Servis sohasi iqtisodiyoti kafedrasi «Tarmoqlar va sohalar marketingi» fanidan


BuxDU misolida xodimlar almashinuvi marketingini tashkil etilishi va yuritilishi


Download 69.05 Kb.
bet14/16
Sana03.02.2023
Hajmi69.05 Kb.
#1148926
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
G\'aybulloyev Farmon kurs ishi [1].docx 25.01.2023

2.3 BuxDU misolida xodimlar almashinuvi marketingini tashkil etilishi va yuritilishi.
Xodimlar bo‘limi.
Xodimlar bo‘limining faoliyati va vazifalari:
BuxDU хodimlar bo‘limi universitetning tarkibiy bo‘limi hisoblanadi. XB universitet Ustavi, xodimlar bo‘limi Nizomi asosida ish yuritadi. O‘z amaliy faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, universitet buyruq va ko‘rsatmalariga amal qiladi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini, Prezident Farmoyishlarni, Vazirlar Mahkamasining ta’lim va yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish haqidagi qarorlarini amalda qo‘llagan holda, universitet rahbariyati bilan birgalikda kerakli mutaxassislikka va malakaga ega bo‘lgan, ish saviyasi, uslubi talabga javob bera oladigan professor-o‘qituvchilar va xodimlar bilan ta’minlashni tashkil etadi.
Xodimlar bo‘limi tarkibida ish turlari bo‘yicha quyidagi guruhlar belgilanadi:
• professor-o‘qituvchilar, o‘quv-yordamchi, ma’muriy va xizmat ko‘rsatuvchilar tarkibi bilan ishlash;
• talabalar va yosh mutaxassislar bilan ishlash. Har bir guruhda ish xodimlar bo‘limi boshlig‘i rahbarligi ostida lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq mustaqil ravishda katta inspektor va inspektorlar tomonidan olib boriladi.
•Xodimlar bo‘limi universitet bo‘limlarida shtat jadvali tartibiga rioya qilinishini nazorat qiladi va bo‘limlar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etadi.
• Xodimlar bo‘limi o‘z ish malakalarini oshirishi, mehnat qonunchiligi asosida ichki tartib-qoidalarini bajarishlari lozim.
• Xodimlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida oliy ma’lumotli, kadrlar ishida kamida 5 yil stajga ega bo‘lganlar ishga qabul qilinadi.
• Xodimlar bo‘limi boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, universitet Ustaviga, xodimlar bo‘limi Nizomiga hamda lavozimiy yo‘riqnomaga amal qilishi zarur.
• Xodimlar bo‘limi universitet nomi yozilgan dumaloq muhrga ega.
Xodimlar bo‘limining vazifalari:
• Professor-o‘qituvchi xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, lavozimini o‘zgartirish, konkursdan, attestatsiyadan o‘tish muddatlarini aniqlab, belgilashni nazorat etish;
• professor-o‘qituvchi xodimlar va talabalar, ish, o‘qish intizomini universitet ichki tartib-qoidalari va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini buzmasliklarini nazorat qilish, shu jumladan, ularni rag‘batlantirish, moddiy yordam ko‘rsatish, intizomiy jazo qo‘llash to‘g‘risida taklif kiritish;
• universitet shtat jadvalini moliya-reja bo‘limi bilan birgalikda muvofiqlashtirish;
• kadrlar masalasi bo‘yicha boshqa yuqori tashkilotlar bilan aloqa qilish;
bakalavriatura, magistratura va doktorantura bitiruvchilarini universitetda ishlashga jalb etish maqsadida muloqotda bo‘lish;
• professor-o‘qituvchi, ishchi-xodimlar, talabalar shaxsiy ish jildini, T-2 kartochkalarini belgilangan tartibda olib borishni nazorat etish;
• professor-o‘qituvchi, ishchi-xodimlarga shaxsiy guvohnomalar, ma’lumotnomalar berish, o‘z vaqtida guvohnoma muddatining uzaytirilishini nazoratga olish;
• bitiruvchi talabalarga diplom blankalari va ilovalari o‘z vaqtida to‘g‘ri to‘ldirilishini nazorat etish;
• mehnat daftarchasi yuritish va ularning hisobini to‘g‘ri olib borish;
• harbiy xizmatga majbur bo‘lganlar, chaqiruv yoshidagi o‘smirlarning hisobini olib borish;
• nafaqa yoshiga yetgan professor-o‘qituvchi va xodimlarning taqdimnoma va hujjatlarini to‘g‘ri tayyorlash va turar joylari bo‘yicha pensiya tayyorlash ijtimoiy-ta’minot bo‘limlariga topshirilishini nazorat qilish;
• universitetdagi barcha toifali o‘qituvchi va xodimlarning belgilangan shaklda statistik hisobini olib borish;
• har oyda tuman aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoyalash bo‘limiga kvotali joylar haqida va ishchilar tarkibi haqida ma’lumot berish;
• mehnat shartnomasini yozma ravishda 2 nusxada tuzishni nazorat qilish;
• xorijga safarbarlik va mehnat ta’tili berish bo‘yicha buyruqlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish.
Bo`lim manzili: Buxoro shahar, M.Iqbol ko'chasi, 11-uy, 2-qavat, kadrlar bo’limi.


Xulosa

Mening bu kurs ishim Kirish, 2 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va tayanch iboralardan tashkil topgan. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ob’yekti, sub’yekti, tahlil qilish manbalari, kursh ishining maqsad va vazifalari izohlangan.


Xizmatlar iqtisodiyot tarmoqlarining tez rivojlanayotgan eng istiqbolli sohalaridan biri hisoblanadi. U faoliyatning keng qamrovli sohalariga ega, ya’ni savdodan, transportdan moliyagacha, sug‘urtadan va turli hil vositachilikdan iborat. Amaliyotda deyarli barcha korxona va tashkilotlar, u yoki bu darajada xizmatlar ko‘rsatadi.
Rivojlangan mamlakatlarning amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, ishlab chiqarishni murakkablashuvi hamda bozorni tovarlar bilan to‘ldirish natijasida xizmatlarga bo‘lgan talaba ham oshib bormoqda. Bizning mamlakatimizda ham xizmatlarni turli yangi hillari paydo bo‘lishi natijasida xizmatlar sohasi ishlab chiqarish soxasiga nisbatan tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bugungi kunga kelib, xizmatlar sohasini juda rivojlanib ketganligiga qaramay, xizmat tushunchasi haqida yagona bir yondashuv yo‘qdir.
Xizmat ko‘rsatish orqali biron bir narsa yaratilmaydi, ya’ni xizmat orqali faoliyat ko‘rsatiladi. Xizmatlarga ko‘pincha foydali faoliyatning barcha turlari kiritiladi. Xizmat bu – xizmat ko‘rsatuvchi va iste’molchini bevosita o‘zaro faoliyatining natijasidir, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchini iste’molchi extiyojini qondirish bo‘yicha faoliyatidir. Xizmatlar bozori ikki sababalarga ko‘ra boshqa bozorlarga umuman o‘hshamaydi.
Birinchidan, xizmatlar to u ko‘rsatilmaguncha mavjud bo‘lmaydi. Bu esa uni ko‘rsatilmaguncha taqqoslashni va baholashni amalga oshirib bo‘lmasligini bildiradi.
Ikkinchidan, xizmatlarga yuqori darajadagi mavxumlik mavjuddir, bu esa mijozni noqulay xolatga tushuradi, xizmatni ko‘rsatuvchilar esa o‘z xizmatlarini bozorga yo‘naltirishda qiynaladi. Xizmatlar bozorini ushbu o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, ularni ko‘rib bo‘lmaslik, ushlab bo‘lmaslik, saqlab bo‘lmasliq, sifatini tez-tez o‘zgarib turishi ishlab chiqarishni va iste’molni bir-biridan ajratib bo‘lmaslik xizmatlar marketingin o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlab beradi.
Xizmatlar marketingi – mijozlarning o‘ziga xos ehtiyojlarini aniqlashga yo‘naltirilgan xizmatlarni ishlab chiqish, ilgari surish va amalga oshirish jarayonidir. U mijozlarga servis firmasi xizmatlarini baholash va to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishga yordam berishi ko‘da tutilgan. Mijozga moddiy shaklga ega bo‘lmagan bir narsa beriladi, mijoz esa bundan naf va foyda olishi lozim bo‘ladi.
Xizmatlar marketingida taqdim etishda xizmatlar ustunlik qiladi, tovarlar esa ularni to‘ldiradi. Masalan, soch olish bahosining asosiy qismini sartarosh foydalanayotgan uskuna emas, u sarflayotgan vaqt tashkil etadi.
Xizmatlar marketingi – mijozlarning o‘ziga xos ehtiyojlarini aniqlashga yo‘naltirilgan xizmatlarni ishlab chiqish, ilgari surish va amalga oshirish jarayonidir. U mijozlarga servis firmasi xizmatlarini baholash va to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishga yordam berishi ko‘da tutilgan.
Xizmatlar marketingi – ular tufayli har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ekt xizmatlari mijozlargacha yetib boradigan harakatlar. Xizmatlar marketingida taqdim etishda xizmatlar ustunlik qiladi, tovarlar esa ularni to‘ldiradi.
Xizmatlar marketingiga xizmatlar turlanishi, iqtisodiyotda xizmatlar o‘rni va servis firmalarnning marketingdan foydalanishi nuqtai nazaridan qarab chiqish mumkin.
Xizmat qiluvchi xodim sotish va xizmat ko‘rsatish, to‘lovlarni uddalash va ta’mirlangan tovarlarni yetkazib berish singari turli vaziyatlarda mijozlar bilan hamkorlik qilish uchun tayyorlangan bo‘lishi lozim.
Servis marketingining bazaviy qoidalari amerikalik tadbirkor Sayers Makkornik tomonidan ifoadalab berilgan. U birinchi kombayn loyihasini tuzgan va faqat texnika sohasida ma’lumotga ega bo‘lgan holda zamonaviy marketingning bozorni o‘rganish va tahlil qilish, servis xizmatlari ko‘rsatish va narx siyosatini tanlashning asosiy tamoyillari kabi asosiy yo‘nalishlarini ifodalab bergan.
Xizmatni iste’molchi iste’mol qiladi, ammo odatda xizmat xodim tomonidan ko‘rsatiladi. Bu hol adabiyotlarda “marketing menejeri” deb qayt etiladi. Marketing menejeri xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni boshqarishi va yo‘naltirishi lozim bo‘ladi.
Natijada marketing menejeri bir vaqtda ikkita vazifani bajarishga, ya’ni marketing boshqaruvini va aloqadagi xodimlarni boshqarishga to‘g‘ri keladi.
Xizmatlar sohasining ahamiyatini yanada oshib borishi va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lishini tushunish uchun xo‘jalik xayotida muhim rol o‘ynaydigan xizmatlarning o‘z mohiyatini chuqur o‘rganish lozim. Xizmatlar sohasini turli tuman xizmatlarni ishlab chiqish bilan band bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va faoliyat turlari majmuasi sifatida aniqlash mumkin. Bozor iqtisodiyotida xizmatlar sohasi bozor va nobozor sohalarini o‘z ichiga oladi. Xizmatlar sohasining bozor sohasini xizmatlar bozori tashkil etadi. Xizmatlar sohasining nobozor tarmog‘i aholiga davlat va notijorat xizmatlari ko‘rsatish tizimi tashkil etadi va uning infartuzilmasini doimo takomillashtirish talab etiladi.

Download 69.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling