San’at, musiqa va ritmika markazida: Bolalarga o‘z tashabbusi bilan harakat qilish imkoniyatini berish - mustaqil ravishda rasm chizish, haykaltaroshlik, bo‘yash, barglarning gerbariysi va rasmlari bilan albomlarni ko‘rish.
Oktyabr oyi mavzusi: Kuz ehsonlari!
1-hafta mavzusi:Mevalar.Kuz sovg’alari.Bog’da kattalar mehnati”Pedagog va murabbiylar kuni.
Oktyabr oyi davomida ham bolalar bilan birgalikda mashg‘ulot va faoliyatlari o‘z vaqtida “Ilm yo’li”, Davlat o‘quv dasturi va “Davlat talablari”, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonining mavzuli rejasi asosida amalga oshirildi. Har bir hafta mavzusidan kelib chiqqan holda slayd, ko‘rgazmalar, videoroliklar, tarqatmalar va boshqa resurslardan foydalangan holda tarbiyalanuvchilarga mavzuga oid bilim va tushunchalar berildi.
Guruhda tashkil etilgan rivojlantiruvchi markazlar bo‘yicha:
Qurish-yasash va matematika markazida:Qurilish bloklari, lego konstruktor kubiklari va boshqa resurslardan foydalanib “Yuk mashinasi”, “Sabzavotlar uchun omborxona”, “Mevalar uchun savat” mavzulari asosida bolalarga turli hajmli geometirik figuralardan (kub, silindr, g‘isht, plastina, piramida) uy qura olishga, ular nomlarini va belgilarini bilishga, predmetlarni ma’lum bir xususiyatlarini jamlab konstruksiyani tera olishga,fazoda joylashtirish qoidalarga rioya etishga, ko‘rish xamda fikrlash orqali predmetlar joylashuvini taxlil qilishga, xisobni bilishga, predmetlarni katta-kichikligiga qarab taqqoslay olishga, chapga-o‘ngga tushunchalarini farqlashga o‘rgatildi
Syujetli rolli o‘yin va drammalashtirish markazida:Bolalarga “Ona qizaloq” “Bozorda” mavzulari asosida niqoblar, belgilar, otributlar kabi resurslardan foydalangan holda xalq ijodiyoti bilan tanishishda davom etish, aktyorlik mahorati ko‘nikmalarini orttirish, yaxshi va yomonni farqlash, sotuvchilarning vazifalari to‘g‘risida bilish, barcha meva va sabzavot nomlarini bilishga ahamiyat berildi va o‘rgatildi.
Til va nutq markazida:Ushbu markazdagi faoliyat davomida bolalarga “Kuz” syujetli rasm asosida suhbat, mavzuga mos topishmoq va tez aytishlar, rasmlar va materiallar, predmetli rasmlar asosida mavzular yoritib berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |