Sensor nuqsonli bolalar


Download 373.5 Kb.
bet3/4
Sana27.01.2023
Hajmi373.5 Kb.
#1130251
1   2   3   4
Bog'liq
ko\'rishida nuqsoni bor bo\'lgan bollar

Birinchidan, ko‘rish nuqsoni mavjud bolaning qar xil yosh bosqichlarida yuz beradigan o‘zgarishlami va ruhiy rivojla­nish qonuniyatlarini sog‘lom bolalar bilan taqqoslab tekshirish. Defektologiya fani asoschilaridan L. S. Vigotskiy sog‘lom va nuq­sonli bolalar ruhiy rivojlanishini taqqoslab tekshirishga katta e’tibor berdi. «Normal rivojlanish bilan nuqsonli rivojlanish to‘g‘ri taqqo­slab o‘rganilgandagina, bu ikkoviga no‘g‘ri ta’sir o‘tkazish, tog‘ri tasnif berish mumkin». «Nuqsonli rivojlanishga to‘g‘ri ta’sir va tas- nif berish mumkin, qachonki normal rivojlanish bilan uni taqqoslab o‘rganilganda», degan edi olim.
Ikkinchidan, ruhiy rivojlanishni faqat faoliyat jarayonida har tomonlama va chuqur o‘rganish mumkin. Ilmiy tadqiqot ishlarida o‘rganilayotgan ob’ektni (nuqsonli bolani) qaysi faoliyat jarayonida tekshirishni aniqlab olishning nazariy va amaliy ahamiyati niqoy- atda katta.
Uchinchidan, o‘tkazish rejalashtirilayotgan ilmiy-tadqiqot qat’iy tizim asosida: tadqiqotning bosqichlari, metodlari, shart- sharoitlari, qatnashchilarini aniqlash va belgilash bilan olib bori- ladi. Shuningdek, o‘tkazilayotgan ilmiy tadqiqotga nuqsonli bolan­ing ruhiy rivojlanishining hamma tomonini hisobga olgan qolda va bir necha metodikalar yordamida o‘tkazilgan tadqiqotlar nati- jasini yakunlash bilan xulosa chiqariladi. Masalan, ko‘z kasalligini davolash uchun shifoxonaga yotqazilgan bola ancha vaqt oila va boshqa odatdagi tarbiya muhitidan ajralib qolganligi uchun ruhiy deprivatsiya (ajralib qolish) holatigatushadi.
Tiflopsixologiya fani umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, yoshvapedagogikpsixologiyavaboshqafanlamingmetodlaridanfoy- dalanish bilan birga, maxsus psixologiyadava tiflopsixologiya fani da yaratilgan maxsus tadqiqot uslubi va usullaridan ham foydalaniladi.
Ilm, fan-texnikaning yutuqlari ko‘r va zaif ko‘ruvchilaming sezgi, idrok, tasawur va boshqa ruhiy jarayonlarini tekshirish so­hasida yangi, maxsus metodikalar, texnik vositalar yaratishga imkon bermoqda. Shunday aniq o‘lchash texnik vositalariga elektron taxit- soskop, anomaloskop, proektsiyali perimetr, elektroentsefalograf va boshqalar kiradi. Shular tufayli bizning bu toifa bolalar ruhiyati haq- idagi bilimlarimiz to‘la va aniq bo‘lishi mumkin. Ilmiy tadqiqotning asosiy shartlaridan biri: ko‘r va zaif ko‘ruvchi bola o‘sib, tarbiyalan- gan ijtimoiy muqit bilan har tomonlama tanishish tadqiqotchiga ko‘p narsaberadi. Nuqsonli bolaning qanday sharoitdatarbiyalanayotgani, ota-ona va boshqalaming bolaga munosabati, oiladagi intellektual, madaniy va ma’naviy muqit bola ruhiy rivojlanishida hal qiluvchi omillaridan hisoblanadi. Shu bilan birgalikda bolaning oila a’zolariga, sinfdoshlariga, pedagoglarga munosabatlarini aniqlash ham zarur.

Download 373.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling