Seminar topshiriq


Download 35 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi35 Kb.
#1227596
Bog'liq
7-topshiriq


7-Mavzu: Pedagogik mahoratning asosiy komponentlarini o’rganish. O`qituvchi faoliyati pedagogik qobiliyatlarni o’rnini tahlil qilish mavzusi yuzasidan
SEMINAR TOPSHIRIQ
1-topshiriq. Mavzuni tahlil qilish asosida qo’yidagi testlarni yeching.
1. «Pedagogik mahorat» fanining predmeti izohlangan javobni belgilang.
A) ta`lim, tarbiya, ma`lumot tushunchalarini o`rganadi
B) kayfiyatni boshqarishda kasb mahoratini o`rganadi.
C) pedagogik mahoratning mohiyat – mazmuni, tarkibiy qismlari, uni shakllantirish va takomillashtirish yo`llarini o`rganadi.
D) pedagogik – psixologik fanlar tizimini o`rganadi.
2. «Pedagogik mahorat» fanining tarkibiy qismlari aniq izohlangan javobni belgilang.
A) pedagogik madaniyat, pedagogik odob, pedagogik tafakkur.
B) o`quvchilar xulq – atvori, madaniyati, qobiliyati.
C) o`qituvchining kasbiy va shaxsiy xususiyatlari.
D) pedagogik texnika, pedagogik qobiliyat, pedagogik muloqot, pedagogik nazokat, pedagogik ijod, pedagogik hamkorlik.
3. «Pedagogik mahorat» fani tizimida o`qituvchi kasbiy sifatlarini belgilovchi javobini aniqlang?
A) ruhiy – pedagogik tayyorgarlik va bilim.
B) g’oyaviy – siyosiy bilimdonlik, ijtimoiy – siyosiy faollik, ma`naviy – axloqiy ehtiyoj, ruhiy pedagogik tayyorgarlik, mustaqil bilim olishga qiziqish.
C) estetik hisssiyot, pedagogik ziyraklik, ruhiy pedagogik zukkolik.
D) pedagogik qobiliyat, pedagogik ijod, pedagogik takt.
4. Pedagogik mahoratning ta`rifi to`liq keltirgan javobni aniqlang.
A) o`qituvchi – tarbiyachi zukkoligini ko`rsatuvchi xususiyat.
B) o`qituvchining bilimdonlik darajasini ko`rsatuvchi xususiyat.
C) o`qituvchining ruhiy – pedagogik holatini ko`rsatuvchi xususiyat.
D) o`qituvchi – tarbiyachinig shaxsiy va kasbiy fazilatlarini belgilovchi shunday xususiyatki, u o`z fanini chuqur va atroflicha bilishida, pedagogik, psixologik, metodik tayyorgarligida, o`quvchi – yoshlarni o`qitish, tarbiyalash va ma`lumotli qilishning optimal yo`llarini izlab topishida namoyon bo`ladi.
5. «Pedagogik mahorat» fanining maqsadi nimadan iborat ?
A) bo`lajak o`qituvchi – tarbiyachilarga kasbiy ijod, pedagogik odob, pedagogik qobiliyat va pedagogik nazokat ko`nikmalarini shakllantirish.
B) pedagogik mahorat sirlari bilan tanishtirish.
C) pedagogik monitoring haqida ma`lumot berish.
D) pedagogik muomala to`g’risida tushuncha berish.
6.«Pedagogik mahorat» nimani o`rganadi ?
A) Pedagogik taraqqiyotda sotsiologiyani.
B) Pedagogik mahoratda psixologiyani.
C) Ta`lim, tarbiya, ma`lumotni.
D) Pedagogik mahoratning mohiyat – mazmunini, uning tarkibiy qismlarini, pedagogik mahoratni shakllantirish va takomillashtirishni.
7. «Pedagogik mahorat»ning kategoriyalari qaysi javobda to`g’ri ko`rsatilgan?
A) pedagogik texnika, pedagogik qobiliyat, pedagogik muomala, pedagogik nazokat, pedagogik hamkorlik, pedagogik ijod.
B) nutq texnikasi, ijodiy tafakkur, ovoz tembri.
C) tarbiya, o`qitish, ta`lim, ma`lumot.
D) irsiyat, ijtimoiy muhit, ta`lim – tarbiya.
E) oila tarbiyasi, maktab tarbiyasi, jamoat tarbiyasi.
8. Pedagogik mahorat qanday tarkibiy qismlarga ega ?
A) pedagogik texnika, pedagogik muloqot, pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat.
B) pedagogik texnika.
C) pedagogik ijod.
D) pedagogik qobiliyat.

Savol

1

2

3

4

5

6

7

8

Javob


























2-topshiriq. Amaliy topshiriqlar
2.1-topshiriq. “Hamma kutgan o’qituvchi” mazusida suhbat uyushtirish, zamonaviy maktab taraqqiyotining asosiy xususiyatlarini tahlil qilish, o’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talabalarni va shart-sharoitlarni aniqlash.
2.2-topshiriq. Televidenie orqali ilg’or pedagoglar chiqishlari yozilgan videolavhalar bilan tanishish. Ko’rilgan lavhadagi faktlarga asoslanib, zamonaviy o’qituvchiga qo’yiladigan talabalarni aniqlash.
2.3-topshiriq. Uy insholari asosida “Mukammal o’qituvchining muhim sifatlari”ni shaxsiy izohlash. Bu jarayonda talabalar tajribasi asosida o’qituvchilarga qo’yiladagan umumiy talabalar hayotiy aks ettiriladi. Bu ijtimoiy idealning shaxsiy ahamiyatini tasavvur etishga imkon beradi.
2-topshiriq. O’qituvchining shaxsiy va kasbiy sifatlarini “Venn diagrammasi” asosida yoriting.
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling