Idoralarning vazifalari. Sertifikatlashtirish ob’yektlari va sub’yektlari


Download 55.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana02.11.2023
Hajmi55.83 Kb.
#1739272
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 Маъруза (1)



MA’RUZA №6 
 
Sertifikatlashtirish milliy tizimida qatnashuvchi idoralar. Sertifikatlashtirish 
milliy tizimining tashkiliy tuzilmasi. Sertifikatlashtirishda qatnashuvchi 
idoralarning vazifalari. Sertifikatlashtirish ob’yektlari va sub’yektlari. 
Sertifikatlashtirish tizimi idoralarining vazifalari 
 
Sertifikatlashtirish tizimi idoralarining vazifalari quyidagilardan 
iborat: 
 O’zSMTningyagona qoida va tadbirlarini, ularga rioya etilishi ustidan 
nazoratni, sertifikatlashtirish natijalari bo’yicha hujjatlarni ro’yxatga olishni, 
respublika va xorijiy iste’molchilarni ma’lumot bilan ta’minlashni belgilaydi; 
 muvofiqlik belgisini va sertifikat shaklini hamda ularni qo’llash qoidalarini 
belgilaydi; 
 O’zSMTni takomillashtirish bo’yicha dastur loyihalarini tuzadi va ularni 
Hukumat muhokamasiga taqdim etadi; 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda 
xalqaro sertifikatlashtirish tizimlariga qo’shilish haqida qaror qabul qiladi, 
shuningdek, sertifikatlashtirish natijalarini o’zaro tan olish haqida bitimlar tuzadi; 
 O’zbekiston Respublikasini boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan 
sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha o’zaro munosabatlarda vakil bo’ladi; 
 majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotlarg’xizmatlar 
ro’yxatini tuzadi va olib boradi; 
respublikada 
sertifikatlashtirish 
ishlarini 
tashkil 
qiladi 
va 
muvofiqlashtiradi; 
 O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi Davlat reestrini 
yuritadi; 
 mahsulotlarni sertifikatlashtirish va sertifikatlashtirish bo’yicha idoralarni 
va sinov laboratoriyag’markazlarini akkreditlashtirish bo’yicha ishlarga to’lov 
tartiblari va shakllarini o’rnatadi; 


 O’zSMT qoidalarini buzganligi uchun muvofiqlik sertifikatlari va 
muvofiqlik belgilarining amalini bekor qiladi yoki vaqtincha to’xtatadi, 
sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar va sinov laboratoriyag’markazlarini 
akkreditlangani haqida guvohnomani bekor qiladi; 
 sertifikatlashtirish va akkreditlash natijalari bo’yicha appelyatsiyalarni 
ko’rib chiqadi; 
 O’zSMT Davlat reestri asosida sertifikatlashtirish bo’yicha ma’lumotlarni 
chop etadi va manfaatdor tomonlarning undan bemalol foydalanishlarini 
ta’minlaydi. 
Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun Sertifikatlashtirish milliy idorasi 
(SMI) ilmiy-tadqiqot, tekshirish, ilmiy-texnik, jamoat tashkilotlarni, iste’molchilar 
jamiyatlarini jalb etadi. O’zbekiston Respublikasi hududida SMI vazifalarini va 
vakolatlarini “O’zstandart” agentligi, Sinov va sertifikatlashtirish bo’yicha hududiy 
markazlarga (SSM) bergan taqdirdagina ular bajarishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi hududida sertifikatlashtirish milliy idorasining 
ayrim vazifalarini Hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari (SSM) 
“O’zstandart” agentligi vakilligida uning vakolati bilan bajarishi mumkin. 
“O’zstandart” agentligi qisman o’zining vazifalarini bir turdagi mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish bo’yicha markaziy idora yoki bosh uslubiy markazni vakil qilish 
huquqiga ega.
SSMquyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 
 sertifikatlashtirish qoidalari to’g’risida mahsulot va xizmat ta’minotchilari 
va bajaruvchilarni rasman xabardor qiladi; 
 sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idora, bosh uslubiy markaz (BUM)lar 
bilan bir turdagi mahsulotlar doirasida sertifikatlashtirish tartiblari bo’yicha o’zaro 
faoliyat yuritadi; 
 o’zi tomonidan sertifikatlashtirilgan mahsulotlar inspektsiya nazoratini 
amalga oshiradi; 


 hududda sertifikatlashtirilgan mahsulotlar reestrini yuritadi. 
 Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi (SMB)majburiy 
sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etish bo’yicha davlat tekshiruvig’nazoratini 
amalga oshiradi; 
 O’zstandart agentligi topshirig’i bo’yicha xududiy sertifikatlashtirish 
idoralar va sinov laboratoriyag’markazlarini akkreditlashtirish bo’yicha komissiya 
tashkil qiladi, ularning faoliyatining inspektsiya nazoratini amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimining ilmiy-uslubiy 
markazi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti 
(SMSITI) hisoblanadi. 

Download 55.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling