Serviz xizmati


Download 0.6 Mb.
bet8/23
Sana05.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#208276
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Ustki kiyimlar -palьto, yarim palьto, plashch, jaket, pidjak, kurtka, shim.

Engil kiyimlar -kichik sinflar quyidagi guruxlarga bo’linadi:

ko’ylak, bluzka, sorochka, fartuk, yubka, xalat.

Ich kiyimlar - pijama, tungi ko’ylak, trusi, kalson, kupalnik, plavkilar.

Ko’rpayostiq buyumlari - ko’rpa jildlari, choyshab, yostiqjildlari, ko’rpa.

Korset-buyumlari-korset, grasiya, byustgalter.Bosh kiyimlar—telpak,do’ppi,shlyapa,panama,beret,furajka,kepka, ro’mol.

Guruhlar kichik guruhlarga bo’linadi:

Jinsga qarab: erkaklar, ayollar, o’smir o’g’il va qiz bolalar, katta maktab yoshidagi o’g’il va qiz bolalar, kichik maktab yoshidagi o’g’il va qiz bolalar, maktab yoshigacha bo’lgan o’g’il va qiz bolalar, yasli yoshidagi o’g’il va qiz bolalar, chaqaloqdar kiyimlariga bo’linadi.

Mavsumga qarab quyidagi: qishki, yozgi, mavsumbop turlarga bo’linadi.

Maxsus funksiyani bajarishi bo’yicha: har kun kiyiladigan kiyimlarga, uy kiyimlariga, sport kiyimlariga va tantanali marosimlarga kiyiladigan kiyimlarga bo’linadi.

Gazlama tolasiga qarab: jun gazlamadan, ipak tolali, paxta tolali sun’iy va sintetik tolali gazlamalardan tayyorlangan kiyimlarga bo’linadi.

Ishlab chiqarish kiyimlari klassifikasiyasiga maxsus va rasmiy (forma) kiyimlar kiradi.

Maxsus kiyimlar yuqori temperaturadan, uchkundan, radiaktiv moddalardan, suv, chang, kislota va rentgen nurlaridan, ishqor, yog’, moy, elektr maydonlaridan muhofaza qiladi. Bular: kurtkalar, shim, kombinezon, plashch kabilardir.

Forma kiyimlari temir yo’l ishchilari, harbiylar, aviasiya, daryo vadengiz floti xodimlari va maktab o’quvchilari uchun tikiladi. Bular: shinelь, palьto, shim, kostyum, ko’ylak, gimnastyorka, kitel, ichki kiyim va bosh kiyimlaridir.

tikish uchun qabul qilingan har bir yangi model uchun model namunasi, andaza etaloni, texnik tavsifi, andazalar va tayyor kiyim o’lchamlari jadvali tayyorlab beriladi.

Kiyimning o’lchami ko’krak aylanasining uzunligiga to’g’ri kelib sm. da o’lchachadi (masalan: 88, 92, 96, 100 ... 120).

Erkaklar ko’ylagining razmerlari ko’krak aylanasining o’lchami -67, 68, 72... 88, 92, 96 hamda bo’yin aylanasiningo’lchami -31, 32, 33... 37, 38, 39 bilan anikdanadi.

Odamning bo’yi uning oyoq kiyimisiz turgan vaqtdagi gavda uzunligi bilan belgilanadi. Ustki kiyim kattalar uchun 6, bolalar uchun 1-rostga ega.

Rosti deganda uning absolyut uzunligi emas, balki kiyimning nisbiy uzunligi, ya’ni kiyimning rost ;yumeri tushuniladi.

Katta yoshli erkaklar va ayollar uchun bel aylanasi va bo’ksa aylanasi hisobga olinadi, bular gavda to’laligini ko’rsatadi. Gavda to’laligi 4 xil bo’ladi: ozg’in — 0, o’rta — (O’), to’la — (T) va juda to’la — (JT). SHuning uchun kiyimga 3 ta son: rosti, ko’krak aylanasi va bel aylanasi ko’rsatiladi (17010088).

Kiyim o’lchamlari orasidagi interval loqaydlik intervali deb ataladi. Masalan, ko’krak aylanasining loqaydlik"intervali 4 sm., kiyim o’lchamlari esa 44, 46, 48... 58 kabilar.

Kiyim rostidagi loqaydlik intervali kiyimning ko’rinishi va nimaga mo’ljallanganligiga bog’liq bo’ladi. Masalan, ust kiyimni konstruksiyalashda rost loqaydlik intervali 6 sm'., erkaklar ko’ylagida 10 sm gacha, trikotaj kiyimlarda rost bo’lmaydi.

Bosh kiyimlarda bosh aylanasi bo’ylab loqaydlik intervali 1 sm. ga teng.

Standartlashtirayotganda faqat 1 o’lchamli belgi. ko’krak aylanasi yoki odam bo’yi hisobga olingan bo’lsa, bunday standartlashtirish 1 o’lchamli standartlashtirish deb ataladi. Bu bosh kiyim tikishda ishlatiladi, kiyimni standartlashtirishda yaramaydi.Loqaydlik intervalining qiymati kiyim turiga, uning qanday materialdan tikilishiga bog’liq.Kattalar ust kiyimi o’lchamlarini standartlashtirish 3 o’lchamli bo’lishi kerak.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling