Sergey Brin va Larri Peyj
Download 300.69 Kb.
|
google haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaytondan ham yomonroq kim”
Googol’mi yoki Google?
Ha, dastlab yosh tadbirkorlar o‘zlari yaratgan mahsulotni aynan Googol deb atamoqchi bo‘lgan edi. Gap shundaki, bu loyihani moliyalashtirishga rozi bo‘lgan yagona investor pul o‘tkazishda xatolik tufayli kompaniya nomini Google deb yozib yuboradi, Sergey Brin va Larri Peyj esa pulni olib, taqdir taqozosi bilan Google deb nomlangan loyiha ustida ishlashni boshlaydi. Foto: Google Photos Dastlab ular kichik garajda ishlaydi. O‘sha paytlar ularning atigi ikkita yordamchisi bor edi. Ularda reklama uchun sarmoya bo‘lmaganiga qaramay, o‘z qidiruv tizimlarini ommalashtirishga qattiq kirishishadi. Ular barcha daromadlarini biznes aktivlarini kengaytirishga sarflaydi. Loyiha boshlanganidan taxminan bir yil o‘tib, Amerikadagi barcha yirik gazetalar u haqda yozadi. Do‘stlar tinim bilmay ishlaydi, ular o‘z qidiruv tizimlarini igna bilan quduq qaziganday sabr bilan ishlab chiqdi, har ikkisi ham maksimalist bo‘lmasa-da, ammo xayolda ulkan rejalarni orzu qilishdi, oradan yillar o‘tib esa bu rejalar ular tasavvur qilganidan ham yaxshiroq amalga oshdi. “Shaytondan ham yomonroq kim?” Bu foydalanuvchilar orasida Google qidiruv tizimini ommalashtirgan mashhur iboradir. Gap shundaki, Google o‘z rivojlanishini davom ettirayogan bo‘lsa-da, ko‘plab foydalanuvchilar ushbu qidiruv tizimidan olingan ma’lumotdan foydalanishni boshlab yuborgandi. Kompaniya esa bu paytda beixtiyor More Evil than Satan (shaytondan ham yovuzroq) deb nomlangan kulgili hazilni yaratdi, bu quyidagicha tushuntiriladi: shu so‘zlarni qidiruvga kiritsangiz Microsoft va Disney kompaniyalari iblisdan ham yovuzlar qatorida birinchi o‘rinlarda turadi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, ishlab chiquvchilar bunga izoh berdi. Ular qidiruv tizimi buni o‘zi o‘ylab topmasligini, u shunchaki internetda ushbu kompaniyalar bilan birga keladigan umumiy so‘zlar tufayli shunday natija chiqarib berishini aytdi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, agar ushbu kompaniyalar benuqson obro‘ga ega bo‘lganlarida, qidiruv tizimi ularni ushbu reytingning birinchi pog‘onalariga qo‘ymasdi.
Download 300.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling