Seysmoprognostik monitoring respublika markazining vazifa va bajaradigan funksiyalari
Markaz faoliyatini tashkillashtirish
Download 120.37 Kb. Pdf ko'rish
|
f334ea17ae58c0d0f7c93274de8eea53
Markaz faoliyatini tashkillashtirish
Markazni raxbar boshqaradi. Markaz raxbari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar Vaziri tomonidan ishga tayinlanadi va ishdan ozod etiladi. Markaz raxbari: Markaz oldida turgan vazifalarni bajarilishiga shaxsan javobgar; Markaz bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda buyruqlar, nizomlar va yo‘riqnomalarni o‘z xizmat vazifasi doirasida ishlab chiqadi; O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan buxgalter xisoblarini amalga oshirishni, davlat byudjetida turgan tashkilotning buxgalteri xisobi bo‘yicha yo‘riqnomalarini, davlat byudjetida mavjud tavsiflashning kirim va chiqimi xamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi normativ xujjataridagi o‘zgarishlarni buxgalteriyaga tadbiq qiladi; Markaz yuqori tashkilotlarda uning iqtisodiy va moddiy-texnikaviy ta’minoti bo‘yicha ko‘riladigan masalalarda qatnashadi; Markaz moddiy va moliyaviy vositalarni asosiy tarqatuvchisi xisoblanadi va ulardan to‘g‘ri foydalanilishida mavjud qonun oldida shaxsan javobgardir; Markaz Vazirlik raxbariyati bilan kelishilgan xolda seysmologiya sohasiga tegishli xo‘jalik ishlarni bajarish uchun shartnomalar tuzish, davlat grantlarida qatnashish huquqiga ega; Markazning asosiy va qo‘shimcha mulkini saqlanishini ta’minlaydi; Markaz ishlari va boshqa vazifalarini bajarilishini doimiy nazoratini tashkil qiladi, tarkibiy bo‘linmalar xisobotlari shuningdek alohida xodimlarning bajarilayotgan ishlari xaqidagi xisobotlarini eshitadi; Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Markazning faoliyati natijalari xaqida o‘rnatilgan tartibda xisobot beradi; Markaz nomidan kelishuv, shartnoma va kontraktlar tuzadi; Markaz xodimlarini o‘rnatilgan tartibda rag‘batlantiradi xamda intizomni buzgani uchun jazolaydi; Sud va xuquqni ximoyalash organlarida Markaz nomidan chiqadi; Mavjud bo‘lgan qonunlarga asosan Markaz faoliyatidagi turli masalalarni ko‘rib chiqadi va echadi; O‘zining ba’zi mexnat vazifalarini Markaz bosh geofizigiga topshirishga xaqli. Markaz raxbari kerak bo‘lsa Favqulodda vaziyatlar vazirligi raxbariyatiga o‘rnatilgan xodimlar soni va to‘lov fondini o‘zgartirmasdan Markazning tarkibini o‘zgartirish xaqida taklif bilan murojaat qilishi mumkin. Markazning bosh geofizigi va bosh injenerining xuquq va majburiyatlari Markaz boshlig‘i buyrug‘iga asosan belgilanadi. Markaz raxbari ish joyida bo‘lmaganida uning o‘rnini bosh geofizik egallaydi. Download 120.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling