"Semrug-Nur" Mas`uliyati cheklangan jamiyatida xizmat ko’rsatish faoliyati


-§. Sabzavot kesuvchi mashinalarda ishlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari


Download 134.18 Kb.
bet7/10
Sana15.02.2023
Hajmi134.18 Kb.
#1201083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5460699013013573328

3-§. Sabzavot kesuvchi mashinalarda ishlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
276. Mahsulotni bunker ichiga itarishda (kirgizishda) yog‘och itargichlar va lopatkalardan foydalanilishi lozim.
277. Mahsulot tiqilib qolgan taqdirda, harakatlanuvchi qism to‘xtatilib, yuklovchi qurilma echiladi va tiqilgan mahsulot olib tashlanishi lozim.
278. Harakatlanuvchi qism to‘liq to‘xtamagunga qadar mashinani ochish, diskini echish va pichoqlarini almashtirish taqiqlanadi.
279. Kolodkani o‘rnatishdan oldin pichoq va taroqlar mustahkam o‘rnatilganligi tekshirilishi lozim.
4-§. Maydalovchi mashinalarda ishlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
280. Maydalovchi mashinani ishga tushirishdan oldin pichoqlarning mahkamlanganligi tekshirilishi va chiqib turgan vintlar esa burab qo‘yilishi lozim.
281. Mahsulotni yuklash o‘rnatilgan ortish bunkerida amalga oshirilishi zarur.
282. To‘siq bilan ajratilmagan mashina oldida ishlash va elektrodvigatel to‘xtamagunga qadar to‘siqni ochish taqiqlanadi.
283. Mahsulotni mashina ishlayotgan vaqtda qo‘l bilan itarish taqiqlanadi.
284. Diskni ko‘tarishdan oldin mashinaning ustki qismini mahkamlovchi boltalarning mustahkamligi tekshirilishi zarur.
285. Disk ko‘tarilganda qo‘lni uning tagiga kiritish taqiqlanadi.
5-§. Lentasimon va aylanma (diskli) arralarda ishlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
286. Arra uzilib ketmasligi uchun uni ortiqcha tortmaslik, shuningdek arra tishlari zich joylashgan bo‘lishi kerak.
287. Arra harakati tepadan pastga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
288. Yuqori yo‘naltiruvchi arra kesiladigan mahsulot qalinligiga qarab minimal balandlikka o‘rnatilishi lozim.
289. Mashina korpusining eshigi ish vaqtida doimo yopiq holatda bo‘lishi kerak.
290. Qo‘lni arra diskidan 0,10 m uzoqlikda saqlash lozim. Bunda ko‘ylak yenglari qadalgan bo‘lishi kerak.
291. Mahsulotlar arraga ortiqcha harakatlarsiz bir tekisda berilishi lozim.
6-§. Go‘sht maydalovchi mashinalarda ishlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
292. Go‘sht maydalagich korpusi reduktorning patrubkasiga mahkam o‘rnatilgan bo‘lishi zarur.
293. Barmoqlar go‘sht maydalagich og‘zidagi harakat qismlariga kirib ketmasligi uchun ortish teshiklarining diametri 45 mm bo‘lganda saqlovchi halqa o‘rnatishi lozim.
294. Yuklash teshiklariga go‘shtni itarish uchun yog‘och itargichlardan foydalanish zarur.
295. Kesuvchi asbobning shnekini ish kamerasidan olish uchun maxsus ilgichlardan foydalanish kerak.

Download 134.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling