Sertifikatlashtirish haqida tushuncha, sertifikatlashtirishning ahamiyati, maqsad va vazifalari
Sifat auditi va auditorlik faoliyati
Download 48.14 Kb.
|
Sertifikatlashtirish haqida tushuncha, sertifikatlashtirishning aaaa
6. Sifat auditi va auditorlik faoliyati
Sertifikatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatda faol qatnashuvchi shaxs ekspert-auditorlar hisoblanadi. Ekspert-auditorlar deb sertifikatlashtirish sohasida muassasa va korxonalar faoliyatini baholash va nazorat qilish huquqiga ega bo‘lgan attestatlangan shaxsga aytiladi. Ekspert-auditor sifatida “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda attestatlangan fan, sanoat, maishiy xizmat, institutlar va boshqa tashkilotlarning vakillari hamda belgilangan hujjatlar bilan ishlashda yetarli chuqur bilimga ega bo‘lgan shaxslar bo‘lishi mumkin. Ekspert-auditor quyidagi vazifalarni bajaradi: a) mahsulot, jarayon, xizmatlarni, sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish; b) sertifikatlashtirilgan mahsulot, jarayon va xizmatlarning tavsiflarini hamda sertifikatlashtirilgan Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishning turg‘unligini nazorat qilish; g) sertifikatlashtirishga tavsiyalar berish va boshqalar. Ekspert-auditor o‘z faoliyatini sertifikatlashtirish milliy idorasi, bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish idoralari, Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish doirasida amalga oshiradi. Ekspert-auditor quyidagi sohalar bo‘yicha bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi shart: a) Respublika sertifikatlashtirish milliy tizimining qoida va tartiblari; b) sertifikatlashtirish o‘tkazish bo‘yicha bilimlar va me`yoriy hujjatlarni tushunishi; v) sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha iqtisodiy va huquqiy asoslari; g) sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha asosiy ishlar mazmuni; d) mamlakat va chet ellardagi sertifikatlashtirish va akkreditlash tajribasi; ye) tekshiruv o‘tkazish va sifatni boshqarishning statistik usullari. Ekspert-auditor tekshirilayotgan ob`yektning xodimlari bilan aloqada bo‘lish va kerakli hujjatlar bilan tanishish; ma’lumot uchun har qanday qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilish; tizimda amaldagi me`yoriy-uslubiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklifini berish; sertifikatlashtiruvchi mahsulot, jarayon, xizmatlar, sifat tizimi va ishlab chiqarish bo‘yicha rejalarni tuzish yuzasidan o‘z mulohazalarini kirgizish huquqiga egadir. Download 48.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling