Aql bovar qilmas muvaffaqiyat
Bir million dollar kapitali bilan ro‘yxatdan o‘tgan kompaniya atigi olti yil ichida o‘z aksiyalari narxini 100 million dollarga ko‘paytirdi. 2007-yilda esa kompaniya 66 milliard dollar kapitallashuvi bilan maqtana olardi! Bu nafaqat o‘zining to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchilarini, balki boshqa ko‘plab yirik brendlarni – Coca Cola, Marlboro, General Electric’larni muvaffaqiyatli ortda qoldirishga imkon bergandi.
Bugun Google tashkil topganiga 22 yil to‘ldi. Kompaniyaning hozirgi narxi esa bir trillion dollarga yetdi. Ushbu kompaniyaning muvaffaqiyat hikoyasi uzoq vaqtdan beri yosh tadbirkorlar uchun namuna bo‘lib kelmoqda. Ular hatto maxsus “Google yaratish” iborasini o‘ylab topdi, bu esa o‘z navbatida ma’lum bir biznes strategiyasiz katta pul ishlashni anglatadi.
Foto: Google Photos
Do'stlaringiz bilan baham: |