Serifikatlashtirish asoslari


Download 0.61 Mb.
bet8/76
Sana02.06.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1837777
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   76
Bog'liq
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)

Akkreditatsiyabu nufuzli idora tomonidan, boshqa bir tashkilot yoki shaxsni rasmiy ravishda aniq ishlarni bajarishda to‘la huquqli vakolat berilganligini e’tirof etishidir.
Mahsulot – ma’lum faoliyat yoki jarayon natijasidir. Mahsulot tushunchasiga quyidagicha izohlar keltirilgan:
1. Mahsulotning to‘rtta toifasi bor:

  • xizmatlar (yuk tashish, bank xizmati, sug‘urta faoliyati va x.z.);

  • dasturiy vositalar (kompyuter dasturi, lug‘at, o‘quv dasturlari);

  • texnik vositalar (motorning qismi);

  • qayta ishlanadigan materiallar.

Mahsulotning turlari uning turli umumiy toifalariga kiradigan vazifalar yoki shu vazifani bajarish uchun qo‘llanilayotgan elementlarni o‘z tarkibida mujassam qilinishi bilan belgilanadi. Mahsulotni xizmatlar, dasturiy vositalar, texnik vositalar yoki qayta ishlanadigan materiallar qatoriga kiritish shu mahsulot uchun belgilangan vazifaning ustunlik qiladigan elementiga bog‘liq. Masalan, etkazib beriladigan mahsulot - "avtomobil", - texnik vositalar (masalan, shinalar), qayta ishlanadigan materiallar (yonilg‘i, sovutish suyuqligi), dasturiy vositalar (motorni dasturli boshqarish, haydovchi uchun qo‘llanma) va xizmatlar (avtomobildan foydalanish to‘g‘risidagi sotuvchi tomonidan beriladigan tushuntirishlar) dan iborat.
2. Xizmat - etkazib beruvchi va iste’molchining o‘zaro hamkorligida amalga oshirilgan kamida bitta harakat natijasidir. Xizmatlar odatda nomoddiy bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatish quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • iste’molchi etkazib bergan moddiy mahsulot ustida bajarilgan faoliyat (masalan, ta’mir talab avtomobil);

  • iste’molchi etkazib bergan nomoddiy mahsulot ustida bajarilgan faoliyat (masalan, soliq miqdorini aniqlash uchun zarur bo‘lgan daromad to‘g‘risida ariza);

  • nomoddiy mahsulotni berish (masalan, bilimlarni berish ma’nosidagi axborot);

  • iste’molchilar uchun qulay sharoitlarnn yaratib berish (masalan, mehmonxonalarda va oshxonalarda).

Dasturiy vosita axborotga ega bo‘ladi va u odatda nomoddiy bo‘ladi, shuningdek yondashuvlar, operatsiyalar yoki protseduralar shaklida ham bo‘lishi mumkin.
Texnik vosita odatda moddiy bo‘ladi va uning miqdori hisoblab topiladigan tavsif bilan ifodalanadi. Qayta ishlanadigan materiallar odatda moddiy bo‘ladi va ularning miqdori uzluksiz tavsif bilan ifodalanadi. Texnik vositalar va qayta ishlanadigan materiallar ko‘pincha tovar (mahsulot)lar deb ataladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling