Serifikatlashtirish asoslari


ES - Evropa ittifoqida sertifikatlashtirish


Download 0.61 Mb.
bet13/76
Sana02.06.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1837777
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76
Bog'liq
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)

ES - Evropa ittifoqida sertifikatlashtirish. ES Kengashi 1985 yilda asosiy standartlar va talablarini belgilash bo‘yicha ularning texnikaviy uyg‘unligi to‘g‘risida Direktivalar qabul qilgan.

Evropadagi iqtisodiy uyushma (Evropeyskoe ekonomicheskoe soobщestvo - EES) shu hududdagi mamlakatlar hayotining yagona iqtisodiy siyosati asosida o‘zaro bog‘langan holda rivojlanish shaklini tanlab oldi. EES ning tashkil topilganligi haqidagi bitim 1957 yil 25 martda Rim shahrida imzolandi. Dastavval bu uyushma olti davlat (Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Italiya, Fransiya va GFR) vakillari bo‘lib, ularning asosiy maqsadi Evropa umumiy bozorini tashkil qilish edi. Buning natijasida shu uyushmaga kiruvchi davlat lar orasida bojxonalar yo‘q kilinib, bir – birlariga o‘tayotgan mahsulotning miqdorlari chegarali ravishda belgilanib, shu mamlakatlardagi kapitallar ham ishchi kuchlari ham erkin holda o‘tishligi to‘g‘risida kelishib olindi.


1972 yili bu uyushmada Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya, 1981 yilda Gretsiya, 1986 yilda Ispaniya va Portugaliya davlatlari qo‘shildi. 1995 yil arafasida esa EES tarkibi 3 davlat (Avstraliya, Finlandiya va SHvetsiya) vakillari bilan tuldi. Uyushma tarkibiga kiruvchi davlatlar soni endilikda 15 taga etdi. Evropa mamlakatlarining iqtisodiy ushmasining doimiy idorasi - Evropa kengashi (ES) hisoblanadi.
ES ning vazirlar kengashi markaziy va qonun chiqaruvchi idorasi hisoblanadi, har bir milliy hukumatdan bu kengash tarkibiga 1 tadan vakil yuborilgan.
Evropa mamlakatlari uyushmasiga ko‘mir va po‘lat bo‘yicha Evropa birlashmasi (EOUS) ham kiradi.
Evropa mamlakatlarining uyushmasi o‘zlarining EN 29000 raqamli standartlariga ega, bo‘lar esa ISO tomonidan tayyorlangan ISO 9000 raqamli standartlariga mos keladi.
Standartlashtirish bo‘yicha Evropa qo‘mitasi (SEN) va elektrotexnika sohasidagi standartlashtirish Evropa qo‘mitalari (SENELEK) tomonidan yaratilgan standartlar e’tiborga sazovordir, ular yaratgan 7 ta asos bo‘luvchi 45000 raqamli standartlarni ko‘rsatish kifoyadir (EN 45001 – EN 45003 – EN 45011 – EN 45014 kabilardir), bu standlartlar sinov laboratoriyalarini sertifikatlashtirish.
Sifatga e’tiborni kuchaytiradigan ba’zi omillarni ta’kidlaydigan bo‘lsak, avvalambor bu, Evropa bozorining narx raqobati kuchli bo‘lgan sifatli mahsulotlarni ko‘payishi yaqqaol ko‘zga tashlanadi. Bu esa o‘z navbatida sifatli mahsulot ishlab chiqarilishiga asos soladi. Umumiy bozorni tashkil qilish – ularning raqobatlashishi keyinchalik rivojlanishi uchun zaruriy, lekin etarli bo‘lmagan omil, shuning uchun yangi yo‘nalishlarni izlash davom etmoqda. Izlanishlar shuni ko‘rsatayaptiki ba’zi YAponiya va Amerika davlatlari kompaniyalari bu yo‘nalishlarda Evropaliklardan o‘zib ketgan.
F.Krosbi assotsiatsiyasining izlanishlariga asoslanadigan bo‘lsak bir nechta, dunyo miqyosida tanilgan firmalar tekshirilganda Amerika va Evropadagi sifatning raqobatlashishdagi roli har xilligi aniqlandi. Bu talabga Farbiy Evropaning 34%, AQSHning va Tinch Okeani regionlarining 53% kompaniyalari javob beradi. Sifat tizimlarining TQM konsepsiyasidan Evropa firmalarining 30%i foydalanadi.
Amerika Federal institutining statistik ma’lumotlari bo‘yicha dunyoning 2800 ishlab chiqarish firmalari va sexlarining 70%i TQMga moslashgan. Sifatni boshqarish bo‘yicha Evropa fondi (EFQM) mutaxassislari tadqiqotlariga qaraganda mahsulotning past sifatli bo‘lganligi sababli talabgorlarning mahsulotdan voz kechishi mahsulotning tan narxi bo‘yicha YAponiyada 12%gacha, Evropada esa 25% gacha zarar keltirishi aniqlangan.
Sifat bo‘yicha Evropa siyosati quyidagi asosiy tamoyillarga suyangan holda ish yuritadi.:

  • kooperatsiya va bir-birini to‘ldirish tamoyili;

  • asosli yondashish;

  • ijtimoiylik tamoyili;

  • strukturalash tamoyili;

  • yangi sifat konsepsiyalarini qo‘llash.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling