishni rejalashtiradi. Bu belgilangan dars soatidan (vaqt byudjetidan) oshib ketishiga sabab bo‘lmasligi kerak. 3.O‘qituvchi o‘quvchilarga mavzuni interfaol usulda o‘rganishni vazifa qilib qo‘yadi va uni o‘tkazish tartibini belgilaydi. Ushbu holatda mavzuni o‘zlashtirishning texnologik xaritasi (bosqichma-bosqich ketma-ketlik) o‘quvchilarga tavsiya etilishi bilan dars samaradorligiga erishishga imkoniyat yaratiladi, shuningdek o‘qituvchi dars mazmuniga qo‘shiladigan ma’lumotlarni oldindan o‘quvchilarga berib boradi. Masalan, tuproqning ifloslanishiga oid mavzu o‘rganilayotganda oldindan o‘quvchilarga bir kvadrat metr joyga sigareta kukuni va qoldiqlari tashlansa, bir kvadrat metr joyga turli xil chiqindilar tashlansa, ular tuproq tarkibiga singib, tuproq tarkibini buzib, undan inson salomatligiga, shaxsan shu o‘quvchilarga qanday zarar (ham moddiy, ham ma’naviy) keltirishi to‘g‘risidagi ta’sirchan ma’lumotlar berilib, mavzuni tushuntirayotganda o‘quvchilarga o‘zlaringizdagi matnga mos misollar keltiring, deb murojaat qilish ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi. Xuddi shuningdek, boshqa illatlarga ham nafrat uyg‘otishda yuqoridagidek didaktik materiallardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
4.O‘qituvchi dars mashg‘ulotlaridagi bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tishni shunday ustalik bilan tashkil etish kerakki, u o‘quvchilarda ortiqcha moslashuv (adaptatsiya)ni talab qilmasin. Dars mashg‘uloti (jarayoni) ning yaxlitlik tamoyillaridan biriga amal qilish ham ana shunda.
5.O‘qituvchi o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha hosil bo‘ladigan fikrlarini bayon qilishiga yoki uni biron joyga, ya’ni dars mashg‘ulotlaridan oldin tayyorlangan “Fikr va g‘oyalarni qayd qilish varag‘i”ga yozib qo‘yishiga to‘liq imkoniyat berishi kerak. Bulardan darsni umumlashtirishdan oldin g‘oyalarni (fikrlarni) guruhlashtirish va shu asosda tahlil o‘tkazishda didaktik ma’lumot sifatida foydalaniladi.
6.Interfaol usulda dars tashkil qilishda sinfdagi kichik guruhlarning xulosaviy fikr va mulohazalarining mavzuni yoritishdagi salmog‘iga e’tibor beriladi va ba’zi hollarda ayrim bir o‘quvchining fikri hamda mulohazasi ham, agar u mavzuning tub mohiyatini yoritishda muhim rol o‘ynasa, e’tiborga olinadi. Bu bilan o‘quvchilar o‘rganilayotgan manbadan asosiy va ikkinchi darajali ahamiyatga ega ko‘rsatkichlarga ahamiyat berishga va ularni tavsiflashga o‘rganadi.
7.O‘qituvchi sinfdagi kichik guruhlar faoliyatiga (kichik guruhlarga ajratilmagan holda sinfdagi bolalardan ayrimlarining fikr-mulohazalarini qayd qilib o‘tadi) tahliliy xulosa chiqaradi va bu o‘z navbatida baholash jarayoni bilan ham uyg‘unlashtiriladi.
8.Darsni yakunlashda baholar e’lon qilinadi, rag‘batlantiruvchi vositalar (bayroqlar, oltin toj, ota-onasiga yoki o‘ziga rahmatnoma (tashakkurnoma) va h.k) kichik guruhga yoki ayrim bir faol o‘quvchiga topshiriladi.
9.Keyingi mashg‘ulot e’lon qilinadi va unga tegishli tarqatma materiallarni tarqatish sinfdagi navbatchi o‘quvchiga topshiriladi.
10. O‘tkazilgan dars mashg‘ulotlari bo‘yicha o‘quvchilarning fikr-mulohazalari so‘raladi va ular albatta e’tiborga olinishi kerak. Agar ularning fikr-mulohazalari e’tiborga olinadigan bo‘lsa, albatta falonchi (fikr bildirgan o‘quvchi) aytganidek, deb uning fikr-mulohazalarini qayd etib o‘tish kerak (bu o‘quvchiga beriladigan rag‘batning bir turi). Bu esa o‘quvchilardagi o‘zimustaqilga bo‘lgan ishonchni oshiradi, ya’ni unda “men” konsepsiyasini shakllantirishga yordam beradi va natijada u o‘zligini anglash jarayoniga engil kirib boradi.
Bunday innovatsion tusdagi interfaol usulda tashkil etiladigan mashg‘ulotlarni o‘tkazish o‘qituvchiga ham yuksak mas’uliyat yuklaydi, chunki innovatsion usuldagi mashg‘ulotlarni olib borish o‘qituvchidan an’anaviy usuldagi mashg‘ulotni olib borishga nisbatan ko‘proq ishlashni va ijodiy yondashuvni talab etadi. Natijada quyidagidek bilim, ko‘nikma va malakani yanada mustahkamlashga erishadi:
Birinchidan, o‘quvchilar interfaol darslardagi manbalarni o‘zlashtirish davomida mavzuning mazmun-mohiyatiga chuqurroq kirib boradi, ular ta’lim mazmunini o‘rganishda mavzuga oid materiallardan ma’naviy dunyoqarashga oid ma’lumotlarni an’anaviy ta’lim mazmuniga integratsiya qilishni ham o‘rganadi va bu o‘ziga xos ijodkorlikni talab etadi. Bu o‘quvchilarni xalqimizning boy milliy, madaniytarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida aqliy va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga ma’naviy didaktik asos bo‘la oladi va natijada o‘quvchilarning bilimi yana boyiydi, mustaqil dunyoqarashi, tafakkuri rivojlanib boradi;
Ikkinchidan, o‘quvchilarning tafakkur qamrovi kengayadi, rivojlanadi va bunda o‘quvchi o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;
Uchinchidan, o‘quvchilardagi bilim olishga ehtiyojni yuzaga chiqaradi, o‘qishga intilish moyilligini kuchaytiradi, ulardagi ma’naviy-ruhiy, ma’naviy-hissiy rivojlanishga motivatsiya jarayonini faollashtiradi, muntazam ravishda ta’lim olish ishtiyoqini yuzaga keltiradi va eng asosiysi ulardagi mafkuraviy immunitet kurtak ocha boshlaydi;
To‘rtinchidan, o‘quvchilarda milliy g‘urur, vatanparvarlik, o‘tmishimizga hurmat, buyuk siymolarni ulug‘lash, o‘zligini anglash hislari shakllantiriladi;
Beshinchidan, erkin tafakkur qilish natijasida o‘quvchilarning darsdagi muloqot jarayonida ularning faolligi oshadi va bunday darslarda o‘quvchi bunyodkorlikka ilhomlantiruvchi omil hamda vositalarni ilg‘ab oladi (ayniqsa badiiy asarlarni o‘rganishda va undagi qahramonlar faoliyatini tasvirlashda), shuningdek, ularda vayronkorlik ham nafrat uyg‘onadi, chunki bu yo‘sinda tarbiyalanayotgan bolaga salbiy holat va asarlardagi salbiy obrazlar hamda illatlar hech ham yoqmaydi;
Oltinchidan, Vatan tuyg‘usi, vatanparvarlik hislarini va milliy g‘ururni o‘quvchilar yoshiga mos ravishda singdirish orqali ularda xalqiga, Vataniga mehr va sadoqat hislari yuksaladi;
Ettinchidan, o‘quvchilarning yangi fikrlash, tashabbuskor va shiddatli bo‘lish qobiliyati yanada yuksaladi va bu orqali ularda fidoyilik qilishga hamda qahramonlik ko‘rsatishga moyillik (ishtiyoq) tarkib topadi; Sakkizinchidan, o‘quvchilar qalbida mustaqillikka nisbatan mustahkam e’tibor paydo bo‘ladi. Mustaqilligimizga erishishdagi ajdodlarimiz faoliyatiga hurmat oshadi, Vatan oldidagi qarzdorlik hissi, mustaqil dunyoqarash asoslari shakllanadi va bu orqali ularda milliy qadriyatlarimizga munosabat yanada yaxshilanadi va mustahkamlanadi; To‘qqizinchidan, o‘quvchilarda o‘tmishimiz ulug‘ ekan, hozirimizda yoshlar, ularning ta’lim-tarbiyasi uchun cheksiz imkoniyatlar maydoni yaratilgan ekan, endi men Vatanimga nima beram (o‘zimni qanday tutishim kerak, men vatanga qanday xizmat qilishim kerak, ota-onamga va oilamga munosib farzand bo‘lishim uchun qanday faoliyat yuritishim kerak va h.k) degan qarzdorlik hissi uyg‘onadi va shakllanadi;
O‘ninchidan, o‘quvchilar yuqori sinfdagi fanlarni o‘rganishga engil kirib boradi va bu ayniqsa, “Vatan tuyg‘usi” , “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar”, “Ma’naviyat asoslari”, “ Adabiyot” kabi fanlarni o‘rganishda yaqqol seziladi. YUqorida qayd etilgan interfaol darslarni tashkil etishga qo‘yilgan muhim vazifalarni bajarish, darslarni innovatsion usullarda tashkil etish uchun o‘qituvchining har tomonlama chuqur, zamonaviy bilimga, ma’naviy va intellektual salohiyatga, yuqori kasbiy malakaga ega bo‘lishini hayot va jamiyat taraqqiyoti talab etmoqda. YUksak kasbiy va metodik mahorat kabi xislarga ega bo‘lish uchun o‘qituvchi o‘z ustida muntazam ish olib borishi kerak bo‘ladi. Bu talablarni bajarishda o‘qituvchining mustaqil mutolaasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, mustaqil mutolaa o‘qituvchining mustaqil o‘qish va o‘rganish, bilim orttirish faoliyatidir.
Bu haqda quyidagi fikrni e’tiborga olish ahamiyatli bo‘ladi: “Mustaqil mutolaa - bu uzluksiz ta’lim tizimining hamma bo‘g‘inlarida muntazam amalga oshirilib boriladigan, har bir o‘qituvchining bilim va ko‘nikmalarini tezkorlik bilan chuqurlashtirish va yangilashga hamda umumiy bilimlari va madaniy saviyasini kengaytirib borishga yo‘naltirilgan faoliyatdir”. Mustaqil mutolaa barcha sohadagi mutaxassislar uchun zarur holat (jarayon). Bunga sabab har qanday insonning kasbi, lavozimi bo‘yicha siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, mustaqillik mafkurasi va boshqa sohadagi bilimlarni yangilash, chuqurlashtirish, kengaytirish maqsadida didaktikaning turli shakllari, usullari, vositalaridan foydalanish orqali innovatsiyalarni, ya’ni yangiliklarni o‘qib, o‘rganib, bilim orttirish uchun qilgan maqsadli ijodiy mehnati mustaqil mutolaa deyiladi. SHu sababli ham mustaqil mutolaa har qanday kasb egasi va uning intellektual va ma’naviy kamoloti uchun barcha zamonda dolzarblik kasb etaveradi.
Demak, mustaqil mutolaa hamma uchun (o‘qituvchiga ham, o‘quvchiga ham) bab-baravar zarur aqliy-ijodiy faoliyat ekan. Ushbu sohada olib borgan izlanishlarimiz natijalari mustaqil mutolaa har qanday o‘qituvchidan quyidagi yo‘nalishlarda faoliyatlarini muntazam ravishda takomillashtirib, rivojlantirib borishni talab qilishini ko‘rsatadi:
 kasbiy mahoratni oshirish va unda o‘z kasbiga oid eng so‘ngi ilm-fan yutuqlariga e’tibor berish hamda ularni o‘z amaliy faoliyatida og‘ishmay qo‘llay olish;
 metodik mahoratni oshirish va unga innovatsion ta’lim texnogiyalarini ildam kiritib borish hamda ulardan ta’limtarbiya jarayonida samarali foydalanishga erishish;
 pedagogik va psixologik bilimlarni muntazam boyitib borish;
 milliy mafkura, ma’naviyat, ma’rifat masalalarini o‘qib-o‘zlashtirish va amaliy faoliyatda ma’naviy qadriyatlardan unumli hamda maqsadli foydalanishni ko‘zlab faoliyat yuritish;
 yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda mustaqilligimiz istiqbollarini ta’minlovchi barkamol avlodni shakllantirish muammosi hal qilishga hissa qo‘shayotganligini doimo his etish. Mustaqil mutolaa jarayonida quyidagilar o‘qituvchining foydalanishi uchun asosiy manbalar bo‘lib xizmat qiladi:
 Mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoevning “YAngi fikr, innovatsion g‘oya va raqamli texnologiyalar” borasidagi fikrlari, “YOshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”, “YOshlar-kelajagimiz” Davlat dasturini qabul qilish bo‘yicha qabul qilingan Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi Farmoni va shu kabilar;
 Ulug‘ ajdodlarimiz (Muhammad Ibn Muso al- Xorazmiy, Abu Rayhon al-Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Imom al-Buxoriy, Motrudiy, Mahmud az-Zamaxshariy, At-Termiziy va shu kabilar) ning bizga qoldirgan boy ilmiy, ma’naviy va diniy meroslari;
 Vatanimiz qahramonlari (Muqanna, Spitamen, To‘maris, SHiroq, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Temur Malik va shu kabilar) ning jasorati va faoliyati;
 Ilohiy (Qur’oni Karim) va muqaddas kitoblarimiz (“Avesto” va “Hadisi SHarif”) dan olingan yoshlar ma’naviy tarbiyasiga oid ma’lumotlar;  Milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga oid ma’lumotlar;
 Milliy urf-odatlarimiz, marosimlarimiz, an’analarimiz va shu kabilarning mazmun-mohiyatiga oid ma’lumotlar. Bu asosiy manbalar har qanday o‘qituvchiga Prezident fikrlari, g‘oyalari va asarlarini muntazam o‘rganib borishga, ushbu sohadagi ilmiy-pedagogik, metodik adabiyotlarni muttasil o‘zlashtirib borishga va boshqa shu kabi yo‘nalishdagi axborot vositalari bilan tanishib borishni odatiy holga aylantirishga muhim ma’naviy didaktik asos bo‘lib, u mustaqil mutolaaning ham asosini tashkil etadi va natijada o‘qituvchidagi tinimsiz o‘qish, izlanish, yaratuvchanlik, fidoiylik, bunyodkorlik yangicha qarash va yangicha ishlash ko‘nikmalari yanada takomillashadi.
Demak, o‘qituvchilarimizning bugungi kundagi asosiy vazifalaridan biri ta’lim jarayonida o‘z o‘quvchilariga ma’naviy tarbiya berishni yuksak darajada olib borishdan iborat ekan. CHunki, Vatan ravnaqi biz tarbiyalayotgan yosh avlodga bog‘liq bo‘lib, ular kelajagimizning harakatlantiruvchi kuchidir. SHuning uchun ham har bir o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini yurt tinchligi, xalq farovonligini va ma’rifatini o‘ylab faoliyat yuritish ko‘nikma va malakalariga ega qilib tarbiyalash lozim bo‘ladi. Bu zamonaviy o‘qituvchidan o‘z o‘quvchilarini yoshligidanoq o‘z-o‘zini anglashga, otabobolarimizning ezgu niyat, ezgu so‘z va ezgu amallaridan faxrlanib o‘stirishi, kelajakda ulardek oliyhimmat bo‘lib etishishlariga ma’naviy-axloqiy munosabatlari ahamiyatiga katta e’tibor qaratishi kerak. O‘quvchilarning ma’naviy jihatidan tarbiyalanganligi bo‘yicha shakllangan bilim, ko‘nikma va malakalari ularni Vatanga sadoqat va yuksak e’tiqod ruhida tarbiyalash, ular qalbiga insonparvarlik va odamiylik kabi fazilatlarni payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda mustahkam didaktik asos bo‘ladi. Bunday faoliyatni ta’lim jarayonida muntazam ravishda olib borish maqsadga muvofiq. Bunga asosiy sabab xalqimizga yot bo‘lgan unsurlarning yurtimizga kirib kelishiga aslo toqat qilib bo‘lmaydi, chunki ularning kirib kelishi yoshlarimiz orasida “Ma’naviy qashshoq”, “Zombi”, “Robot” kabilarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bolalarimizning turli diniy oqimlar va jangari to‘dalar ta’siriga berilib ketmasliklari uchun ularning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri va oqilona tashkil etish kerak. SHuning uchun o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilariga O‘zbekistonga nisbatan xavf-xatarlar va tahdidlarni to‘g‘ri tahlil qilib berishi hamda ularga jinoyat va jinoyatchilik haqida ma’lumot berishi kerak. Ularning sabab-oqibatlarini tahlil qilib, o‘quvchilar ongiga ular illat ekanligi singdirib borilishi kerak.
Jinoyatlarning ijobiy o‘zgarishlarga to‘sqinlik qilishini, ya’ni ularning davlatga, xalqqa, ommaga, oilaga, ijtimoiy tuzumga, mulkka, shaxsga va shu kabilarga zararini o‘quvchilar ongiga singdirish lozim. Bunday illatlar va qo‘poruvchilikni kimlar qilishi mumkinligini ham o‘quvchilar ongiga singdirish, ularni bu yo‘ldan qaytarishda eng ta’sirchan vositalardan biri bo‘ladi. Ular ongiga bunday xatti-harakatlarni, eng avvalo, buzg‘unchilik kayfiyatida bo‘lgan, manqurt, loqayd, ma’naviy qashshoq, millati va o‘z taqdiri uchun befarq, dunyoqarashi tor, o‘z manfaatlari yo‘lida har qanday jirkanch ishlardan qaytmaydigan insonlar qilishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni singdirish va bunday salbiy holatlarga nisbatan ular ongida nafrat uyg‘otishda ular etkazishi mumkin bo‘lgan zararlar va tanazzullardan dalil sifatida foydalanish zarur bo‘ladi. Hozirgi globallashuv davridagi yoshlar siyosati, mamlakatimizdagi vaziyat millatni loqaydlik uyqusidan uyg‘otish uchun mafkura poligonlariga yadro poligonlaridan ham kuchli e’tibor qaratishimizni talab qilmoqda. Bunda xalqimizni parokanda qiluvchi, bir-birimizni bir-birimizdan ajratuvchi, o‘tmishdan qolgan illatlar (mahalliychilik, tanishbilishchilik, poraxo‘rlik, urug‘-aymoqchilik, loqaydlik, hasad, qo‘pollik, befarqlik, o‘zining milliy va fuqarolik burchlarini anglamaslik, shuningdek, ko‘cha, mahalla, qishloq, bozor, o‘quv yurtlarida milliy birligimizga zarar keltirayotgan fikr) ga e’tiborsiz bo‘lmasligimiz kerak. Har kuni O‘zbekistonning har bir qarich erida ayni paytda ularga qarshi turishimiz kerak va bunga yoshlarimizni o‘rgatib borishimiz ushbu sohadagi nihoyatda dolzarb muammodir. Bu o‘z navbatida o‘quvchilar qalbidagi millatparvarlik va vatanparvarlik hamda Ona Vatanni sevish tuyg‘usi elementlari hamdir. Bu borada U.Oltinovning quyidagi fikri ahamiyatlidir:
“O‘zbekistonni sevish - uning erini, geografik kengligini sevish emas, O‘zbekistonni sevish – bu O‘zbekistonning davlat chegarasi ichidagi hamma narsani: havosi, suvi, tuprog‘i, daraxti, ko‘li, bog‘i va eng muhimi uzoq-yaqinda turgan, yurgan O‘zbekistonliklarni amalda sevishdir. Bu milliy mafkuraviy birligimizni mustahkamlashning axloqiy tayanchi bo‘ladi” [Oltinov U. MIG‘ targ‘ibotining ijtimoiy pedagogik masalalari]. Demak, hozirda o‘quvchilarimiz ma’naviyatini yuksaltirish masalasi o‘qituvchilarimiz oldiga turgan har qachongidan ham muhim vazifa ekan. Ushbu sohada olib borgan kuzatish va izlanishlarimiz natijalari o‘quvchilarni hushyorlikka da’vat etish hamda ularni o‘zligini anglashga o‘rgatish ishlarini quyidagi yo‘nalishlarda olib borish ma’qul ekanligini ko‘rsatdi:
 umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilarda o‘zligini va o‘z uyini himoya qilishga oid bilim va ko‘nikmalarni muntazam ravishda yuksaltirib borishga e’tibor berish;
 o‘quvchilar ongi va qalbiga yovuz maqsadlar yo‘lida kuch ishlatib, odamlarni jismoniy yo‘q qilish g‘oyasiga asoslangan zo‘ravonlikning sabab va oqibatlarini singdirishga e’tiborni kuchaytirish;
 o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini (darsdan keyin, dam olish kunlari, bayramlar, kanikullar va hokazolar) to‘g‘ri va ongli tashkil qilishga doimo erishish va bunda har qanday nojo‘ya xatti-harakat hamda buzg‘unchilik bekorchilik, ishsizlik va mas’uliyatsizlik oqibatida kelib chiqishini ular ongiga singdirish;  o‘quvchilarga foydali mehnat qilishning afzalliklari to‘g‘risidagi (mustaqillik qahramonlari, turli hunar va kasblarning mashhur egalari, fidoiy insonlar to‘g‘risidagi) ma’lumotlarni etkazish va ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanuvchi kishilarda bunday nojo‘ya xatti-harakatlar va buzg‘unchiliklar bilan shug‘ullanishga vaqt bo‘lmasligi, ular faqat Vatanga, xalqiga, oilasiga tegishligini uqtirish;
 umumta’lim maktablarining sinf rahbarlari haftalik ma’naviyat darslarida no’ananaviy tarzdagi “Ma’naviyat saboqlari” dars mashg‘ulotlarini tashkil etishi hamda unda o‘quvchilarning ko‘proq qatnashishini e’tiborga olishi;
 sinf va darsda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar (tadbirlar, to‘garaklar, davra suhbatlari, bahs-munozaralar, quvnoqlar va zukkolar o‘yini, zinama-zina o‘yini va boshqalar) mazmunini sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni bilan integratsiyalab, ularning umumiy mazmunini yoshlarni ogohlik, hushyorlik, sergaklik, mehnatsevarlik, fidoyilik, jasoratlilik qahramonlik kabilarga chorlashga mo‘ljallash;
 maktabda va mahallada o‘quvchilarga insonlarning vahimaga tushishiga sabab bo‘luvchi qo‘pollik va qo‘poruvchilik harakatlari va qo‘rquvlardan ogoh bo‘lishini hamda ular orasida uchrashi mumkin bo‘lgan turli portlovchi moddalar bilan o‘ynashning zararli oqibatlarini tushuntirish;
 oilada, mahallada, ta’lim-tarbiya maskanlarida yoshlarni ogohlikka da’vat qilishda, ularni tashqi salbiy ta’sirlardan saqlashda YUrtboshimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev asarlari va ma’ruzalaridan hamda muqaddas va ilohiy kitoblar materiallaridan foydalanish va shu kabilar. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning dars jarayonida egallagan nazariy bilimlarini amaliyotda og‘ishmay qo‘llay olishiga, mustaqil fikr bilan xulosa qila olishiga, jamiyatda va o‘z o‘rtoqlari hamda maktabdoshlari orasida o‘zining salmoqli (faol) o‘rniga ega bo‘lishini ta’minlashga yordam berishdan iborat.
Ma’lumki, zamonaviy dars o‘sha davr taraqqiyoti darajasiga mos kelishi - bu zamonaviy dars amal qilishi lozim bo‘lgan tamoyil bo‘lib, u har bir davrda o‘ziga xos xarakterga ega bo‘ladi. Hozirda olib borilayotgan dars mashg‘ulotlariga qo‘yilayotgan talab ham ayni shu tamoyil asosida amaliyotga joriy qilinishi lozim, ya’ni zamonaviy darsga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri mavzuning ilmiy asoslangan bo‘lishidir. Bunda har qanday dars mashg‘ulotida o‘quvchilar imkoniyatlarini (yoshi, jismoniy rivojlanishi, intellektual salohiyati, qiziqishi, ehtiyoji) ni hisobga olgan holda mavzu hajmini belgilash, uning murakkabligi va o‘quvchilar aqliy kamoloti darajasiga mosligini aniqlash, darsda kerak bo‘ladigan o‘quv qurollari va vositalarini hamda didaktik materiallarini tayyorlash kerak bo‘ladi, shuningdek, ushbu jarayonda qo‘shimcha multimedia vositalarini va ulardan foydalanishga oid ko‘rsatmalarni tayyorlashga ham e’tibor berish lozim bo‘ladi.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling