Servis faoliyati asoslari


Turni amalga oshirishning tashkiliy va boshqaruv masalalari


Download 322.53 Kb.
bet22/25
Sana26.06.2023
Hajmi322.53 Kb.
#1656220
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
MAVZU Xizmat ko’rsatuvchi mutaxasisning kasbiy tayyorgarligi

Turni amalga oshirishning tashkiliy va boshqaruv masalalari. Bu jarayondan turistlar gidning malakasiga, xizmatlar, harajatlar qay darajada ishonchni oqlaganiga baho beradilar. Marshrut jarayonida gid ob’ektlar haqida ilhomlanib, g‘ururlanib hikoya qilishi kerak. Quruq yodlab olingan ilmiy matnni o‘qish ma’ruza qilayotganga o‘xshaydi. Gid o‘zining ruhiy kechinmalaridan kelib chiqib, faktlarni tushunarli tilda hikoya qilsagina ekskursantlarda qiziqish uyg‘onadi.

Turni tashkil etish kundalik brifing o‘tkazishni talab etadi, ya’ni gid turistlar bilan guruhdagi vaziyatni, mahalliy aholi bilan o‘zaro munosabatni, servis va taassurotlarni muhokama qilishi, yuzaga kelgan muammoni aniqlab, birgalikda yechimini topishi kerak. Odatda ikki marotaba brifing o‘tkaziladi:
- ertalabki, nonushtadan keyin, unda gid guruhni oldinda kutayotgan hodisalar, xavfsizlik choralari, yo‘ldagi sanitar to‘xtash joylari, marshrutda o‘zini tutish qoidalari haqida qisqacha eslatib o‘tadi;
- kechki, ovqatdan keyin, unda kunning natijalari umumlashtiriladi, zaruriy holatlarda o‘zgartirishlar kiritiladi, hudud to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi(o‘lka tarixi, etnografiyasi, flora va faunasi).
Turistlar (ekskursantlar) bilan ishlaganda gid qat’iyatli bo‘lishi, kerak bo‘lganda rad javobini ham bera olishi lozim. U odamlarni bir jamoa bo‘lib ishlashga yo‘naltirishi, muammo tug‘ilganda ular bilan alohida gaplashib olishi, nizo chiqarmasligi kerak.
Gid har doim guruhning barcha a’zolariga bir xil munosabatda bo‘lib, barchani suhbatga chorlashi, o‘zini ko‘rsata olgan norasmiy liderlar bilan hamkorlikda ishlashi maqsadlidir. Eng asosiysi turistlarni (ekskursantlar) milliy hunarmandchilik, an’analar va madaniyatni qo‘llab-quvvatlashga chorlashdir. Ular usta-hunarmandlarimiz yasagan suvenirlarni bajonidil harid qilishadi.

  1. Mijozlar bilan xayrlashuv. Xayrlashuv kechasini ham shunday tashkillashtirish kerakki, tur davomida turistlar ongida shakllangan yaxshi taassurotni o‘zgartirib yubormasin. Ushbu kechada turistlar o‘z fikr mulohazalarini bayon etadilar, takliflar beradilar. Ushbu takliflarni gid albatta inobatga olishi zarur. Ushbu tadbirda gid mamlakatni tark etish rasmiyatchiligi bo‘yicha ma’lumot berib, ularni jo‘nab ketish punktigacha kuzatib ham qo‘yadi.


  2. Download 322.53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling