Sertifikatlashtirish haqida tushuncha, sertifikatlashtirishning ahamiyati, maqsad va vazifalari


Aloqa va axborotlashtirish sohasida sertifikatlashtirish tizimi


Download 48.14 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi48.14 Kb.
#1514035
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sertifikatlashtirish haqida tushuncha, sertifikatlashtirishning aaaa

4. Aloqa va axborotlashtirish sohasida sertifikatlashtirish tizimi
Aloqa va axborotlashtirish sohasida ishlab chiqariladigan, foydalaniladigan mahsulotlarni va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni sertifikatlashtirish ishlarini olib borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi (UNICON.Uz) qoshida 2005 yilda Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlash organi (TTVSO) va Telekommunikatsiyalar texnik vositalarini sertifikatsion sinov markazi (TTVSSM), keyin esa vazirlik huzurida (2007 yilda) Elektromagnit moslashuv markazi tashkil etilgan. Vazirlik tizimidagi soha korxonalari faoliyatini ISO 9001:2008 seriyali xalqaro sifat menejmenti standarlari asosida tashkil etish va sifat sertifikatini olish bo‘yicha ahamiyatga molik ishlar amalga oshirilmoqda.
5. Sertifikatlashtirish sohasidagi asosiy tushunchalar
va atamalar
Sertifikatlashtirish sohasidagi atamalar va ta’riflarni qo‘llashda ularning bir xilligini ta’minlash uchun asosiy atamalarga ta’riflar O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi qonunida keltirilgan.
Standartda keltirilgan atamalarni ular standartlarda qanday holda ta’riflangan bo‘lsa rasmiy hujjatlarda shunday holda qo‘llanilishi shart. Bunday hujjatlarda standartlashtirilgan atama o‘rnida uning sinonimini qo‘llash ta’qiqlanadi. Ammo, belgilangan ta’riflarni bayon qilish shaklini, zarur bo‘lganda tushunchalarning ma’no chegarasini buzmagan holda o‘zgartirishga ruxsat etiladi.
Quyida sertifikatlashtirish sohasida qo‘llaniladigan ayrim atamalarning ta’riflarini keltiramiz.

Atama

Таъриф

Muvofiqlik

Mahsulot, jarayon yoki xizmatning belgilangan barcha talablarga rioya qilish

Uchinchi tomon

Ko‘riladigan masalada qatnashayotgan tomonlarga nisbatan mustaqil bo‘lib hisoblanadigan shaxs yoki tashkilot.
Izoh: qatnashuvchi tomonlar odatda ta’minlovchining (birinchi tomon) va haridorning (ikkinchi tomon) manfaatlarini himoya qiladi.

Muvofiqlik
bayonoti

Ta’minlovchining mahsulot, jarayon yoki xizmatlarining aniq bir standartda yoki boshqa me`yoriy hujjatga to‘la-to‘kis muvofiqligi haqida butun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olganligini bayon etishi.

Muvofiqlikni tasdiqlash

Aniq bir sinalgan namunaning muayyan standartga yoki boshqa me`yoriy hujjatga mos kelishini isbotlovchi uchinchi tomon sinov laboratoriyasining faoliyati.

Muvofiqlikni
sertifikatlash-
tirish

Belgilangan mahsulot, jarayon yoki xizmatning ma’lum standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos kelishini yetarli darajada isbotlaydigan uchinchi tomonning faoliyati.

Sertifikatlash
tartibi

Muvofiqlikning sertifikatlashini o‘tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va tartibi.

Sertifikatlash-
tirish idorasi

Muvofiqlikni sertifikatlashtirish faoliyatini bajaruvchi idora.
Izoh: Sertifikatlash idorasi sinovlarini o‘zio‘tkazishi va sinovlarni tekshirish yoki uning topshirig‘i bilan boshqa idoralar o‘tkazgan bunday faoliyat ustidan nazorat qilishi mumkin.

Majburiy sertifikatlash-tirish

Sertifikatlash vakolatiga va bo‘lgan idora tomonidan mahsulot (xizmat)ning standartlardagi majburiy talablarga muvofiqligini tasdiqlash.

Ixtiyoriy sertifikatlash-tirish

Ishlab chiqaruvchi (bajaruvchi) sotuvchi (ta’minlovchi) yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladigan sertifikatlash.

Muvofiqlik
sertifikati

Tegishlicha belgilangan mahsulot, jarayon yoki xizmatlarning ma’lum standartga yoki boshqa me`yoriy hujjatga mos kelishiga ishontiradigan va sertifikatlash tizimi qoidalari asosida nashr etilgan hujjat.

Muvofiqlik belgisi (serti-fikatlashtirish sohasida)

Ushbu mahsulot, jarayon yoki xizmat ma’lum standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos kelishiga ishontiruvchi sertifikatlash tizimi qoidalari asosida berilgan yoki ishlatiladigan va ma’lum tartibda himoya qilinadigan belgi.


Download 48.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling