U m u m i y b e l g i l a r deganda tananing uzunligi (odamning bo’yi), ko’krak aylanasi xamda vazn kabi eng yirik belgilar tushuniladi. Gavdaning o’rtacha uzunligi chakaloklarda 49-51 sm bo’ladi. Odamning bo’yi ayollarda 15-17 yoshda, erkaklarda 20-22 yoshda marraga etadi. Odamning bo’yi 35-50 yoshgacha o’zgarmaydi, shu yoshdan o’tgach xar besh yilda 0,5 sm kiskara boradi, 55 yoshgacha shu tarzda davom etadi, keyinchalik xar besh yilda 0,7 smdan kiskara boshlaydi.
Ko’krakning aylanasi antropologiyada juda yaxshi o’rganilgan. YOsh ulgaygan sari ko’krak aylanasining o’lchami orta boradi, karigandan keyingina bir oz kamayadi.
Bir yashar go’dakning ko’krak aylanasi 48-49 sm ga teng. 20-25 yoshlardagi odamlarda ko’krak aylanasi o’lchami «marra»siga etadi va o’zgarmaydi. Ayollar 35 yoshlarda, erkaklar 40 yoshlarda jadal semira boshlaydilar, shu sababli ko’krak aylanasi o’lchami ortadi. Fakat 60 yoshlardagina ko’krak aylanasi o’lchami kamayadi, bunga organizmning karishi bilan boglik fiziologik o’zgarishlar sabab bo’ladi.
O’sish davrida tananing vazni ortaveradi, 25-40 yoshlarda vazn barkarorlashadi. 40 yoshdan 55 yoshgacha tana vazni xar besh yilda o’rta xisobda 1,0-1,5 kg ortadi, 60 yoshdan o’tgach, birmuncha kamayadi.
Kiyimni loyixalash uchun mutanosiblikning katta axamiyati bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |