Serifikatlashtirish asoslari


-Mavzu: Sertifikatsiyalashtirish milliy tizimida qatnashuvchi idoralar


Download 0.61 Mb.
bet29/76
Sana02.06.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1837777
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   76
Bog'liq
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)

6-Mavzu: Sertifikatsiyalashtirish milliy tizimida qatnashuvchi idoralar


Reja:
6.1. Sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarda qatnashuvchi korxonalar
6.2. Sertifikatlashtirish ob’ektlari va sub’ektlari
6.3. O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy tuzilmasi


6.1. Sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarda qatnashuvchi korxonalar


O‘zbekiston Respublikasi Sertifikatlashtirish milliy tizimi (O‘z SMT)da sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni quyidagi tashkilotlar amalga oshiradi:



  • Mahsulotlarni sertifikatlashtirishni bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlangan idoralar;

  • Sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirishni sifat tizimi va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlangan idoralar;

  • O‘zbekiston Respublikasida aniq mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlangan sertifikat-lashtirish idorasi bo‘lmagan taqdirlarda uni sertifikatlashtirish masalasini sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idora «O‘zstandart» agentligi hal qiladi;

  • Sertifikatlashtirish sinovlarini akkreditlangan sinash laboratoriyalari (markazlar) amalga oshirishadi;

  • Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralarni akkreditlashni sertifikatlashtirish milliy idorasi (keyinchalik - SMI) rahbari tasdiqlagan komissiya O‘z DSt 5.2:2001 O‘z SMT. Sertifikatlashtirish idorasiga qo‘yiladigan umumiy talablar standartiga muvofiq o‘tkazadi;

  • Sinash laboratoriyalari (markazlari)ni akkreditlashni akkreditlash bo‘yicha idora O‘z DSt 5.3 O‘z SMT. Sinash laboratoriyalari (markazlari)ni akkreditlash. Asosiy qoidalari standarti talablariga muvofiq o‘tkziladi.

  • Ekspert-auditorlarni attestatlash O‘z RH 51-014 O‘z SMT Ekspert-auditorlarga qo‘yilgan talablar rahbariy hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.

6.2. Sertifikatlashtirish ob’ektlari va sub’ektlari


O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida sertifikatlashtirishning quyidagi ob’ektlari mavjud:



O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida sertifikatlashtirishda quyidagi sub’ektlari mavjud:

  • Bir turdagi mahsulotlarni sertfikatlashtirish bo‘yicha idoralari;

  • Sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish idoralari;

  • Sinov laboratoriyalari;

  • Ekspert-auditorlar.

O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida sertifikatlashtirish ob’ektlari va sub’ektlari O‘z DSt 5.0-98 O‘z SMT. Asosiy qoidalar standartiga muvofiq ro‘yxatga olinadi. Ushbu standartga asosan O‘z SMT da quyidagi Reestrlarni yuritish amalga oshiriladi:

  • Bir turdagi mahsulotlarni sertfikatlashtirish bo‘yicha akkreditlangan idoralar;

  • Sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlagan idoralari;

  • Akkreditlangan sinav laboratoriyalari (markazlari);

  • Attestatlangan ekspert-auditorlar;

  • Sertifikatlashtirilgan mahsulotlar;

  • Sertifikatlashtirilgan sifat tizimlari va ishlab chiqarishlar;

  • Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishning ro‘yxatga olingan tizimlari.

O‘z SMT Davlat reestrini yuritish qoidalari O‘z RH 51-021 O‘z SMT. Davlat reestrini olib borish tartibi rahbariy hujjatida belgilangan. Sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idora davlat reestrining me’yorlarini, shuningdek, sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar va tizimning boshqa ishtirokchilaridan olingan axborotlarni nashr qilib boriladi.
Sertifikatlashtirish, akkreditlash va tekshirish o‘tkazish bo‘yicha harajatlarni O‘z RH 51-032 O‘z SMT. Ishlar haqini to‘lash tartibi rahbariy hujjatida o‘rnatilgan tartib bo‘yicha shartnoma orqali so‘rovchilar to‘lashadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling