Sezgi deganda nimani tushunasiz?
Sezgi bilish jarayoni haqida
Download 179 Kb.
|
psixologiya bbb
Sezgi bilish jarayoni haqida
T.I: Ekstroretseptiv, intreoretseptiv, proprioretseptiv sezgi deb, atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz. Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo‘lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo‘zg‘atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma’lumki, insondan sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o‘tadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo‘lgani bilan uning yuzaga kelishi o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: Sezgi a’zolariga ta’sir etadigan narsa va hodisaning bo‘lishi. Sezuvchi apparat, ya’ni analizatorning mavjud bo‘lishi. Masalan, havoning sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz. Jahon psixologiyasi fanining so‘nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki ko‘rinishi ingliz olimi CH.SHerringtonga taalluqlidir. U retseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo‘ladi. 1. Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda retseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya’ni ekstroretseptiv sezgilar; 2. Ichki tana a’zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana a’zolarida, to‘qimalarda joylashgan sezgilar, ya’ni interoretseptiv sezgilar. 3. Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya’ni proprioretseptiv sezgilar. Hayol tushunchasi haqida tushuncha bering? T.I. Ixtiyoriy,ixtiyorsiz, tasavvur, orzu, shirin xayol. xayol – bu real voqelikni aks ettiruvchi taassurotlarni, qayta tuzish va shu asosda yangi taassurotlarni yaratish jarayoni. Xayol – bu obraz, tasavvur yoki g‘oya shaklidagi yangilik yaratishning psixik jarayoni. Xayol obrazlari idrok obrazlari va xotira tasavvurlaridan ularda inson hali duch kelmaganlari aniqlanishi va shu tarkibda bo‘lishi bilan farq qiladi. Bular inson ko‘z o‘ngida sodir bo‘lmagan va bo‘lishi mumkin bo‘lmagan hodisalar, dalillar, voqealardir. Xayol obrazlari o‘zida sodir bo‘lishi kutilgan voqea va hodisalarni tutishi mumkin. SHu bilan birga, xayollarda kashf etilgan yangilik doimo haqiqatda mavjud bo‘lganlar bilan u yoki bu darajada bog‘langan bo‘ladi. Xayol obrazlari idrok obrazlariga, shuningdek, xayolda chuqur o‘zgarishlarga uchraydigan xotira tasavvurlariga ham tayanadi. Insonning individual taraqqiyoti jarayonida xayol tafakkur bilan uzviy aloqada shakllanadi. Xayol obrazlarini tuzish inson aqliy taraqqiyotining yuqori darajasidagina amalga oshishi mumkin. Download 179 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling