Serifikatlashtirish asoslari


Sertifikatlashtirish jarayoni


Download 0.61 Mb.
bet6/76
Sana02.06.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1837777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)

Sertifikatlashtirish jarayoni, shunday uslubki, unda vositachi hisoblanmish – uchinchi tomon yozma ravishda guvohlik bildirib, mahsulot, jarayon yoki xizmatni qo‘yilgan talablar darajasiga mosligini e’tirof qiladi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan ko‘rsatkichlarga javob berishi kerak. Bu ko‘rsatkichlar esa ma’lum belgilangan talablarga muvofiq /mos/ kelishi lozim. Muvofiqlik o‘z navbatida mahsulot yoki xizmatlarning ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatlardagi shu mahsulot yoki xizmatlarga belgilangan ko‘rsatkichlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish mumkin. Xo‘sh sertifikatlashtirish tushunchasi nima?
Sertifikatlashtirish deganda talab etilgan ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan faoliyat tushuniladi.
"Sertifikatlashtirish" tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha maxsus qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning "Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari" qo‘llanmasiga kiritilgan.
Muvofiqlik - atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o‘z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikni uchta ko‘rinishi - muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikat-lashtirish degan tushunchalar mavjud. Muvofiqlik bayonoti deb etkazib beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga to‘la-to‘kis muvofiqligi xaqida butun ma’suliyatni o‘z ustiga olganligini bayon etishiga aytiladi. Bu atamani so‘nggi vaqtlarda "o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish" tushunchasi bilan almashilayotgani qayd qilinmokda. O‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan holda mahsulotning talab etilgan darajada sifatliligi haqidagi kafolatni o‘z zimmasiga oladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling