Servis sohasi iqtisodiyoti kafedrasi «Tarmoqlar va sohalar marketingi» fanidan
-jadval Xizmatlarining turkumlanishi
Download 69.05 Kb.
|
G\'aybulloyev Farmon kurs ishi [1].docx 25.01.2023
1.2-jadval
Xizmatlarining turkumlanishi (jadval rasmi) Xizmatlarni absolyut va utilitar kabi turlarga farqlash ularning iqtisodiy tabiatidan kelib chiqadi. U yoki bu xizmatning o‘z qimmatdorligi unga absolyut qimmatdorlik xarakterini beradi (masalan, aniq bir artistning chiqishi). Shu davrda utilitar xizmatlar faqat ishlab chiqarish ehtiyojlarini (masalan, ta’minot, sotish va boshqalar) xamda noishlab chiqarish ehtiyojlarini (masalan, uy-kommunal xo‘jaligi xizmatlari va boshqalar) qay darajada qondirishi holatidagina zarur bo‘ladi. Xizmatlarning eng keng tarqalgan sohalari bo‘lib, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari hisoblanadi. Shuning uchun xizmatlarni ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga turkumlanishini ko‘prok uchratish mumkin. Qoidaga ko‘ra ishlab chiqarish sohasida xizmatlar ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘ladi (yuklarni tashish, xo‘jalik kommunikatsiyalari va hakozo). Bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmatlarning tijoratlashuviga katta e’tibor beriladi. Bundan kelib chiqib xizmatlarni tijorat va notijorat turlariga bo‘lish mumkin. Tijorat xizmatlari tovar xarakteriga ega bo‘ladi va foyda olish maqsadida yoki boshqa iqtisodiy manfaat olish maqsadida ishlab chiqarish emas. Aholi turmush darajasining o‘sishi bilan tijorat xarakteridagi xizmatlarning salmog‘i. Xizmatlarning legitimliligi darajasi jamiyatning ijtimoiy – siyosiy tuzilishiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Ma’muriy-bo‘yruqbozlik xo‘jalik yuritishida nolegitim bo‘lgan xizmatlar (masalan, tijorat chayqovchiligi) bozor iqtisodiyotida legitim bo‘ladi (erkin savdo). Iqtisodiy rivojlanish, siyosiy demokratlashish va aholining xuquqiy ongi darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, nolegitim xizmatlarning tarqalish sohalari shunchalik kam bo‘ladi. Ko‘pchilik davlat, notijorat xizmatlari eksternaliyalarga (tashqi ta’sir) ega bo‘ladi. Bu holatning mavjudligi ularni xususiy ne’mat sifatida qarashga yo‘l qo‘ymaydi. Ijtimoiy ne’matlar sifatida xizmatlar quyidagicha tavsiflanadi: -bir butunlik, ya’ni ularni ayrim shaxslarga ko‘rsatib bo‘lmaslik; -ajratib bo‘lmaslik, ya’ni individni ushbu xizmatlardan foydalanish jarayonidan ajratib bo‘lmaslik; -ushbu turdagi xizmatlarni iste’mol qilishni me’yorlashning murakkabligi. Yuqorida kayd etilgan xizmatlarni turkumlashtirish guruhlashtirishidan tashqari ularni moddiy (moddiy ehtiyojlarni qondirish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita bog‘langan) va nomoddiy (ma’naviy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘lik bo‘lgan), oddiy (standart xizmat ko‘rsatish) va murakkab (kompleks xizmat ko‘rsatish), faol va passiv, kungilli va majburiy va hakozolarga tabaqalashtirish mumkin. Mohiyati bo‘yicha tavsifnomalarini ko‘pligini e’tiborga olgan holda xizmatlarni foydali samarasi buyum shaklida emas, balki faoliyat shaklida insonga yoki buyumga qaratilgan mehnat maxsuli sifatida qarash mumkin. Bunda xizmatlarga quyidagicha ta’riflar berish mumkin: -his qilib bo‘lmaslik, manbaidan ajratib bulmaslik, sifatining beqarorligi, saqlanmasligi kabi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan mehnat maxsuli sifatida; -inson yoki buyumga qaratilgan faoliyat. Boshqacha qilib aytganda, xizmat, uni ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘ladi va inson yoki buyum tomonidan iste’mol qilinadi; -o‘ziga xos foydali narsalarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish jarayoni bo‘lib, qoidaga ko‘ra ularni yaratish tabiat buyumini o‘zgartirish bilan bog‘lik bo‘lmaydi va shu vaqtning o‘zida inson xayot faoliyati xarakterini xamda buyumlarni foydaliligini o‘zgartira oladi. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarishda xizmatlarning roli yuqoridir. Yaqin kunlargacha xizmatlar sohasini noishlab chiqarish sohasi bilan bir xil deb hisoblashar edilar va bu sohaga quyidagi sohalarni kiritishar edilar: -uy-joy kommunal xo‘jaligi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish; -noishlab chiqarish sohasi va aholiga trasport va aloqa xizmatini ko‘rsatish; -geologiya va yer osti boyliklarini qidirish (neft va tabiiy gazni chuqur qidirish va burg‘ulashdan tashqari); -sog‘likni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta’minot; -maorif; -madaniyat va san’at; -moliya-kredit va sug‘urta xizmati; -boshqarish; -jamoat tashkilotlari; Natijada xizmatlar sohasidan yuk transporti va aloqa, savdo va umumiy ovqatlanish, turizm xamda mexmonxona biznesi chiqarib tashlangan edi. F.Kotlerning ta’kidlashicha, xizmatlar sohasi tarmoqlari nihoyatda turli tumandir. Xizmat ko‘rsatish sohasiga davlat sektori o‘z sudlari, mehnat birjalari, kasalxonalari, ssuda sinflari, militsiya, yong‘inga qarshi xavfsizlik xizmati, pochta, tartibga solish organlari va maktablari bilan, xususiy notijorat sektori o‘z muzeylari, xayr-exson tashkilotlari, masjidlari, kollejlari, jamg‘armalari va kasalxonalari bilan kiradi. Xizmatlar sohasiga tijorat sektorining aviakompaniyalari, banklari, kompyuter xizmat ko‘rsatish byurolari, mexmonxonalari, sug‘urta kompaniyalari, yuridik firmalari, boshqaruv bo‘yicha maslahat firmalari, xususiy faoliyat yurituvchi shifokorlar, kinofirmalar, santexnika ta’miri bo‘yicha firmalar, ko‘chmas mulkni sotuvchi firmalar kiradi. Xizmatlar sohasini bunchalik keng tavsiflanishiga qaramay, F.Kotler xizmatlar sohasi faqat yuqorida keltirilgan sohalar bilan cheklanmaydi deb ta’kidlaydi. Xizmatlar sohasini bafsil ta’riflashga Lovelok urinib ko‘rgan va uni V.D.Markova o‘z bayonida quyidagicha keltirib o‘tgan (11.3-jadval). Download 69.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling