Serifikatlashtirish asoslari


Download 0.61 Mb.
bet1/76
Sana02.06.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1837777
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)


1-ma’ruza. Sertifikatsiyalashtirish asoslari faniga kirish

Serifikatlashtirish asoslari” fanida hayotimizning barcha jabhalarida, iqtisodiyotning va sanoatning barcha tarmoqlari uchun o‘ta zarur bo‘lgan, sekrtifikatlashtirish haqidagi asosiy tushunchalar va ta’riflar, me’yoriy hujjatlar, sertifikatlashtirishning huquqiy va qonuniy asoslari hamda O‘zbekiston respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi kabi masalalari xususida etarli va zarur ma’lumotlar keltirilgan.


Hozirgi kunlarda respublikamizdagi ta’lim va iqtisodiyot borasidagi rivojlanishi va o‘zgarishlari fan-texnika hamda texnologiyani jadal o‘zgarib borishini hisobga olingan holda yaratildi.
Asosan standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish faoliyatini paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixiy manbalardan ma’lumki, uzoq tariximizga o‘zaro bog‘liq bo‘lishi bilan bir qatorda, ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga xos bo‘lgan, doimiy ravishda va uzluksiz tarzda rivojlanishda bo‘luvchi faoliyatlar turkumiga mansubdir.
Mustaqil O‘zbekistonimiz juda boy va ko‘hna madaniy va ma’rifiy meroslarga ega bo‘lib, ushbu meros G‘arb falsafasini shakllanishida, buyuk olimlarni va allomalarni muvoffaqiyat qozonishlarida munosib o‘rin egallagan. Bundan tashqari respublikamiz «Buyuk ipak yo‘li» asosiy tomirida joylashganligi va yirik savdo markazlariga ega bo‘lganligi sababli xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etgan.
Ma’lumki, respublikamizda tub iqtisodiy islohotlar orqali bozor munosabatlarini shakllantirishga kirishishda eng avvalo, uning strategik maqsadlari belgilanib olindi. Bu maqsadlar ichida «raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlash» alohida ta’kidlab o‘tilgan. Iqtisodiy islohotlarning ustivor sanalgan yo‘nalishlarida ham quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin:

  • ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish orqali tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish;

  • aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash;

  • mamlakatning eksport quvvatidan to‘la-to‘kis foydalanish, uni jadallik bilan rivojlantirish.

Bu borada respublikamizda qisqa muddat ichida ulkan ishlar amalga oshirildi va natijada O‘zbekiston sanoatlashgan hamda iqtisodiy jihatdan buyuk imkoniyatlarga ega davlatlar safiga qo‘shildi.
Standartlashtirish faoliyati yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlar va sanoatimizning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarishdagi zamonaviylikni aks ettirish, texnologik jarayonlarni kompleks avtomatlashtirish, ishlab chiqarilayotgan va chetdan keltirilayotgan turli xil mahsulotlarning sifati yuqori darajada, me’yoriy xujjatlarning belgilangan talablariga mos bo‘lishini, iste’mol mahsulotlarining aholi uchun xavfsizligini ta’minlash, ilg‘or, ko‘p yillik tajribadan o‘tgan jahon andozalaridan foydalanish va ularni respublikamizda tadbiq etish kabilarni o‘ziga mujassamlashtirgan. Tabiiyki, barcha soha mutaxassislari qaysi toifada bo‘lishidan qat’iy nazar ushbu borada etarli bilim va malakaga ega bo‘lishlari lozim.
Sertifikatlashtirish asosiy maqsadi – talabalarni mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish va ularning sifatini boshqarish masalalarining mazmun mohiyati nimadan iborat, uning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi, hozirgi zamonda unga bo‘lgan talablar, chet ellarda va Respublikamizda sertifikatlashtirish tartibi va qonun qoidalari, milliy sertifikatlashtirish va akkreditlash tizimlari hamda sifatni boshqarish to‘g‘risida bilim olishlariga va ko‘nikmaga ega bo‘lishlariga imkoniyat yaratadi.
Sertifikatlashtirish ma’ruza matni xorijiy davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning, hamda O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirishning tashkiliy-uslubiy va huquqiy tomonlari, shuningdek sertifikatlashtirish qoidalariga taalluqli va sifatni boshqarish bo‘limlarini o‘z ichiga olgan. Aytish kerakki, sertifikatlashtirish bilan sifat tizimi va akkreditlashtirish idoralarining sertifikatlashtirish va tadqiqot amaliyotilarini tadbiq qilish masalalari bevosita bir-biriga bog‘liqdir. SHuningdek O‘zbekistonda akkreditlash tizimini xalqaro andozalarga uyg‘unlashtirilgan tarzda yaratish natijalari ustida olib borilayotgan harakatlar ham ushbu o‘quv qo‘llanmada e’tiborga olingan.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling