Servis xizmati fanidan


Download 359.02 Kb.
bet1/2
Sana29.10.2020
Hajmi359.02 Kb.
#138108
  1   2
Bog'liq
F.Muqimova Norxol


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS

TA'LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

320- GURUH MEHNAT TA’LIM YO'NALISHI

3-KURS TALABASI

Servis xizmati fanidan


QARSHIYEVA NORXOLNING

10-VARIANT


ORALIQ NAZORAT ISHI

Topshirdi : N.Qarshiyeva

Qabul qildi: F.Muqimova

10-variant
1. Kiyim funksiyasi.
2. Zamonaviy kiyim assortimenti tasnifi.
3. Ayollar ko’ylagining eskizini chizish.


  1. Kiyim funksiyasi

Kiyim ma’lum talablarga javob berishi kerak. Bular gigiyenik, estetik va
texnikaviy talablar. Ommaviy tarzda tikiladigan kiyimlar esa bundan tashqari
tikish texnologiyasiga mos konstruksiyali va tejamli bо‘lishi kerak.
Har qanday kiyim gigiyenik va texnikaviy jihatdan uning nimaga mо‘lallanganiga
mos bо‘lishi zarur. Masalan, issiq saqlaydigan kiyim issiqlikka yuqori darajada
qarshilik kо‘rsatadigan, plash suv о‘tkazmaydigan, ich kiyim va yozlik kiyim esa
havo va bug‘ni yaxshi о‘tkazadigan, nam shimadigan bо‘lishi kerak. Har qanday
kiyim ma’lum daraja pishiq, chidamli bо‘lishi, maksimal darajada yengil va mayin
bо‘lishilozim Kiyim tevarak atrofdagi muayyan iqlim sharoitida odamning mehnat qilishi,
dam olishi, sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay bо‘lishi kerak. Qulay kiyim
deganda, odam badani atrofida havo tarkibi atmosferadagiga yaqin keladigan
maqbul sun’iy iqlim hosil qila oladigan kiyim tushuniladi. Kiyim loyihalashda
kiyim tagi bо‘shlig‘idagi havo almashib turishi, ya’ni odam badanidan chiqqan
bug‘ va karbonat angidrid о‘z vaqtida kо‘tarilib ketishi zarurligi ham hisobga
olinadi. Odam faqat о‘pkasi bilan emas, balki terisi orqali ham nafas oladi. Bunda
odam terisi tashqi muhitdagi kislorodni yutib, tashqariga karbonat angidrid
chiqaradi. Natijada kiyim tagida ba’zan kо‘pgina miqdorda karbonat angidrid
tо‘planib qoladi. Karbonat angidrid va namlikni yо‘qotib turish uchun kiyim
tikilgan gazlama havo va bug‘ni yaxshi о‘tkazadigan bо‘lishi kerak. Shuning
uchun sintetik materiallardan tikilgan kiyimlarning old va ort bо‘laklari, yengi kabi
joylarida havo almashinadigan tо‘r yoki teshiklar bо‘lishi zarur. Qо‘sh qavat
gazlamalardan tikilgan kiyimlar esa kengroq qilib bichiladi. Tashqi havo issiq
bо‘lganda, ish intensiv bajarilsa, tez yurilsa yoki yugurilsa, shuningdek haddan
tashqari issiq kiyilsa, badan ortiqcha isib ketib, teri yuzasidan faqat bug‘
shaklidagina emas, balki ter shaklida ham namlik ajralib chiqadi. Bunday terni
yо‘qotib turish uchun kiyim materiali namni juda yaxshi shimadigan bо‘lishi
kerak. Bunga asosan ich kiyim loyihalashda katta e’tibor beriladi. Demak, kiyim
tagidagi mikroiqlim sharoiti qulayligini saqlab turish uchun ich kiyim tikiladigan
gazlamalar tashqi issiqlikni kam о‘tkazadigan bо‘lishi bilan birga, quruq holda
ham, nam holda ham havoni yaxshi о‘tkazadigan, ya’ni badandan ajralayotgan
karbonat angidrid bilan namlikni yо‘qotib turadigan bо‘lishi kerak. Bundan
tashqari, ich kiyim materiali kо‘proq nam tutib turadigan, ya’ni shimib olgan
namlikni tashqi muhitga sekinlik bilan berib quriydigan bо‘lishi kerak. Ich
kiyimlar kо‘proq zig‘ir tola gazlamadan tikilishining sababi ham shunda, chunki
bunday gazlamalarning gigroskopik (nam shimish) xususiyatlari juda yaxshi
bо‘ladi.
Havo harorati past paytlarda kiyim asosan muhofaza qilish vazifasini
bajarib, badandan chiqqan issiqlikni tashqi muhitga kamroq о‘tkazadi. Odam
badani chiqarayotgan issiqlik bilan uning tashqi muhitga berayotgan issiqligi
qiymatlari teng bо‘lgandagina odam badanining harorati bir xilda saqlanishi
mumkin. Qishki kiyim organizmning issiqlik sarflashini kamaytirib, odamning
salomatligi va ish qobiliyatini saqlashga kо‘maklashadi. Qishki kiyim uchun
ishlatiladigan gazlamalar tajriba yо‘li bilan aniqlanib tanlanadi.
Loyihalanayotgan kiyimning issiqlikka qarshiligi qancha bо‘lishi kerak
ekanini bilish uchun odam sarflaydigan energiya miqdorini, tashqi muhit
haroratini, shamol tezligini va kiyimning havo о‘tkazuvchanligini hisobga olish
kerak. Ekspluatatsiya qilish sharoitiga mos kiyim tikish uchun quyidagi
kо‘rsatkichlarni bilish kerak:
-kiyim kiyib yuriladigan joydagi atmosfera havosining harorati va shamolning shuyerda eng kо‘p bо‘lib turadigan tezligi;
-kiyimni kiyishi mо‘ljallangan odamning о‘rtacha energiya sarflashi;
-odamning belgilangan sharoitda qancha vaqt uzluksiz bо‘lishi.
Kiyim vaznining ham juda katta ahamiyati bor. Kiyim og‘ir bо‘lsa, u
odamni tez charchatadi, yelkalarni og‘ritib qо‘yadi, kishining ish qobiliyatini
kamaytirib yuboradi. Adabiyotlar tahlili shuni kо‘rsatadiki, erkaklarning qishki
kiyimi (poyafzal, bosh kiyimi bilan birga) kamida 7975 g, ortig‘i bilan 9742 g,
yozgi kiyimi esa 2629-4373 g bо‘ladi.
Demak, qishki kiyim og‘irligi yozgi kiyimdan 2,5 barobar ortiq ekan. Bu,
albatta, qulay emas. Shuning uchun qishki kiyimning issiqlik saqlash xususiyatini kamaytirmay turib, uni mumkin qadar yengillashtirish zarur [5].
Kiyim yurilganda xilma-xil ta’sirlarga uchraydi va turlicha
derofrmatsiyalanadi. Chо‘zadigan kichik- kichik kuchlar kо‘p martalab ta’sir
etib, materialni urintirib qо‘yishi natijasida kiyimning tirsak va tizza atrofidagi
joylari, chо‘ntaklari va boshqa joylari bо‘rtib qoladi. Bunday deformatsiya
natijasida kiyimning tashqi kо‘rinishi buziladi, hatto о‘sha joylari yirtila
boshlaydi. Shuning uchun kiyimning eng kо‘p deformatsiyalanadigan joylariga
shu yerga ta’sir etadigan kuchning bir qismini sо‘ndiradigan qо‘shimcha detallar
qо‘yiladi. Kiyim old bо‘lagidan adip qotirmasi, shimning astari, chо‘ntakdagi
bо‘ylamalar shular jumlasidandir.
Ommaviy tikiladigan kiyimni loyihalashda hisobga olinishi lozim bо‘lgan
muhim talablardan biri kiyim konstruksiyasining texnologiyabop bо‘lishidir.
Kiyim konstruksiyasining texnologiyabopligi deganda, kiyim detallarining,
uzellarining va umuman, kiyimning konstruksiyasi eng mukammal texnologiyadan foydalanib tikishga imkon beradigan, mehnat unumdorligini о



  1. Zamonaviy kiyim assortimenti tasnifi.

Zamonaviy kiyimlar assortimenti

Tikuvchilik sanoatida qabul qilingan kiyimlaming sinflanishi uning vazifasini aniqlab beruvchi himoya funksiyasi belgisiga ko‘ra aniqlanadi. Bu belgiga ко ‘ra kiyimlami 3 ta sinfga bo ‘lish mumkin:



  • maishiy kiyimlar;

  • sport kiyimlari;

  • ishlab chiqarish kiyimlari.

Maishiy kiyimning vazifasi odam organizmini iqlimiy ta’sirlar- dan himoya qilishdir. Sport kiyimlari sportchining tanasini turli xil shikastlardan saqlash bilan birga, uning sport sohasida katta yutuqlarga erishishi uchun zamin tayyorlashdir. Ishlab chiqarishga oid kiyimlar odamni

nafaqat iqlimiy ta’sirlardan, balki ishlab chiqarish ta’sirlaridan muxofaza qilishdir. Bu kiyim sinflari o‘z navbatida kichik sinflarga, turlarga, guruh va kichik guruhlarga bolinadi. Ayniqsa, maishiy kiyimlar sinfi ko‘p sonli bo‘lib, ular o‘z navbatida foydalanish sharoitiga qarab quyidagi kichik sinflarga bo ‘linadi:



  • ich kiyimlar;

  • ko‘ylak-kostyumlar;

  • ust kiyimlar (palto, kalta paltolar, plashlar, kurtka va hokazo);

  • korset buyumlari;

  • bosh kiyimlar (kepka, furajka, beretka, shapka, shlyapa, panama va hokazo);

  • turli xil qoMqoplar.

Harbir kichik sinf o‘z navbatidayana turlaiga boMinadi. Masalan, ko‘ylak-kostyumli kichik sinfiar guruxi quyidagi turlarga boMinadi: pidjaklar, jaketlar, kurtkalar, jiletlar, shimlar, ko‘ylaklar, yubkalar va hokazo.

.Tins va yosh alomatlariga ko‘ra kiyimlami quyidagi guruhlarga: erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlariga ajratiladi. Bolalar kiyimi yoshiga ko‘ra o‘z navbatida quyidagilarga bo Minadi:



  • chaqaloqlar kiyimi;

  • yasli yoshidagi o‘gMl va qiz bolalar kiyimi;

  • maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimi;

  • maktab yoshidagi bolalar kiyimi;

  • о ‘smirlar kiyimi.

Kiyimlar yilning qaysi faslida kiyilishiga qarab: yozgi, qishki, bahorgi-kuzgi kiyim turlariga boMinadi. Bu kiyimlar qayerga kiyilishiga qarab quyidagilarga: kundalik kiyim;

  • uy kiyimi;

  • tantanali kiyim;

  • ish kiyimlariga ajratiladi.

Sport kiyimlari sinfi sport turiga qarab kichik sinflarga, yosh va jins alomatlariga qarab guruhlarga boMinadi.

Ishlab chiqarish kiyimlari esa vazifasiga ko‘ra quyidagi 3 ta kichik sinflarga bo Minadi:



  • maxsus kiyimlar;

  • forma kiyimlari;

  • texnologik kiyimlar.

Maxsus kiyim — odamni zararli muhitdan (mexanik ta’sirlar- dan, past va yuqori haroratlardan, radioaktiv moddalardan, rentgen nurlaridan, kislota, ishqor, yog‘ va h.k. ta’sirlardan) muxofaza qiladi va kishining ish qobiliyatini saqlashga yordam beradi. Maxsus kiyimlar maishiy kiyimlarga o‘xshab o‘z navbatida guruhlarga boMinadi. Ularga kurtkalar, shimlar, kombenizonlar, plashlar va hokazolar kiradi.

Forma kiyimlari — temir yoM ishchilari, harbiylar, aviasiya, daryo va dengiz xodimlari va boshqalar uchun tikiladi. Ularga shinel, palto, kitel, shim, kostyum, kuylak, ich kiyim va boshqalar kiradi.




Texnologik kiyim — tibbiyot va yuqori aniqlikni talab qiladigan ishlab chiqarishda odamni mehnat predmetlaridan muhofaza qilish uchun moMjallangan kiyimlar hisoblanadi.

Ishlab chiqarish kiyimlari ham maishiy kiyimlar singari yilning qaysi faslida kiyilishiga qarab: yozgi, qishki, bahorgi-kuzgi kiyim turlariga boMinadi.



Kiyimga qo‘yiladigan talablar

Kiyimni loyihalash kiyimga qo‘ydadigan talablardan boshlanadi. Har qanday tikuvchilik buyumlariga aniq belgilangan talablar qo‘ydadi. Kiyimga iste’molchi va ishlab chiqarish talabi

qo‘ydadi.

Iste’mol chining talabi o‘z navbatida quyidagilarga bo ‘linadi:



  1. Gigiyenik talab.

  2. Ekspluatasion talab.

  3. Estetik talab.

G i g i e n i к talablar deganda, shuni tushuniladiki, kiyimdan foydalanganda kiyim odam sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi, erkin harakatlanish vaqtida halaqit bermasligi kerak, ya’ni yozda kiyiladigan kiyimlar yengil, havo o‘tkazuvchan boMishi, quyosh nurini qaytaruvchan boMishi, namni shimuvchan boMishi kerak. Bunda gazlama asosiy rol o‘ynaydi. Kiyim tabiiy tolali gazlamalardan tikilishi talab qilinadi. Masalan: paxta, ipak, jun, iig‘ir tolali gazlamalar juda yaxshi, gigiyenik hisoblanadi.

Qishki kiyimlar odam tanasidan chiqqan issiqlikni saqlovchi, yengil va qulay boMishi kerak. Shuning uchun qishki kiyimlar ko‘pincha jun tolali gazlamalardan tikiladi. Kiyimga ishlov berishda iloji boricha yengil boMishiga, bichimi esa qulay boMishiga e’tibor berish kerak. Kuzgi va bahorgi kiyimlar esa haroratning pastligi va yogMngarchilik ko‘pligiga asoslanib ko‘proq sintetik tolali gazlamalardan tikiladi.Ekspluatasion talablar deganda, kiyimning vazifasiga va foydalanish sharoitlariga mosligi, qulayligi, chidamliligi, ishon- chliligi, shaklining barqarorligi tushuniladi. Kiyilish davrida kiyim turli mexanikaviy va biologik ta’sirlarga duch keladi, nam vaqtida buraladi. Kiyim ana shu ta’sirlarga chidamli boMishi kerak.

Bunday ta’sirlardan kiyim sitiladigan, cho‘ziladigan, rangini o‘zgartiradigan yoki Mjimlanadigan boMsa u uzoqqa chidamaydi. Shuning uchun gazlamaning xususiyatlarini e’tiborga olgan holda kiyim modelini to‘g‘ri tanlash kerak, ya’ni cho‘ziluvchan, sitiluv- chan, gazlamalardan kengroq burmalangan kiyimlar tikilgani ma’qul.

Undan tashqari kiyimning yoqalari, yenglari, bortlari, cho‘ntak ogMzlari ko‘p ishqalanadi. Bu yerlarga puxta texnik ishlov berish kerak. Aks holda kiyim o‘z ko‘rinishini yo‘qotadi.



Estetix talablar deganda kiyimning moda yo‘nalishiga mosligi, yangi gazlamalardan tikilganligi, yangi bezaklar ishlatilganligi iste’molchilaming estetik didlarini qondirishi tushuniladi.



3.Ayollar ko’ylagining eskizini chizish

Yelka qismi va yeng o`mizini modellash (kengaytirish, turli shakldagi yeng o`mizlarini o`zgartirish).





Download 359.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling