Universiada Birinchi «Universiada 2000»


Download 1.01 Mb.
bet1/4
Sana23.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1049185
  1   2   3   4
Bog'liq
unversiada


Universiada
Birinchi «Universiada - 2000» musobaqalarida Namangan viloyati 1-o‘rin, Toshkent - I jamoasi 2-o‘rin va Samarkand viloyati 3-o‘rin nasib etgan bo‘lsa, kuchli oltilikdan Toshkent - II jamoasi, Andijon, Farg‘ona viloyatlari joy olishgan.
«Universiada -2000» dasturidagi sportning 9 turidan g‘oliblar quyidagicha: basketbol bo‘yicha (erkaklar o‘rtasida) - Buxoro viloyati, (ayollar o‘rtasida) Samaqand viloyati, voleybol bo‘yicha (erkaklar o‘rtasida) Toshkent-I jamoasi, (ayollar o‘rtasida) Toshkent-I jamoasi, futbol bo‘yicha - Namangan viloyati, tennis bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi, stol tennisi bo‘yicha - Farg‘ona viloyati, shaxmat bo‘yicha - Samarkand viloyati, milliy kurash bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi, belbog‘li kurash bo‘yicha - Namangan viloyati, yengil atletika bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi erishishdi. Namangan shahrida zamonaviy sport inshootlari barpo etilgan bo‘lib, bugungi kunda sport bilan shug‘ullanuvchi aholiga xizmat qilib kelmokda. «Universiada» g‘oliblari medallar, diplomlar va qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandi, jamoalarga va g‘oliblarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi 15 ta «TIKO» rusumli yengil avtomashina berildi. Kichik «Olimpiada»ga aylangan bu musobaqa xalqaro ekspertlar e’tirof etgandek, hech bir mamalakatda qayd etilmaganligi bilan tarix saxifalaridan joy oldi.
Buxoro shahrida o‘tkazilgan «Universiada-2002» musobaqasining final bosqichida Toshkent shahridan 3 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan 13 ta jami 16 ta jamoa sportning 12 turidan 2265 talaba, shundan 1456 yigitlar 809 qizlar ishtirok etgan.
Jamoalar o‘rtasida 1-o‘rinni Toshkent-I egallagan bo‘lsa, 2-o‘rni mezbonlar ­Buxoroga nasib etdi, 3-urinni Namangan viloyati qo‘lga kiritdi. «Universiada -2002» musobaqasida kuchli oltilikdan Farg‘ona, Toshkent -II, Samarkand jamoalari o‘rin olishdi.
«Universiada -2002» dasturidagi sport turlari buyicha o‘rinlar ya’ni: 1-o‘rinni basketbol bo‘yicha (erkaklar va ayollar o‘rtasida) Toshkent-I jamoasi, futbol bo‘yicha - Buxoro viloyati, voleybol (erkaklar va ayollar o‘rtasida) Toshkent-I jamoasi, tennis bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi, stol tennisi bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi, shaxmat bo‘yicha - Samarqand viloyati, milliy kurash bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi, belbog‘li kurash bo‘yicha - Andijon viloyati, yengil atletika bo‘yicha -Toshkent-I jamoasi, suzish bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi, qo‘l to‘pi bo‘yicha - (erkaklar va ayollar) o‘rtasida Toshkent-I, dzyudo bo‘yicha - Toshkent-I jamoasi egallashdi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling