Servis sohasi iqtisodiyoti kafedrasi «Tarmoqlar va sohalar marketingi» fanidan
Xizmatlar marketingini tuzishning oʻziga xos yoʻllari
Download 69.05 Kb.
|
G\'aybulloyev Farmon kurs ishi [1].docx 25.01.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1-jadval Xizmatlar marketingi konsepsiyasi shakllanishining asosiy bosqichlari
1.2 Xizmatlar marketingini tuzishning oʻziga xos yoʻllari.
Xizmatlar marketingining shakllanish tarixi Servis marketingining bazaviy qoidalari amerikalik tadbirkor Sayers Makkornik tomonidan ifodalab berilgan. U birinchi kombayn loyihasini tuzgan va faqat texnika sohasida ma’lumotga ega bo‘lgan holda zamonaviy marketingning bozorni o‘rganish va tahlil qilish, servis xizmatlari ko‘rsatish va narx siyosatini tanlashning asosiy tamoyillari kabi asosiy yo‘nalishlarini ifodalab bergan. Marketing konsepsiyasi shakllanining asosiy bosqichlariga 1.1-jadvalda tavsif berilgan. 1.1-jadval Xizmatlar marketingi konsepsiyasi shakllanishining asosiy bosqichlari (jadval rasmi) XX asrning 80-yillar boshlariga qadar xizmatlar marketingi moddiy-buyum shaklidagi tovarlar marketingidan hech qanday farq qilmasligi lozimligi haqida faol bahs-munozaralar olib borilgan bo‘lib, bu munozaralar tovarlar va xizmatlarni farqlash mezoni juda tortishuvli ekanligi bilan izohlanardi. Faqatgina xizmatlar sohasida marketing to‘laqonli fan sohasiga aylanadi. Chunki tovar marketingdan farqli o‘laroq, nafaqat ishlab chiqaruvchining xohish va faoliyati, balki iste’molchining ham xohish va ehtiyojlarini, xodimlar psixologiyasini ham ehtiborga olishga zarurat tug‘iladi. Takidlashimiz joizki “biznes”ning asosiy vazifasi tovar va xizmatlarni sotishdir. Shubhasiz ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish marketingida buxgalteriya hisobi, bank ishi, sug‘urta va logistika faqatgina vositalar hisoblanadi. Vaholanki xizmatlar marketingi yuqori foyda olish va mahsulotni sota bilish garovidir. Xizmatlar sohasining an’anaviy tarmoqlari bilan bir qatorda har doim yangi xizmatlar paydo bo‘la boshlaydi. Ta’kidlab o‘tganimizdek xorij olimlari xizmatlar sohasiga o‘tgan asrning 50-60 yillarida e’tiborlarini qaratdilar. Xizmatlar marketingi sohasidagi ilk izlanishlar 70 – yillar boshidan paydo bo‘ldi. Hozirgi kunga kelib xorijda xizmatlar marketingi va menejmentini o‘rganuvchi ko‘plab ilmiy izlanish markaz va guruhlari mavjud. Bu mavzuga bag‘ishlangan dastlabki milliy nashrlar 90 – yillar oxiriga kelib paydo bo‘ldi. Hozirgacha xizmatlar marketingini o‘rganuvchi bir qancha markazlar shakllandi, yurtimiz olimlarining bir qator monografiya va jamoaviy ishlari chop etildi. Bu soha ustida xorijda amalga oshirilgan ko‘p yillik izlanishlar natijasi o‘laroq xizmatlar marketingining turli modellari taklif etildi. Shular jumlasiga quyidagilarni aytib o‘tishimiz mumkin: Jon Ratmel modeli (J.Ratmelning xizmatlar marketingi konsepsiyasi). Dastlab J. Ratmel tomonidan tarixiy shakllangan ushbu xizmatlar marketingi 1974 yilda ishlab chiqilgan. “Xizmatlar marketingi” tushunchasi 1970– yillarda g‘arb adabiyotlarida paydo bo‘lgan “xizmatlar sohasida revalyutsiya” tushunchasiga javob tariqasida endigina vujudga kelayotgan edi. Ushbu modelning asosiy maqsadi faqatgina xizmatlar marketingiga tavsif berish emas, balki ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarda mahsulot va xizmatlar, mahsulot marketingi va xizmat marketingini tasniflash qilishdan iborat. Modelning sxematik surati 1.2– rasmda keltirilgan. (rasm)
Download 69.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling