Sertifikatlashtirish haqida tushuncha, sertifikatlashtirishning ahamiyati, maqsad va vazifalari


Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirishning milliy tizimi


Download 48.14 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi48.14 Kb.
#1514035
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sertifikatlashtirish haqida tushuncha, sertifikatlashtirishning aaaa

3. Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirishning milliy tizimi
Avvalo sertifikatlashtirish ob`yektlari va sub`yektlari nima ekanligiga e’tiborni qarataylik.
Mahsulotlar (shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulotlar), xizmatlar, shuningdek sifat tizimlari sertifikatlashtirish ob`yektlari hisoblanadi.
Sertifikatlashtirish sub`yektlari- yuridik shaxslar sertifikatlashtirish milliy tizimi doirasida sertifikatlashtirish tizimlari tuzishlari mumkin. Yuridik shaxslarning sertifikatlashtirish tizimlari “O‘zstandart” agentligi belgilagan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi) O‘zbekiston Respublikasining milliy sertifikatlashtirish organidir.
Tegishli sertifikatlashtirish tizimi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari muayyan mahsulotlarning sinovini yoki muayyan sinov turini amalga oshiradilar hamda sertifikatlashtirish maqsadlari uchun bayonnomalar beradilar.
Sertifikatlashtirish organlariga umumiy talablar. Sertifikatlashtirish organi quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lishi kerak:
a) sertifikatlashtirish organining mustaqilligi;
b) sertifikatlashtirish vazifalarining aniq bajarilishini ta’minlaydigan tashkiliy tuzilmaning mavjudligi;
v) sertifikatlashtirish o‘tkazilishiga asos bo‘ladigan sifat tizimlari, mahsulot va sinov uslublari uchun me`yoriy va texnik hujjatlar fondining mavjudligi;
g) sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish huquqini olish uchun akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari va nazorat organlarining mavjudligi;
d) maxsus tayyorgarlik va attestatsiyadan o‘tgan xodimlarning mavjudligi.
Sertifikatlashtirish organi hujjatlari ham ma’lum talablarga javob berishi kerak.
Sertifikatlashtirish organi mahsulotlar, jarayonlar, xizmatlar, sifat va ishlab chiqarish tizimlari bo‘yicha me`yoriy hujjatlar komplekti (ma’lumotlar banki)ga ega bo‘lishi kerak.
Ma’lumotlar banki quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: mahsulotlarga talablarni belgilaydigan xalqaro, davlatlararo, O‘zbekiston Respublikasining va xorijiy mamlakatlarning milliy me`yoriy hujjatlari, ishlab chiqarish jarayonlarining tashkil etilishiga talablarni belgilaydigan me`yoriy va texnik hujjatlar, sifat tizimlari bo‘yicha ISO 9000, ISO 8402 seriyasidagi xalqaro standartlar va boshqa hujjatlar, sertifikatlashtirish sohasidagi xalqaro va milliy standartlar, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish sohasidagi ISO/MEK qo‘llanmasi, mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha meyoriy-uslubiy hujjatlar jamlanmalari va boshqalar.

Download 48.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling