Serifikatlashtirish asoslari


Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi umumiy qoidalari


Download 0.61 Mb.
bet25/76
Sana02.06.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1837777
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76
Bog'liq
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)

5.3.1. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi umumiy qoidalari


YUqoridagi Qarorda mahsulotlarni sertifikatlashtirishning umumiy tartibi belgilangan. Ushbu Qaror asosida ishlab chiqilgan sertifikatlashtirish tartibi, muddatlari va ketma-ketligi belgilangan holda «O‘zstandart» agentligi tomonidan «Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalari» ishlab chiqilib, 2005 yil 18 martda Adliya Vazirligida N 1458-sonli hujjat sifatida kuchga kiritilgan.
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi «O‘zstandart» agentligi tomonidan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida sertifikatlashtirishning tegishli qoidalari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
«Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalari»da ko‘rsatilganidek sertifikatlashtirilgan mahsulotlarga qo‘shimchalar yoki o‘zgartirishlar kiritilishi davomida ilgari tekshirilgan xavfsizlik bo‘yicha mahsulot tavsifiga salbiy ta’sir etmaydigan bo‘lsa, yangi chiqarilayotgan mahsulotga qo‘shimcha sertifikatlashtirish o‘tkazilishi talab etilmaydi. Mahsulot sertifikatlashtirilishi uchun talab etiladigan xavfsizlik majburiy tavsiflari standartlashtirish bo‘yicha tegishli me’yoriy hujjatlarda belgilanadi.
Ushbu qoidadagi talablar mahsulot yoki xizmatlarni majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish davomida tadbiq etilishi mumkin.
YUqorida keltirilgan qaror va qoidaga asosan majburiy sertifikatlashtiriladigan mahsulotlar ro‘yxatidan ma’lum qismi ularning tegishli talablarga muvofiqligini deklaratsiyalash yo‘li bilan tasdiqlanishi mumkin bo‘ladi.
Sertifikatlashtirishni amalga oshirish qoidasiga asosan ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha, ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich - bir vaqtning o‘zida, zaruriyatga ko‘ra, veterinariya va fitosanitariya xulosalari tegishli ravishda davlat veterinariya nazorati va o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati organlarida rasmiylashtirilgan holda "O‘zstandart" agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan davlat sanitariya nazorati organlarida gigienik sertifikat rasmiylashtirilishini o‘z ichiga oladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati sub’ekti:

  • gigienik sertifikatni rasmiylashtirish uchun ariza bilan birgalikda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish idoralariga (keyingi o‘rinlarda sertifikatlashtirish idoralari deb ataladi) muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish yuzasidan ariza berishga;

  • zarurat bo‘lganda tegishli xulosalar olish uchun veterinariya va fitosanitariya nazorati organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqlidir.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling