Seminar№1.1 uchun topshiriq.
Savollarga javob bering!!!
Siz «Falsafa» tushunchasining mohiyatini qanday tushunasiz?
Falsafaning bahs mavzusi nima?
Mifologik, Diniy, Falsafiy dunyoqarashning mazmuni va ahamiyati haqida yozing?
Testni bajaring!!!
1. “Falsafa” so‘zining ma’nosi nima?
A. bilimdonlik B. donishmandlikni sevmoq S. Izohlayman D. donolik
2. Falsafada “Muallimi avval”, ya’ni birinchi ustoz nomiga musharraf bo’lgan yunon faylasufini toping?
A. Aflotun B. Suqrot S. Arastu D. Demokrit
3. Dunyoqarashning tuzilishiga ko‘ra turlari?
A. 3 ta B. 5 ta S. 2 ta D. 7 ta
4. Filosofiya tushunchasini birinchi bo’lib fanga olib kirgan antik Yunon faylasufi kim?
A. Pifagor B. Sitseron S. Suqrot D. Arastu
5. Olam va odamning yaralishi, mavjudlik va rivojlanish qonunlarini asori atiqalar(afsonalar) asosida tushuntirishni maqsad qilib olgan dunyoqarash sohasi
A. diniy dunyoqarash S. teologiya
B. falsafiy dunyoqarash D. Mifologiya
6. “Muallimi as- Soniy” ya’ni ikkinchi ustoz deb nom olgan mashhur allomani toping?
A. al- Xorazmiy S. az- Zamaxshariy
B. al – Farg’oniy D. al- Farobiy
7. Qaysi qatorda falsafaning asosiy funksiyalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. ontologiya, fiziologiya, psixologiya
B. praksiologiya, metodologiya, ekologiya
S. dunyoqarash, integrativ, gnoseologiya, metodologiya
D.aksiologiya, politologiya, gnoseologiya, sotsiologiya
8. Falsafaning eng asosiy vazifasi nima?
A. tabiat va jamiyatni o‘rganish
B. axloqiy tarbiyani shakllantirish
S. materializm bilan idealizm o‘rtasidagi munosabatni o‘rganish
D. kishilar ongida sog‘lom aql tafakkuriga mos dunyoqarashni shakllantirish
9. Falsafiy dunyoqarashning asosiy mohiyati nima?
A. dunyoni afsona, naqllar va rivoyat asosida tushuntirish
B. dunyodagi hamma narsa va hodisalar bir-birining ishtirokchisi sifatida tasvirlanib tushuntiriladi
S. olamdagi voqea va hodisalar sabablarini ilohiy kuchlar, oldindan belgilangan maqsadlar bilan bog‘lab tushuntirish
D. dunyoni, borliqni aqliy jihatdan umumlashtirib, tafakkur qonunlari asosida tushuntirish
10. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning nechta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tuzildi.
A. uchta S. ikkita
B. beshta D. to‘rtta
Test javobi uchun:
Do'stlaringiz bilan baham: |