Serifikatlashtirish asoslari
O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy tuzilmasi
Download 0.61 Mb.
|
SERTIFIKATLASHTIRISH ma\'ruza (1)
6.3. O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy tuzilmasiBugungi kunda o‘z istiqloli yo‘lida, bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat qurilishi sari shahdam qadam tashlab borayotgan, mustaqil O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida muhim va salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlarga binoan muvofiqlik sertifikatlashtirishining asosiy maqsadlari: - mahsulot, jarayon va xizmatlarda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ining xavfsizligini ta’minlash, tashqi-muhitni asrash, buyum (tovarlar)ni bir xilligi va o‘zaro almashinuvchanligi masalalari, hamda iste’molchini himoya qilish; - xalqaro savdoda texnikaviy to‘siqlarni bartaraf qilish, tovarlar (buyumlar, jarayon va xizmatlar)ni raqobatdoshlik qobiliyatini oshirishdan iborat. Sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy tuzilishi; - O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idorasi; - bir xil mahsulotni setrifikatlashtirish bo‘yicha idora; - bir xil mahsulotni, sifat tizimini va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlangan idoralari; - akkreditlangan sinov laboratoriyalari. Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan sertifikatlashtirish milliy idorasi qilib, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O‘zbekiston Davlat markazi – «O‘zstandart» agentligi belgilangan. «O‘zstandart» agentligiga qarashli turli soha va tarmoqlarni o‘z ichiga olgan bir xil nomdagi bo‘limlar ham bor. Bularga standartlar va mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha davlat nazorati va o‘lchash vositalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish va attestatlash sohaviy bo‘limlari kiradi. Standartlar va mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha davlat nazorati sohaviy bo‘limlar: og‘ir sanoat, mashinasozlik, engil sanoat, oziq-ovqat, mahalliy sanoat hamda agrosanoat kompleksi doirasida o‘z faoliyatini amalga oshiradi. O‘lchash vositalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish va attestatlash tarmoq bo‘limlari esa massalar, radiotexnika, ionli nurlanish, geometrik, mexanik, elektrik, magnitli, bosim, sarflanish, haroratli hamda fizik-kimyoviy kattaliklarni qiyoslovdan o‘tkazadi. O‘zstandart agentligi tarkibidagi asosiy bo‘limlar 5 rasmda keltirilgan. O‘zstandart agentligining ilmiy-uslubiy markazi etib O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti - SMSITI tayinlangan. Uning tashkiliy tuzilishi – 6-rasmda keltirilgan. Sertifikatlashtirish milliy idorasi quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda: - Respublikada sertifikatlashtirishni qo‘llash va takomillash-tirishning umumiy siyosatini ishlab chiqish, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tegishli davlat idoralari bilan aloqalarni o‘rnatish; - sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha boshqa mamlakat va xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan, o‘zaro kelishilgan asosda aloqalarni o‘rnatish, kerak bo‘lsa, bu tashkilotlar faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining qatnashishini ta’minlash; - sertifikatlashtirishda yagona qoida va ish tartiblarini belgilash, bularga rioya qilishning nazorati, sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha hujjatlarni axborotli ma’lumot bilan ta’minlash. Vazirlar Mahkamasi qarorini bajarish yo‘lida O‘zstandart agentligi o‘zining viloyat markazlarini (SMSXM) tuzib, ularning ishlariga har taraflama ko‘mak ko‘rsatmoqda. 1993 yilning 28 dekabridan boshlab "Mahsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida" qonun kuchga kirib, bu qonun asosida sertifikatlashtirish va sifatni ta’minlash borasidagi barcha ishlar mutlaqo yangicha ruknda yo‘lga qo‘yila boshlandi. Respublikadagi sinov laboratoriyalarini akkreditlash ishlari ham jadal qadamlar bilan amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda 256 ta laboratoriya milliy sertifikatlashtirish tizimida akkreditlangan bo‘lib, bu mahsulot ishlab-chiqarishning hamma sohasi bo‘yicha etarli darajada sinovlarni olib borish imkoniyatini beradi. «O‘zstandart» agentligi tarkibidagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tekshiruvchi sinov laboratoriyasi akkreditlangan laboratoriyalardan hisoblanib, shu kungacha muayyan turdagi mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati berish uchun kerakli bo‘lgan sinovlarni bajarmoqda. Respublika hududiga keltiriladigan yoki undan chetga chiqariladigan tovarlar (mahsulotlar)ning havfsizligini tasdiqlash bilan bog‘liq bo‘lgan amallar tegishli davlat idoralari bilan kelishilgan holda «O‘zstandart» agentligi tomonidan tayyorlangan alohida hujjat bo‘yicha bajariladi. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Turkiya va Xitoy davlatlari bilan standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida hamkorlik qilish niyatida bitim tuzildi. Bu yo‘ldagi ishlar o‘z mevasini bermoqda. Turkiya mutaxassislari Toshkentda bo‘lib, «O‘zstandart» agentligi tomonidan uyushtirilgan Respublika seminarlarida sertifikatlashtirish sohasida ma’ruzalar bilan qatnashmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi qatoriga kiruvchi mamlakatlar bilan standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida bitimlar tuzgan bo‘lib, o‘zaro iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni uzluksiz ravishda rivojlantirish borasida keng doirada faoliyat yuritib kelinmoqda. YUqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, savdo-sotiq ishlarida mahsulotning sifati asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib qolmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulot xalqaro va milliy standartlashtirish, sertifikatlashtirishning talablariga mos kelishi lozim. Har bir mahsulot o‘z sifatini tasdiqlash uchun sertifikatga ega bo‘lishi kerak, demak, mahsulot sertifikatlashtirishni o‘tmoqligi lozim. Qanchalik ko‘p mahsulotlar sertifikatga ega bo‘lsa, shunchalik korxona, muassasa, tashkilotlarning iqtisodiy holati yaxshilanadi. Bu esa bir tomondan raqobatga bardosh beruvchi mahsulotlar sonini ko‘payishi bo‘lsa, ikkinchi tarafdan xalq farovonligini o‘sishiga olib keladi, demak, mamlakatimizning xalqaro miqyosda mavqeini oshiradi. Kelajakda O‘zbekiston Respublikasi Buyuk davlat bo‘lishi uchun etarli darajada iqtisodiy imkoniyatlar yaratishda mahsulot sifati, uning xolisona baholanganligi va chet elda tan olinishi juda katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy tuzilmasini quyidagilar tashkil qiladi: O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idorasi («O‘zstandart» agentligi); Ilmiy-usuliyat markazi va bir turdagi mahsulotlarni sertifkatlashtirish bo‘yicha usuliyat markazlari; Bir turdagi mahsulotlarni va xizmatlarni, sifat tizimlari hamda ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlangan idoralar; Akkreditlangan sinash laboratoriyalari (markazlari); Tekshirish idoralari. Mahsulotni sertifikatlashtirish tizimining tashkiliy tuzilmasi 4-rasmda keltirilgan. 7-Mavzu: O’zbekiston Respublikasida mahsulotlarni sertifikatsiyalashtirish tartibi Reja:
7.2. O‘z SMT ilmiy-usuliyat markazi – standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti 7.3. Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling