Serifikatlashtirish asoslari


CHet el muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etish


Download 0.61 Mb.
bet28/76
Sana02.06.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1837777
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76
Bog'liq
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)

5.3.4. CHet el muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etish


Sertifikatlashtirish idorasi e’tirof etish to‘g‘risida bitim tuzilgan MDH mamlakatlaridan va uzoq xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan mahsulotga sertifikatlarni e’tirof etish huquqiga ega.
E’tirof etish tartiboti sertifikatlashtirish idorasining bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish tartibida, "O‘zstandart" agentligining me’yoriy hujjatlariga muvofiq belgilangan bo‘lishi kerak.
Xalqaro tizimlar va bitimlar doirasida amalga oshiriladigan sertifikatlarni e’tirof etish ushbu tizimlar va bitimlarda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi.
Sertifikat talablarga muvofiq bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida belgilangan ana shunday talablardan qolishmaydigan mahsulot uchun e’tirof etiladi.
Me’yoriy hujjatlarda sertifikatlashtirish uchun shart bo‘lgan yoki kontraktda belgilangan qo‘shimcha talablar mavjud bo‘lgan taqdirda mahsulot ushbu talablarga muvofiqlik yuzasidan sinab ko‘rilishi kerak.
Olingan hujjatlar va materiallarni tahlil qilish, shuningdek mahsulotni identifikatsiyalash asosida sertifikatlashtirish idorasi chet el muvofiqlik sertifikatini e’tirof etish (etmaslik) to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Eksport qiluvchi mamlakatning Milliy sertifikatlashtirish tizimiga berilgan muvofiqlik sertifikatini e’tirof etish uni import qiluvchi mamlakatning muvofiqlik sertifikatiga qayta rasmiylashtirish va YAgona davlat reestriga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

5.3.5. Mahsulotni shtrixli kodlashtirish


Ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra tasniflash Evropa tovar raqamlanishi uyushmasi (EAN) hozirgi vaqtda GS1 tomonidan kodlashtirish borasida korxonaning ro‘yxatdan o‘tkazish raqamini hamda ishlab chiqariladigan tovarning bir kun mobaynida beriladigan raqamli kodini olish uchun "EAN Uzbekistan"ga murojaat qiladi.
"O‘zstandart" agentligi tomonidan, belgilangan tartibga muvofiq shtrixli kodning original - maketi tayyorlanadi va beriladi.
Kod berish bo‘yicha xizmatlar qiymati, shuningdek a’zolik badallari miqdori "EAN Uzbekistan" qatnashchilari tomonidan belgilanadi. SHtrixli kodning original - maketlarini tayyorlash va berish qiymati O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deklaratsiya qilingan tariflar bo‘yicha belgilanadi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling