Sen millat g’ururisan, ona tilim
Men o’z fikrimni A. Oripovning 4 misra she’ri bilan yakunlamoqchiman
Download 21.21 Kb.
|
ona tili haqida ma\'lumot
Men o’z fikrimni A. Oripovning 4 misra she’ri bilan yakunlamoqchiman.
Ona tilim, sen borsan shaksiz Bulbul kuyin she’rga solaman Sen yo’q bo’lgan kuning, shubhasiz Men ham to’ti bo’lib qolaman “ONA TILIM JONU DILIM” Dunyoda har bir xalqning oʼz tili uning bebaho boyligi, iftixori, gʼururi hisoblanadi. Til xalqni – xalq, millatni – millat qiladi. 1989-yil 21-oktyabrda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib, oʼzbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Ona tilimiz milliy oʼzligimizdir. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʼyilgan. Til – millatning ma'naviy boyligidir. Til nafaqat muammola vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga xurmat esa o‘z navbatida o‘zaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qo‘llab-quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va xurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli ham xar bir xalq o‘z tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi. XXI asr o‘rtalariga borib, Xitoy tili asosiy til bo‘lib olishi mumkin. Olimlarning fikricha, til yashab qolishi uchun undan kamida bir millon kishi so‘zlashishi kerak ekan. Biroq bunday tillar dunyoda atigi 250 tadir. O‘zbek tili ham mana shu 250taning ichida ekani quvonarli, albatta. Oʼzbek tili – mening ona tilimdir, Har bir kuy-gʼazali gʼuncha – gulimdir, Oʼz ona tilimni chin dildan sevmoq, Bilaman, men tutgan toʼgʼri yoʼlimdir. Ona tilim — jonu dilim1989-yil. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinish arafasida bahs-munozara avjiga chiqqan. Eng asosiy mavzu ushbu qonun talablariga rioya qilish muddati haqida. Qonun loyihasida bu muddat oʻn yil deb belgilangan boʻlsa, deputatlar muhokamasidan keyin sakkiz yilga oʻzgartirilgan edi oʻshanda. Keyinchalik, 1995-yil 21-dekabrdagi oʻzgartirishlarda bu muddat koʻrsatilmagandi. Qarangki, bugun oʻsha kunga sakkiz yil ham emas, oʻn yil ham emas, oʻttiz yil toʻlibdi. Shu davr ichida ona tilimizga boʻlgan munosabat qanchalik yaxshi tomonga oʻzgarganligini oʻylasak, yurtimizdagi mustaqillik tuygʻusi xalqimiz ruhiyatini koʻtarganligi koʻz oʻngimizda namoyon boʻladi. Mustabid zamonda aytadigan gapimizni rus tilida ifodalay olmay qanchalik qiynalganimiz hamon yodimizda. Istiqlol arafasida tilimizga davlat maqomi berilganida chin maʼnoda erkinlik gashtini yurakdan his qildik. Qonunning 2-moddasida “Oʻzbek tili oʻzbek xalqining maʼnaviy mulkidir” deya mustahkamlab qoʻyilishi keng jamoatchilikning gʻururiga gʻurur qoʻshdi. Oʻzbek tilining nafosatini Alisher Navoiy bobomizdan tortib asrlar mobaynida mumtoz yozuvchi va shoirlarimiz oʻz ijodlari orqali namoyon etib kelishgan. Ajdodlarimiz yaratgan boy merosni zoʻr ishtiyoq va hafsala bilan oʻrganishimiz kerak. Buning uchun Vatanimizda davlat maqomi berilgan oʻzbek tilini eʼzozlashimiz, qalblarimizga singdirishimiz ¬kerak. Bu chin vatanparvarlikning yana bir namunasi hisoblanadi. She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim. Tilim turib o’z tilimda gapirmadim, Bir eslasam eziladi bag’ri-dilim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Download 21.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling