Sezar shifrlash algoritmi. Shifrlash, kalit, shifrmatn va deshifrlash ishining mazmun mohiyati


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana12.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1261878
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IL 100 Matchanov Suxrob pdff

 
 
 


12 
1.3 Masalaning qo’yilishi. 
 
Mening ishimda asosiy vazifa bu Sezar shifrini buzish dasturini ishlab 
chiqish. Bunday dasturlar oldindan bir nechta turlar yani web-dastur, android 
dastur va windows dasturlar yaratilganligi tufayli mavjud bo’lgan dasturlarning 
qo’llanilishini o’rgandim. Bunda men qilishim kerak bo’lgan ishlar quyidagilar: 
 Sezar shifri haqida izlanish olib borish va o’rganib chiqish. 
 Shifrlash va deshifrlashning ishlash algoritmlarini o’rganish. 
 Deshifrlash dasturini o’rganib chiqish. 
 Deshifrlash dasturining ishlatilish qo’llanmasini rasmlar bilan ifoda etgan 
holda ma’lumot to’plash. 
 Qilinga ishlar to’g’risida xulosa berish. 
 
 


13 
II BOB. SEZAR SHIFRINI BUZISH DASTURI 
2.1. Sezar shifrini buzish dasturini tuzishning algoritmi
 
Sezar shifrlash eng oddiy shifrlash usullaridan biridir. Matnning har bir harfi 
boshqa harf bilan almashtiriladi, u alifboda asl nusxadan chapga yoki o'ngga 
ma'lum masofada joylashgan. Chapga yoki o'ngga masofa va yo'nalishni hisobga 
olgan holda, shifrlash kaliti hisoblanadi. Oddiy so'zlar bilan aytganda: agar kalit
"3 o'ngga" bo'lsa, matnning har bir "a" harfi "d" harfi, "b" harfi mos ravishda "e" 
harfi bilan almashtiriladi. Bu algoritm Yuliy Sezar o’ylab topgan algoritm bo’lib 
maktublar, xatlarni dushman qo’liga tushib oshkora bo’lishidan himoyalash uchun 
ishlatilgan. Algoritmni buzishdan maqsad xatda yoki maktubdagi matnda nima 
yashirin ekanligini aniqlash bo’lgan. Sezar shifrini buzish asosan 4ta qismga 
ajraladi. Bunda malum bir usul orqali aniq ketma-ketlik bilan amallar bajariladi va 
natijaga erishiladi. Natijaga tez erishish uchun chastotani aniqlashdan foydalanish 
maqbul hisoblanadi. 
Quyidagi dastur ishining mohiyati nimadan iborat: 
1) Manba matnini so'rash; 
2) Har bir harfning o'rtacha paydo bo'lish chastotasini toping; 
3) Eng yuqori chastotali harfni toping (masalan, "g"); 
4) Aslida biz bu harfni "o" harfi deb hisoblaymiz; 
5) "o" va "g" harflarining alifbodagi o'rnini bilgan holda, siljishning kattaligi va 
yo'nalishini aniqlash qiyin bo'lmaydi; 
6) Qabul qilingan kalit yordamida matnning shifrini ochish; 
Yuqoridagi mohiyat ketma-ketligini tavsiflab chiqadigan bo’lsak. 
Manba matnini so’rash. Bu bizga berilishi kerak bo’lgan shifrlangan matn 
bo’lib hisoblanadi. 
Har bir harfning o'rtacha paydo bo'lish chastotasini toping. Bu bizga berilgan 
manba matnidagi harflarni takrorlanishlarni hisoblash haqida gapirilgan. Yani har 
bir harf nechta marta qatnashishi bu chastotani bildiradi. 


14 
Eng yuqori chastotali harfni toping. Bu eng katta chastotali yani eng ko’p 
qatnashgan harfni tanlaymiz.(masalan “g” ni tanlab tursak) 
Aslida biz bu harfni "o" harfi deb hisoblaymiz. Yani biz taxminiy tanlagan g 
harfni aslida o harf bo’lsin deb o’ylaymiz va harflar orasidagi masofani farqiga 
qarab k kalitni hisoblaymiz.
Qabul qilingan kalit yordamida matnning shifrini ochish. Bunda esa tayor 
kalit yordamida ochiq matn yoziladigan alifboni tuzib shifrmatnni deshifr qilib, 
ochiq matnni hosil qilamiz [3]. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling