Sertifikatlashtirish haqida tushuncha, sertifikatlashtirishning ahamiyati, maqsad va vazifalari
Sertifikatlashtirish sohasida xalqaro hamkorlik, vazifalari
Download 48.14 Kb.
|
Sertifikatlashtirish haqida tushuncha, sertifikatlashtirishning aaaa
7. Sertifikatlashtirish sohasida xalqaro hamkorlik, vazifalari
Sertifikatlashtirish sohasidagi xalqaro hamkorlik xalqaro savdoda har hil to‘siqlarni tezkordik bilan hal etishning asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda ISO tarkibida maxsus Qo‘mita - SERTIKO ishlab turibdi. Bu Qo‘mita tomonidan sertifikatlashtirish tamoyillari ishlab chiqilib, bu hujjat ISO/MEK 16-1978 rahbarlik hujjati, uchinchi tomonining sertifikatlashtirish tizimi bo‘yicha Kodekslari tamoyili deb yuritiladi. Bu yerda ko‘rsatilishi bo‘yicha sertifikatlashtirish standart talablarining mosligini tasdiqlash hisoblanadi. SERTIKO faoliyatining yo‘nalishlaridan biri turli mamlakatlar sertifikatlarini uyg‘unlashtirishdan iboratdir. Xuddi shuningdek, SERTIKO tomonidan sinov laboratoriyalarining layoqatliligini aniqlovchi xalqaro mezonlarning ishlab chiqilishi ham katta ahamiyatga egadir. 1985 yilda SERTIKOning faoliyatini kengaytirish maqsadida ISO rezolyutsiya qabul qildi va bu tashkilot KASKO (Muvofiqlikni baholash Qo‘mitasi) deb yuritila boshladi. Ma’lumki, sertifikatlashtirish asosida sinov yotadi, shu sababli sertifikatlashtirish tizimida sinov laboratoriyalari katta rol o‘ynaydi. Shu sababli sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyalash bo‘yicha xalqaro konferensiyaning (ILAK) faoliyati amaliy ahamiyatga egadir. ILAKning asosiy vazifalari akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari tomonidan milliy sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyalash, sinov natijalarini baholash sifati, sinov natijalarini o‘zaro tan olishda ishtirok etish bo‘yicha axborotlar va tajribalar almashinuvini tashkil etish va sinov laboratoriyalari akkreditatsiyasi masalalari bo‘yicha istak bildirgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymokdan iboratdir. ISO 9000 seriyadagi xalqaro standartlar sifat tizimlarini korxonalarda tadbiq etishga mo‘ljallangan xalqaro modellar bo‘lib hisoblanadi. Chet davlatlarda sifat tizimi bo‘lmagan korxona yoki firma ishlab bo‘lmaydi. Hozirda Respublikamizda xalqaro sifat tizimlarini tadbiq etgan yoki bunga harakat qilayotgan korxonalar soni kun sayin ko‘payib bormokda. ISOning sifat ta’minoti xususidagi asosiy standartlari quyidagilar hisoblanadi: 1.1S0 9000. Sifatni umumiy boshqarish va sifatni ta’minlash bo‘yicha standartlar. Tanlash va qo‘llash bo‘yicha rahbariy ko‘rsatmalar 2.1S0 9001. Sifat tizimlari. Loyihalashda va ishlab chiqarishda, yig‘ishda va xizmat ko‘rsatishda sifatni ta’minlaydigan model. 3.1S0 9002. Sifat tizimlari. Ishlab chiqarishda va yig‘ishda sifatni ta’minlaydigan model. 4. 1S0 9003. Sifat tizimlari. Tugal nazoratda va sinovlarda sifatni ta’minlaydigan model va boshqalar. Bular bilan bir qatorda Xalqaro standartlashtirish tashkiloti uch tilda atamalar lug‘ati yaratgan bo‘lib, mahsulot sifatini ta’minlash sohasida ularning ta’riflarini ham ishlab chiqqan. Bulardan tashqari 1S0/MEK (Xalqaro elektrotexnika komissiyasi) tomonidan ham me`yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan. Korxonalarda sifat to‘garaklarining tashkil etilishi mahsulot sifatini oshirishda muhim omillardan biri hisoblanadi. Sifat to‘garaklari ishchilar, muhandislar va xizmatchilardan tashkil topgan ixtiyoriy jamoa yig‘ilmalaridir. Ularning soni va tarkibi ishlab chiqarishning ehtiyojidan va aniq ish sharotlaridan kelib chiqadi. Sifat to‘garaklarining asosiy maqsadi sifatni yaxshilashning tub mohiyatini anglash, texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan bog‘lik bo‘lgan takliflarni joriy qilishdan iborat. Sifat to‘garaklarini sanoati rivojlangan Yaponiya misolida ko‘ramiz. Yaponiyada 1960 yillarda sifat to‘garaklari vujudga keldi. Yaponiya territoriyasining 70% ini tog‘liklar tashkil etadi, yer osti boyliklari ham ko‘p emas. Birdan-bir yo‘l Yaponiya uchun eksport potensialini rivojlantirish edi. Yaponiyabutun bilim va zakovatini kuchli raqobatga bardosh bera oladigan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga sarflashiga to‘g‘ri keldi. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik mahsulotlar bo‘yicha Yaponiya eksportda yetakchilik qilmoqda. Yaponiyada sifat to‘garaklarining soni 1967 yilda 10 mingta yaqin bo‘lsa, 1979 yilda 100 mingni tashkil etdi. Hozirgi vaqtda sifat to‘garaklari AQSH va Yevropa mamlakatlarida faol ishlab turibdi. AQShda to‘garak a’zolari ish vaqtida haftasiga bir marta 1 soatdan yig‘ilishadi. To‘garakning ishlari esa ishdan tashqari paytda o‘tkazilib, ularga oshirilgan stavkalarda haq to‘lanadi. Ayrim G‘arbiy Yevropa kompaniyalari ham sifat to‘garaklari tashkil qilmoqdalar. Mutaxassislarning fikrlariga qaraganda, korxonalarda tuzilgan sifat to‘garaklarining 96 % i samaradorlikka ega bo‘lmoqda. Keyingi yillarda Xitoy Xalq Respublikasida ham sifat to‘garaklari ko‘payib bormoqda. 1980 yilda mamlakat bo‘yicha 400 mingdan ortiq “Sifat to‘garaklari” bo‘lsa, 1985 yilga kelib ularning soni 500 mingdan oshdi. Sifat to‘garaklari jamoaga kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, mahsulotning sifatini yuqori darajada ta’minlashga xodimlarni safarbar qiladi. Shuning uchun ko‘pgina mamlakatlarda bu masalaga birinchi navbatdagi masalalardan deb qaralmoqda. Rahbar va jamoaning hamfikrlik bilan ishlab chiqarishni amalga oshirishini hayotining o‘zi taqazo qilmoqda. Mahsulot sifatining yaxshilanishi esa korxona qudratini, qolaversa, mamlakat iqtisodiy qudratini mustahkamlashga xizmat qiladi. Download 48.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling