Serviz xizmati


Birinchi bo’lib, ayollar modasiga erkaklarnikiga o’xshagan kostyumni 1928 -yilda Gabrielь SHanelь kiritdi


Download 0.6 Mb.
bet6/23
Sana05.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#208276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Birinchi bo’lib, ayollar modasiga erkaklarnikiga o’xshagan kostyumni 1928 -yilda Gabrielь SHanelь kiritdi.

20-yillarda Evropa modasining rivojlanishiga sovet rassomlari N. Lomanova, V.Muxina, A.Ekster katta hissa qo’shdilar. Ular ishchilar kiyimlarini modellashtirishda xalq milliy kiyimining bichimini asos qilib olishdi.

30-yillarga kelib jahonda ommaviy kiyim ishlab chiqarish rivojlandi. Ayollar kiyimida to’g’ri, badanga ozgina yopishib turadigan va belga yopishib turadigan siluetlar paydo bo’ldi.

Kiyim haqida gapirganda Moda nima degan savol tug’ilishi mumkin. Moda - lotincha so’z (modus -ish o’lchami, usuli, yo’sini); bizlar uchun esa bu biron diddagi kiyimning vaqtincha ko’payganligi.

Modani "tan olish" yoki "tan olmaslik", undan zavqlanish yoki xafa bo’lish, uning ijodkori yoki quli bo’lish mumkinu, lekin modadan chetda bo’lish mumkin emas ekan. Demak, moda sosial hodisa, jamiy hayotining bir qismi ekan.Moda,kostyum, hamma vaqt jamiyatdagi muayyan tabaqalardan, mavqelardan ajralmas. Demak moda -sinfiy hodisa.

Kiyim - birinchi zarur narsa, u turli sanoat tarmoqlarida ishlab chiqariladi, juda katta magazin tarmokdarida sotiladi. SHunday qilib, moda iqtisodiy hodisa.

Moda kostyum yaratish san’ati sifatida, boshqa san’at turlari qatori estetik hodisa, alohida mamlakat, alohida davr, umuman insoniyat badiiy madaniyatining bir qismi.

Har bir kishi modani o’zicha idrok etadi; bu uning yoshiga, tabiatiga, e’tiqodiga, madani;:tiga, xullas -shaxsiyatiga bog’liq. Moda har birimiz uchun ichki dunyomizning bir qismi, psixologik hodisa; unga munosabat, uni tanlash esa - ma’naviy hodisa.

Did masalasi ham oddiy masala emas. Did - bu avvalo, hamma narsadagi (nimani,qaerda kiyishni, o’zining tashqi qiyofasiga qanday munosabatda bo’lishni,o’zini qanday tutishni va hokazo bo’lishdagi) me’yor tuyg’usi. Kiyim - bu badanni yopadigan nimaiki bo’lsa hammasi.

Libos -"kiyim-kechak" so’zlari odatda hozir "ansambl" (fransuzcha ensemble -"birgalikda") deb yuritiladitan tushunchani yoki tarkibiy qismlarining, qo’shimcha bezaklarining xarakteriga, rangi, fakturasiga va hokazoga qarab ma’lum marosimlarga mo’ljallangan kostyumni bildiradi.

Garderob -so’zining dastlabki ma’nosi -"kiyimxona" bo’lib, hozirda ham "kiyim shkafi", "kiyim turadigan joy'* ma’nosini bildiradi. Lekin bir kishining kiyimlari yig’indisi ham garderob deyiladi.

Eng muhim termin — kostyum (fransuzcha costyme — kiyinish), kiyimnint mazkur xalq, tabaqa, davr uchun turg’un, tipik umumiy bo’lgan formasi shu termin bilan ataladi.

Proporsiyalar — bu kostyum qismlarining o’lchamlariga binoan birbiriga va odam gavdasiga taqqoslangan nisbatlari. Kiyimning bo’yi, eni, ko’krak qismi bilan yubkasining, englarining, yoqasining, bosh kiyimining, detallarining hajmi, uzunligi, kostyum kiyilgan qadqomatni ko’rib idrok etishga, uning o’lchamlari monandligini fikran baholashga ta’sir ko’rsatadi.

Rang — kostyumdagi eng ifodali vositalardan biri. U odamlarning kayfiyatiga, ahvoliga, hissiyotita qattiqta’sir qiladi. Odamning rangni idrok etishi atrof — tabiat sharoitida tabiiy yo’l bilan tarkib topgan bo’lib, har qanday individual xususiyatlar mavjudligiga qaramay, rangni idrok etishda ilmiy asoslangan umumiy qonuniyat bor. Masalan: qizil rang — quyosh, olov, qon, hayot ramzi. Bu rang odatda quvonch, nafosat, yaxshilik, iliqlik bilan bog’liq: lekin yana tashvishni, xatarni, hayot uchun xavfni ham bildiradi.

Oq rang — ko’pincha yangilik, ozodalik, yoshlik ramzi, lekin sokinlikni, jonsizlik va hatto ba’zi hollarda motamni ham bildiradi.

Qora rang — fizika nuqtai nazaridan bo’shliq, nur va rang yo’qligi; uning an’anaviy ma’nosi — hamma "tunlik", yomon, insonga dushman narsalar, g’amg’ussa va o’lim.

Boshqa ranglar ham "mazmun mohiyatiga" ega, lekin bu anchagina shartli va har xil.

Uslub — tartib, sistema ma’nolarini bildiraditan "ba" arabcha so’z yunon tilidan — stubeus — mumga yozish uchun uchi ochilgan cho’p qalam so’zining adabiyot va san’atga nisbatan ma’nosini aynan bildiradi. Uslub (stilь) adabiyot va san’atda asarning, aztorning yo’li, xarakteri, g’oyaviybadiiy xususiyatlarini bildiradi.

Kiyimga nisbatan olganda uchta asosiy uslub bor. Klassik uslub — (boshqacha aytganda — odmi, ishbop, xushbichim) eng turgun, asrlar mobaynida "tanlangan", deyarli o’zgarmaydigan, "modadan tashqari". Kostyum-shim yoki kostyum-shimnimcha, "inglizcha" palьto, plashch erkaklar kiyimida, engli ko’ylak, bluzka yoki sviter bilan sarafan, to’g’ri va taxlama yubkali "shanelь" kostyum ayollar kiyimida klassik hisoblanadi.

Sport uslubidagi kiyim — (sport mashg’ulotlari uchungina emas) harakat qilish uchun, turli ishlar uchun, aktiv dam olish uchun qulay.

Romantik uslub — bu "fantaziya", "xotiralar", "izlanishlar" sohasi. Bu erda tarixiy, milliy (folklor) kostyum elementlaridan foydalaniladi.

Kiyim ma’lum talablarga javob berishi kerak. Bular gigienik, estetik va ekspluatasion talablardir.

Kiyimlar gigienik jihatdan kishini tashqi muhitdan (sovuqsan, issiqsan, yomg’irdan, mexanik va ximik jarohatlanishdan) himoya qilishi va suv o’tkazmaydigan, havo va bug’ni yaxshi o’tkazadigan, terni shimadigan bo’lishi kerak.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling