Servis faoliyati asoslari


Gidga qo‘yiladigan talablar


Download 322.53 Kb.
bet18/25
Sana26.06.2023
Hajmi322.53 Kb.
#1656220
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
MAVZU Xizmat ko’rsatuvchi mutaxasisning kasbiy tayyorgarligi

Gidga qo‘yiladigan talablar

Tashqi ko‘rinishi

Professional talablar

  • shaxsiy gigiyenaga rioya qilishi;

  • ozoda tashqi ko‘rinishi;

  • harakatlaridagi tartib -intizomi;

  • madaniyatli kiyinishi;

  • ish paytida chekmasligi;

  • yoqimli tashqi ko‘rinishi va h.k.

  • ekskursiya ishini bilishi;

  • eruditsiya va ma’lumotni yetkazish qobiliyati;

  • marshrut haqida to‘liq ma’lumot berishi;

  • guruhni qiziqtira olishi, shuningdek, har bir mijozga individual yondashishi;

  • milliy va xorijiy etiketni bilishi;

  • tibbiy yordam ko‘rsata olishi;

  • nostandart vaziyatlarda qaror qabul qilish qobiliyati, turli vaziyatda mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olishi;

  • nizolarni bartaraf eta olishi;

  • barcha boshqaruvchi organlar bilan ishlay olishi.

Shaxsiy fazilat

Turfirmaning talablari

  • yaxshi jismoniy sog‘liq;

  • ruhiy barqarorlik;

  • kirishimli bo‘lishi;

  • tartib-intizomli bo‘lishi;

  • xushmuomila bo‘lishi;

  • artistlik qobiliyati, rejissyor va tashkilotchi bo‘la olishi;

  • vatanparvar bo‘lishi;

  • subordinatsiyaga rioya qilishi.

  • marshrutda yuzaga keladigan barcha hodisa uchun mas’uliyatli bo‘lishi;

  • turistning xavfsizligini ta’minlashi;

  • firma tomonidan topshirilgan barcha vazifalarni bajarishi (faoliyati doirasida);

  • vaziyatni tahlil qila olish qobiliyati, xato va kamchiliklarni turist shikoyatlaridan oldinroq anglab, to‘g‘irlashi;

  • hamkasblar va hamkorlar bilan jamoada ishlay olishi;

  • optimist bo‘lishi va sarosimaga tushmasligi;

  • firma obro‘sini saqlab qolishi, aldamasligi va h.k.



Ikkinchi, mas’uliyatlilik, ya’ni turistga (ekskursantga) yordam berish istagi va zaruriy servisni taqdim etish. Agar turist (ekskursant) gidga biror iltimos bilan murojaat qilsa, uni qisqa muddatda hal qilib berish (imkon qadar birovlarga yuklamasdan) zarur.
Uchinchi, jonkuyarlik, ya’ni g‘amxo‘rlikni namoyon etish, har bir turistga (ekskursantga) individual yondashish. Shunday holatlar bo‘lishi mumkinki, biror sababga ko‘ra turist (ekskursant) xizmatlardan salbiy taassurot oladi. Gid darhol uni tushunishga harakat qilib, vaziyatni o‘zgartirish bo‘yicha chora ko‘rishi kerak.
To‘rtinchi, moddiylik, ya’ni xizmatlarni taklif etish jarayonida qo‘llaniladigan asbob-uskuna, texnologiya, xodimlar, zaruriy vositalarni bilishi. Masalan, toqqa chiqishda gid maxsus asbob-uskunalardan foydalanishni ko‘rsata olishi kerak.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, gid nafaqat guruhli yoki yakka turistga hamrohlik qiluvchi shaxs, balki menejment masalalarini talab qiluvchi xizmat ko‘rsatish standartlariga ega bo‘lgan yaxlit tizimdir. Gidning asosiy vazifasi shartnoma va ekskursiya dasturida kiritilgan xizmatlarni mijozlarga taqdim etish bo‘lib, bu yerda dastlabki tayyorgarlik ishlarisiz bo‘lmaydi.
Gid faoliyatidagi tashkiliy ishlar bir necha bosqichdan iborat.


  1. Download 322.53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling