Seminarlar
Download 169.47 Kb.
|
567097 dima yengil atletika semenar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yengil atletika bo’yicha musobaqalarning turlari va ularning tavsifi.
Seminarlar:4-Mavzu. Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish, musobaqalardagi hujjatlar va hakamlik ishi. Seminar rejasi:Yengil atletika bo‟yicha musobaqalarning turlari va ularning tavsifi. Hakamlar xayati tarkibi va ularning vazifalari. Musobaqa nizomi va uning bandlari. Musobaqa xujjatlari. Yengil atletika bo’yicha musobaqalarning turlari va ularning tavsifi.Yengil atletika bo‟yicha musobaqalar ochiq hovoda (stadion, katta yo‟l trassalarida, shahar xiyobonlarida) va yopiq inshoatlarida (sport manejlarida, zallarida) o‟tkaziladi. Stadionda o‟tkaziladigan musobaqa dasturidan yengil atletikaning barcha turlari o‟rin olishi mumkin; katta yo‟l trassalarida esa 10 km va undan ortiq masofalarga sportcha yurish va yugurish turlari bo‟yicha musobaqalar o‟tkaziladi; shahar xiyoobonlarida va axoli yashash joylari bilan kesishkan yularda kross yugurishlari o‟tkaziladi.Yopiq inshaktlarda esa sharoitiga qarab yengil atletikaning ayrim turlari o‟tkaziladi. Yengil atletika bo‟yicha musobaqalar quyidagi guruhlarga bo‟linadi. 1.Shaxsiy birinchiliklar. 2.Jamoaviy. 3.Shaxsiy va jamoaviy. Shaxsiy birinchilik musobaqalarida g‟oliblar olgan o‟rinlari bo‟yicha aniqlanadi Jamoaviy musobaqalarda esa jamoalar o‟rtasida o‟rni aniqlanadi. Shaxsiy va jamoaviy musobaqalarda esa ham shaxsiy o‟rinlar xam jamoaviy o‟rinlar aniqlanadi. Musobaqalar quydagi turlarga bo‟linadi kubok musobaqalari, birinchiliklar va chepionatlarga. Kubok musobaqalarida g‟oliblarga ko‟chma kubok topshiriladi bu musobaqalar xar yili yoki ikki yilda bir marotaba o‟tkaziladi. Birinchiliklar esa xar yili 1-2-3 chi va xakozo o‟rinlarni aniqlash uchun o‟tkaziladi. Chempionatlarda esa faqatgina g‟oliblar aniqlanmay chempion unvoni berish uchun xar yili yoki ikki yilda bir marotaba musobaqalar o‟tkaziladi. Chempion unvonini har bir sport turida olish uchun taqvim rejaga kiritilgan musobaqlarda ishtirok etish kerak.Yengil atletika musobaqa maqomlarini 4 darajaga ajratish mumkin: Oliy, birinchi, ikkinchi va uchinchi. Oliy darajadagi musobaqalarga: jahon va qitalararo musobaqalar, Olimpiada o‟yinlari, Jahon chempianati va kubogi, Osiyo kubogi va chempionatlari, Osiyo o‟yinlari hamda qit‟a birinchiliklari. Birinchi darajali musobaqalarga: davlat miqyosidaga musobaqalar kiradi. Bular O‟zbekiston Respublikasi yengil atletika federatsiyasi tomonidan o‟tkaziladi. Unda Respublika kubogi va chempionatlari. Universiada, Barkamol avlod, umid nihollari sport musobaqalarining final bosqichlari kiradi. Ikkinchi darajali musobaqalarga: shaharlar va Qoraqalpog‟iston Respublikasi miqyosidagi musobaqalar. Uchinchi darajali musobaqalarga: bular viloyat, tuman chempionatlari. Download 169.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling